Tub modul bo’yicha sonlar va indekslar jadvali.”



Download 0,77 Mb.
bet1/13
Sana01.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#625773
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tub modul bo’yicha sonlar va indekslar jadvali


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Tub modul bo’yicha sonlar va indekslar jadvali.”
mavzudagi


KURS ISHI




Ilmiy rahbar:

Farg’ona - 2022
REJA
KIRISH
I BOB.TUB MODUL BO’YICHA BOSHLANG’ICH ILDIZ, INDEKSLAR VA ULARNING XOSSALARI
1.1-§.Tub modul bo’yicha boshlang’ich ildiz.
1.2-§. Berilgan tub modul bo’yicha boshlang’ich ildizlar soni.
1.3-§.Tub modul bo’yicha indekslar va ularning xossalari.
II BOB. TUB MODUL BO’YICHA SONLAR VA INDEKSLAR JADVALI.
2.1-§.Ikki hadli taqqoslamalar va ularni yechish.
2.2-§. Tub modul bo’yicha sonlar va indekslar jadvali.
2.3-§.Jadvallarni tuzish va ularning tadbiqi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
O’quv jarayonida samaradorlikka erishish uchun zamonaviy ilg’or pedagogik texnologiyalar, noan’anaviy dars usullari va o’zaro faol o’quv jarayonini tadbiq qilish lozim. O’zaro faol usullarni o’quv jarayoniga qo’llash uchun esa o’tiladigan mavzuni talabalar, o’quvchilar o’zlari mustaqil tayyorlab kelishlari talab etiladi. Jarayonning samaradorligini oshirish maqsadida innovatsion usullarini qo’llashda endi biz – pedagoglar “O’quvchlarni o’qitmaymiz, balki kitobni o’qishga o’rgatamiz” shiorini amalga oshiramiz. Buning sabababi shundaki, agarda talaba va o’quvchilar darsga tayyor holda kelmasalar, hech qanaqa faol usuldan samarali foydalanib bo’lmaydi. Natijada o’qituvchi yana o’z-o’zidan an’anaviy shaklda dars o’tishiga to’g’ri keladi.
Tarixiylik tamoyili masalalarni tarixiy bilimlardan foydalanib yechish imkoniyatini beradi. Bu esa ilmiy dunyoqarashning, ijodiy fikrning shakllanishi, bitta dalilning o’ziga nisbati turli nuqtai nazarlar mantig’ini va kurashini hisobga olish va sabab, oqibat bog’lanishlarini aniqlashga imkon beradi. Ba’zi tarixiy dalillar ta’lim jarayoniga qiziqarlilik elementini olib kirishi mumkinligi, bu ham erkin fikrlashning rivojlanishiga olib keladi.
Fanlar`aro aloqalarni amalga oshirish tamoyilini turli o’quv fanlarida bilish faoliyati aspektida qarash va shu asosda yaxlit masalalar strukturasini yaratish mumkin. Bu esa pirovard natijada, erkin fikrlashning rivojlanishiga jiddiy ta’sir etadi. Kasbiy yo’nalganlik tamoyilidan erkin fikrlashni rivojlantirish jarayonida foydalanishdan bosh maqsad – bo’lajak pedagog faoliyatning ma’lum sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirishni ko’zda tutadi. Talabalarda kasbga yo’nalganlikni rivojlantirish – bu ularda bo’lajak kasbiga munosabat, qiziqish, unga bo’lgan maxsus qobilyatlarini mustahkamlash demakdir.
Mustaqil o’qib bilim orttirish tamoyili shaxsning o’zi tomonidan boshqariladigan maqsadga yo’nalgan bilim faoliyatini ta’minlaydi. Qo’yilgan masalaning o’z yechimini izlash maqsadlarini aniqlash, mustaqil xulosalar qilishga intilish, fan, texnika, madaniyatning turli sohalarida izchil bilim olish shaxs tomonidan erkin fikrlash madaniyati rivojlanganligining yuqori darajasiga erishilganligi haqida guvohlik beradi.
Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridan : “Yoshlarimizning bo’sh vaqti­ – dushmanlarimizning ish vaqti”.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha “Harakatlar strategiyasi” ning 4.4-bo’limi ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim hizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rish;
bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga jalb qilish, ularni musiqa va san’at olami bilan bog’lash maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish; kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish