LABORATORIYA ISHI №5
MAVZU: JISMLARNING ISSIQLIK UZATISH KOEFFISIENTINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Issiqlik uzatish bo‘yicha olingan bilimni mustahkamlash va bunda issiqlik oqimini hisoblash usuli bilan tanishish.
Mazmuni: Devorga o‘rnatilgan isitish asbobi radiator RD-90 S ning issiqlik uzatish koeffitsientini laboratoriya yo‘li bilan aniqlash.
NAZARIY MA’LUMOTLAR
Issiqlikning issiq muhitdan (gaz yoki suyuqlik) sovuq muhitga ular orasidagi ajratuvchi qattiq devor orqali berilishiga issiqlik uzatish deyiladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik, konvektsiya va nurlanish issiqlik almashinuvi qurilmalarida devor orqali issiqlik uzatish jarayonining bir qismi hisoblanadi va devor issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti katta bo‘lgan materialdan tayyorlanadi.
Issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish talab qilinganda devor yaxshi izolyatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan, ya’ni issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kichik bo‘lgan materialdan tayyorlanadi.
Binolarda qish paytida xona havosining belgilangan me’yordagi harorati isitish asboblari yordamida ta’minlanadi.
Isituvchi asboblarning issiqlik uzatish koeffitsientini isitkichlarning texnikaviy sifatini xarakterlaydi. Uning yordamida berilgan sharoit uchun kerakli isitish sirtining yuzasi aniqlanadi.
Laboratoriya usulida aniqlanadigan RD-90S isitkich sirtining yuzasi 1,62 m2 (chunki u 8 seksiyadan iborat bo‘lib, har bir seksiyasi sirtining yuzasi 0,203 m2 ni tashkil qiladi).
Laboratoriya o‘tkaziladigan stend sxemasi ilovadagi rasmda keltirilgan .
Bak 1 dagi issiq suv quvur 2 orqali tekshiriladigan asbob 4 ga tushadi. Issitkich sektsiyalaridan o‘tayotgan issiq suv o‘z issiqligini asbob devorlariga uzatadi, sovugan suv esa quvur 9 orqali o‘lchov baki 8 ga tushadi. O’lchov baki asosining yuzi 0,66 m2 (1,49 × 0,44 m2).
Isitkichga tushadigan issiq suv harorati va sovugan suv harorati 3 va 5 termometrlar vositasida o‘lchanadi. Isitkich orqali o‘tgan suv sarfi 8 bakdagi suv satxining kuzatuv paytidagi farqi orqali yoki suv o‘lchagich yordamida aniqlanadi. Kuzatuv xonasidagi havo harorati termometr 7 yordamida o‘lchanadi. Suv sarfi esa jumrak 6 yordamida o‘zgartirilishi mumkin.
Isitkich uzatadigan issiqlik miqdori:
(1)
bu yerda: K–isitgich asbobining aniqlanadigan issiqlik uzatish koeffitsienti, ;
F – isitkich sirtining yuzasi, m2;
tx – xona havosining harorati, 0S;
t – isitkichdagi suvning o‘rtacha harorati, 0S.
Suvning o‘rtacha harorati:
(2)
bu yerda: tiss – isitkichga yuboriladigan issiq suv harorati, termometr 3 yordamida aniqlanadi;
ts – sovugan suv harorati, termometr 5 yordamida aniqlanadi.
Issiqlik uzatish koeffitsienti K ni (1) ifodadan aniqlash mumkin:
(3)
bu yerda, isitkich bergan issiqlik miqdori:
(4)
G – isitkich orqali kuzatuv paytida o‘tgan suv miqdori, kg;
- kuzatuv vaqti, sek;
S – suvning o‘rtacha solishtirma issiqlik sig‘imi,
Do'stlaringiz bilan baham: |