10.04.2021 12.04.2021 13.04.2021
Mavzu: Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib fanning o’quv reja va o’quv dasturlari bilan tanishish
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’rganish bosqichlari o’quv reja va o’quv dasturda shakllangan. Unda fanni o’qitishning asosiy maqsad va vazifalalari, kompetentsiyalar mavjud ekan. Hozirgi kunda pandemiya sababli bir qancha vaqt maktab va oliygohlar masofaviy ta’lim tizimiga o’tishga majbur bo’lib qolgandilar. Mana shunday vaziyatda o’quvchi va talaba yoshlar bilim olishlari uchun ochiq online kurslar tashkil etildi va o’z o’rnida mazkur jarayon o’qitishning qulay va oson ekanligini bildirib qo’ydi desam adashmagan bo’laman. Masofaviy ochiq online kurslarda ko’proq talaba yoshlar faol bo’lishdi, chunki maktab o’quvchilarining ko’pchiligi hali bunday tizimga ya’ni ochiq online kurslarga tushunmasligi sabab bo’ldi. Shu sababli maktab ta’lim tizimida ham online kurslarni tashkil etib, ularga o’quvchilarni jalb qilish maqasadga muvofiq ish bo’lgan bo’lar edi. Buning uchun esa albatta o’qituvchilarda zamon talabiga mos AKT sohasida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur.
14.04.2021. 15.04.2021 16.04.2021
Mavzu: Maktabning ishchi o’quv rejalari bilan tanishish. Ulardagi ixtisoslik fan mavzularini tahlil qilish
14-aprel kuni amaliyot rahbarim bilan birgalikda maktabning ishchi o’quv rejalari bilan tanishdim.O’quv reja O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini va Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi 203-sonli, 1999-yil 16-avgustdagi “Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 390-sonli, 2003-yil 29-oktabrdagi “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb hunar ta’limiga izchil o’tishni ta’minlashda doir qo’chimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 473-sonli, 2008-yil 7-avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 173-sonli qarorlari hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Sanitariya qoidalari va me’yorlari” asosida tuzilgan.
Maktabning o’quv rejasi bilan bog’liq (maktab ixtiyoridagi soatlarni maktab o’quv rejasiga kiritish va h.) faoliyati XTVning amaldagi meyoriy hujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan umumtalim muassasasalari (2-9-sinflar) uchun xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis) fanlar bo’yicha namunaviy o’quv reja va dasturlar mualliflar vaishchi guruhi tomonidan takomillashtirilib ishlab chiqiladi.
Xorijiy tillar (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) ning nazariy asoslarini chuqur o’rganish va amalda qo’llay olishni o’rgatish maqsadida amaliy mashg’ulotlar ko’paytiriladi. O’quv reja tarkibidan davlat va maktab kompenentlaridan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |