O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“TTE va TL” KAFEDRASI»
KURS ISHI
«Zamonaviy logistik texnologiyalar» fanidan
«MAVZU Global yetkazib berish zanjirlarida tashishlarni boshqarish»
Rahbar: Mirzayev.Q
Topshirdi: 290 guruh talabasi Mamirov Lochinbek
Baho ximoya vaqti «____» __________ 2022
Andijon 2022
Global yetkazib berish zanjirlarida tashishlarni boshqarish
Reja:
KIRISH. Qarorlar, mavzu dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifasi.
BOB. Global yetkazib berish zanjirlarida tashishlarni boshqarishning nazariy asoslari.
I.1. Yuklarni yetkazib berishning texnologik jarayoni.
I.2. Transport kompanyasining barqaror ishlashini ta'minlash.
I.3. Transport vositalari va logistika vositachilarini tanlash.
I.4. Zamonaviy logistika texnalogiyalarida yetkazib berish texnalogiyalari.
II. BOB. Turkiyadan O'zbekiston(Andijon)ga “Yengil sa`noat maxsulotlari”ni olib kelish tartibi.
II.1. Turkiyadan O'zbekiston(Andijon)ga “Yengil sa`noat maxsulotlari” ni yetkazib berishdagi me'yoriy hujjatlar.
II.2. Turkiyadan O'zbekiston(Andijon)ga “Yengil sa`noat maxsulotlari”ni olib kelishni xisoblash.
III. BOB. Global yetkazib berishni boshqarishdagi muammolar.
III.1. Mahsulotni harorat o'zgarishi uchun transportni sezgirlashtirish muammolarini hal etish.
III.2. Òzbekiston hududida online bozorning yetarli darajada rivojlanmaganligi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilova.
Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasi bilan MDHga a’zo davlatlar oʻrtasida erkin savdo zonasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bayonnomaga (31.05.2013 yildagi) muvofiq 2020 yil 31 dekabrda Oʻzbekiston tomonidan mahalliy ishlab chiqariladigan va olib kelinadigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalarini unifikatsiyalash uchun qabul qilingan oʻtish davrining muddati tugadi. norma.uz iltimosiga koʻra Moliya vazirligining bilvosita soliqlar va bojхona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir Boyqobilov unifikatsiyalash natijalarini sharhlab berdi:
– GATT III moddasiga muvofiq «Ahdlashuvchi Taraflar ichki soliqlar va boshqa ichki yigʻimlar, ichki sotuvlarga taalluqli, qonunlar, qoidalar va talablar, tovarlarni sotish, хarid qilish, tashish, taqsimlash yoki ulardan foydalanish haqidagi takliflar hamda muayyan miqdorda yoki ulushlarda tovarlarni aralashtirish, qayta ishlash yoki foydalanishni talab etadigan miqdoriy tartibga solishga oid ichki qoidalar import qilingan yoki mahalliy tovarlarga mahalliy ishlab chiqarish uchun himoyani yaratish maqsadida qoʻllanilmasligi lozim deb e’tirof etadilar».
Oʻzbekiston oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida 2021 yil 1 yanvardan 73 ta tovar pozitsiyasi, shu jumladan elektr teхnikasi (muzlatgichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari), oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolatchilik va boshqa mahsulotlar), gilam mahsulotlari va boshqalar boʻyicha import qilish chogʻida olinadigan aksiz soligʻini bekor qildi.
Import qilinadigan tovarlarning ayrim turlariga aksiz soligʻining bekor qilinishi tadbirkorlik sub’yektlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi. Bunda ushbu tovarlar boʻyicha narхning vaqtincha pasayishi kuzatiladi. Quyidagi jadvalda misol keltirilgan:
Importga aksiz soligʻi bekor qilinganda tovar narхining oʻzgarishi
AQSh dollari
Samsung
WW60J4063LW/LD
Kir yuvish mashinasi
|
Bojxona narxi
|
Boj
(20 foiz)
|
Aksiz solig`i (10 foiz)
|
QQC
(15foiz)
|
Tovar narxi
|
Ustama (10 foiz)
|
QQS bilan
|
So`mda ($1=10440 so`m)
|
2021 yilning
1 yanvarigacha
|
180,0
|
36,0
|
18,0
|
35,1
|
269,1
|
296,0
|
340,4
|
3 553 896,1
|
2021 yilning
1 yanvaridan
|
180,0
|
36,0
|
0,0
|
32,4
|
248,4
|
273.2
|
314,2
|
3 280 519,4
|
Farqi
|
|
|
|
|
|
|
-26,2
|
-273 376,6
|
Keyinchalik narхlar ushbu turdagi tovarlarga boʻlgan talablardan kelib chiqib, talab va takliflar nisbatini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Ishning maqsadi va vazifalari.
- Global yetkazib berishning asosiy tushunchalari.
- Yuklarni yetkazib berishning texnologik jarayoni.
- Transport kompanyasining barqaror ishlashini ta'minlash.
- Transport vositalari va logistika vositachilarini tanlash.
- Zamonaviy logistika texnalogiyalarida yetkazib berish.
Mavzulari haqida ma'lumot berishdan iborat.
- avvalgi qanday texnologiyalarni tahlil qiling va bugungi kunga qadar ular qancha rivojlangan
- transport logistikalarida ishlatiladigan zamonaviy texnologiyalar
- zamonaviy tizimlar va yuk tashish sxemalari
- Xaridorning odatdagi transport tashkilotining taxminiy foydasi, tashkilotlar uchun yangi texnologiyalardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |