TAJRIBA ISHI № 2
TRUBALARNING MAHALLIY VA ISHQALANISH QARSHILIGINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi:Tajriba ishida barqarorlashgan turbulentli oqimning keskin kengayishi oqibatida naporning yo`qotilishi o`rganiladi. Ishni bajarishda talabalarning oqimning kengayishi natijasida sodir bo`ladigan fizik ahamiyatini tasavvur qilishga imkoniyat beradi. Tajriba o`tkazish jarayonida talaba quyidagi parametrlarni aniqlashga ko`nikma hosil qiladi: sarfi, gidrodinamik bosim, to`liq va tezlashtirilgan naporlar.
Kerakli jihozlar: GD 5 qurilmasi
Ish quyidagilardan tashkil topgan:
a) Oqimning keskin kengayishi oqibatida naporning mahalliy yo`qolishini tajriba orqali aniqlash.
b) Mahalliy naporning yo`qotilish miqdorini tajriba usulida aniqlangan miqdori va hisoblab topilgan nazariy miqdori bilan solishtirish
ASOSIY MA`LUMOTLAR
Quvurni turli qismlaridagi burilish, kengayish, torayishi va boshqalar tufayli ishqalanish kuchi ta`sirida naporning mahalliy yo`qolishi vujudga keladi. Quvur to`satdan kengaygan paytda oqim o`z inertsiyasi tufayli quvurni qirrasidan otilib chiqib oqimcha hosil qiladi. Natijada quvurning kengaygan devori atrofida uyurma hosil qiladi. (uyurma hosil qilish zonasi) (R 1 va 2 rasmlarga qarang).Turbulentli tizimda suyuqlikning tartibsiz jadallashtirilgan zarrachalari va uyurmali harakatlanayotgan zarrachalari o`rin almashuvi kuzatiladi. Uyurmali harakatlanayotgan zarrachalar o`zi bilan birga tranzit oqimning harakatini sustlashtiradi va asta sekin kengayib quvurning butun kesimini to`ldirib boradi. Doimiy oqim beqaror uyurma zonasidagi ayrim kattarok uyurmani o`zi bilan olib ketadi. Natijada uyurmaning zarrachalari bir-biri bilan intensiv qo`shilishi oqibatida uyurma asta-sekinlik bilan so`nadi va doimiy oqimga qo`shilib ketadi, Ayni paytda tezliklar notekisligi kamayadi, oqim barqarorlashadi (mu`tadillashadi). Bu hodisa quvurni diametrini taxminan 10 baravar uzunligiga teng bo`lgan masofaga uzil kesil tugaydi.
Uyurma hosil bo`lishi uchun mexaniq energiyaning sarfi asta -sekin kinetik energiyaga o`tishi ichki ishqalanish kuchidan hosil bo`lgan issiklikka aylanishi mahalliy yo`qolishning eng katta qismini tashkil qiladi.Xuddi shunday hodisalarni mahalliy qarshiliklarda ham uchratish mumkin (tirsak, diafragma, zadvijka). Bunday qarshiliklarda uyurmali yo`qotilish asosiy hisoblanadi. Oqimning keskin kengayishida naporning yo`qolishi Bordning nazariy formulasidan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |