Tta Urganch filiali pediatriya fakulteti 321-b gurux talabasi Davlatov Davlatyorning Patologik fiziologiya fanidan mustaqil ishi mavzu: Gemorragik diatez



Download 0,83 Mb.
Sana13.05.2022
Hajmi0,83 Mb.
#602564
Bog'liq
Gemorragik diatez

TTa Urganch filiali pediatriya fakulteti 321-B gurux talabasi Davlatov Davlatyorning Patologik fiziologiya fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu: Gemorragik diatezlarning ko’rinishlari

  • .

Gemorragik diatez (yun. hai-morrhagikos — qon ketishiga moyil, diathesis — moyillik ) — qon ketishiga moyillik bilan davom etadigan turli holatlar (teri, boʻgʻimlarga qon quyilishi; burun, milk qonashi, bachadon, buyrakdan qon ketishi, pichoq kesganda, tish oddirganda koʻp qon ketishi). Arzimagan sabab (kichik jarohat yoki lat yeyish) bilan toʻsatdan qon oqishi yoki toʻqimaga quyilishi mumkin.

Gemorragik diatezlarning turlari. Gemorragik diatezlar 3 turda boladi: 1. Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi); 2. Gemorragik vaskulit ( Shenleyn- Genox kasalligi); 3. Gemofiliya.

Trombotsitopenik purpura (Verlgof kasalligi): Kelib chiqish sababi: Taloq faoliyatining buzilishi, infeksiya, zaharlanish va boshqa tasirotlar natijasida suyak komigida trombotsitlar ishlab chiqarilishining kamayishi tufayli yuzaga keladi.

Belgilari. Bemorda vaqt-vaqti bilan burundan qon oqishi, milk va ogiz shilliq pardasida qon quyilishidan qizil doglarning paydo bolishi, terida mosh, noxat, loviya va undan katta hajmda qon quyilish nuqtalari (kokarishlar) ning hosil bolishi. O’smir qiz va ayollarda hayz korishning normaga nisbatan kop kun davom etishi va kop qon yoqotish. Salgina urilish, lat yeyish tufayli teri va boshqa toqimalarda qon quyilishning paydo bolishi. Bular natijasida bemor quvvatsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi, kamqonlik yuzaga keladi.

Tibbiy yordam. 1. Bemor gematolog- shifokor nazoratida muntazam davolanadi.2. Dorilar: - Prednizolon kattalarga 10 mg kuniga 3 mahal (soat 7da, 11da va 16 da), har 5 kunda keyingi dozasi qisqartiriladi, yani oxirgi kunda faqat ertalab soat 7 dagi dozasi beriladi. Bolalarga bir kilogramm tana vazniga 1 sutkada 1 mg. Sutkalik doza uchga bolinib, yuqoridagi tartibda beriladi.- Eleuterekokk ekstrakti-20-tomchi 2 mahal ovqatdan oldin.Bolalarni har yoshiga 1 tomchi, 2 mahal;3. Kamqonlik belgilari yuzaga kelganda kamqonlik mavzusida korsatilgan dorilar qollanadi.4. Burundan, ichakdan qon ketishida “Qon ketishida yordam” mavzularida korsatilgan tadbirlar qollanadi. Jumladan, vikasol 2 ml kuniga 1 mahal muskul orasiga 3-5 kun (bolalarga 0,3-0,5 ml), aminokapron kislota 1 flakoni natriy xloridning 0,9 % -100 ml da eritilib, vena tomiriga tomchi usulida.

Gemorragik vaskulit (Shenleyn-Genox kasalligi). Vaqt-vaqti bilan teri, bogim, qorin pardasi va ichaklar devorida qon quyilishi nuqtalarining yuzaga kelishi va shu joylarda kuchli ogriq bolishi bilan kechadi.

Kelib chiqish sababi. Angina, qizamiq, qizilcha, sil, gripp kasalliklarining asorati, zaharli moddalarning tasiri tufayli qon tomir devorining otkazuvchanligi oshishidan yuzaga keladi. Bunda organizmning allergiyaga moyilligi muhim rol oynaydi.

Belgilari. Tosatdan terida, ogiz, ichak shilliq pardasida, qorinning ichkarisida ichaklarni orab turadigan peritonial pardada qon quyilish nuqtalari hosil boladi.Qon quyilish bogimlarda bolsa ular shishadi,ogriydi,ichak devorlari,qorin pardasida qon quyilish hosil bolsa,qorinda kuchli ogriq boladi.

Tibbiy yordam. 1. Bemor toshakka yotqiziladi.2.Qon tomiri devori otkazuvchanligini kamaytiruvchi dorilar: askorutin 1 tab. 2 mahal, askorbin kislota 0,3-2 mahal yoki 5 %-2 ml muskul orasiga, yoki glyukoza 20%-20 ml + askorbin kislota 2 ml birgalikda vena tomiriga.3. Allergiyaga qarshi: prednizolon – trombotsitopenik purpura mavzusida korsatilgan dozada. Demidrol yoki suprastin - 1 tab. 2 mahal.

Gemofiliya. Vaqt-vaqti bilan burundan, ichaklardan qon ketishi, arzimagan jarohatdan kop qon ketishi bilan kechadigan irsiy kasallikdir.

Kelib chiqish sababi. Avloddan-avlodga genlar orqali beriladi. gemofiliya erkaklarda namoyon boladi. Ayollarda esa kasallik belgilari paydo bolmaydi. Ular kasallangan genlarni ozining bolgusi avlodiga tuxum hujayralari orqali otkazadi.

Belgilari. Bemorda vaqt-vaqti bilan burundan, ichaklardan qon ketish yuzaga keladi. Kichkina jarohatdan kop qon ketadi,chunki bu kasallikda qonning ivish xususiyati pasaygani uchun, qon ketishini toxtatish juda qiyin. Bunday odamlarga jarrohlik, tish oldirish, shikastlanish ota xavfli hisoblanadi.

Tibbiy yordam. 1.Qon ketgan paytda trombotsitopenik purpura va gemorragik vaskulit kasalliklarida korsatilgan dorilar qollanadi.2.Qon ketishni uy sharoitida toxtatishni iloji bolmaganda bemor shifoxonaning gemotologiya bolimiga yuboriladi. 3.Bunday bemorlar butun hayoti davomida shikastlanish, jarohatlanish, jarrohlik va tish oldirish tadbirlaridan ozlarini ehtiyot qilishlari kerak.Bemor doim gemotolog shifokor nazoratida bolishi lozim.

Kasallik sababini faqat vrach aniqlab, davo tayinlaydi. G. d. vitamin yetishmasligi okibatida yuzaga kelgan boʻlsa, askorbin kislota va rutinga boy ovqatlar (yangi olma, qora smorodina, naʼmatak, sitruslar va b.) yeyish tavsiya etiladi. Kasallikning oldini olish uchun tibbiyot-genetika maslahatxonasi mutaxassislariga uchrashish; hayotda orttirilgan xilida yuzaga keltirgan omillarni bartaraf etish lozim.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish