Тўртликлар ёрим, қайга борасан Қошу кўзингни сузиб? Кимнинг ёри бўласан


Agar tuya bo'lganingda jo'ng bo'taring, Otdan keyin, eshakman teng bo'taring, Qantar og'may xarish



Download 52 Kb.
bet3/3
Sana11.07.2022
Hajmi52 Kb.
#775402
1   2   3
Bog'liq
TERMALAR

Agar tuya bo'lganingda jo'ng bo'taring, Otdan keyin, eshakman teng bo'taring, Qantar og'may xarish bob ag'nab yotib, Qarg'a bilan quzg'unga em bo'taring. Agaryilqi bo'lganda o'tmas eding, Bahong qirq besh, ellikka etmsa eding, Har kirn olsa o'zingni ay nib berib, Chir aylanib ovuldan ketmas eding.
Savollar:
1. Terma deb nimagan aytiladi?
2. Termalar qachon ijro etiladi?
3. Termalar qanday mavzularda yaratiladi?
4. Zamonaviy mavzuda yaratilgan qanday termalarni bilasiz?
5. Termalarning qanday tarbiyaviy ahamiyati bor?

ADABIYOTLAR:


1. Imomov K. Mirzayev T.Sarimsoqov B. Safarov 0. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - Т.: «0"qituvchi», 1990.169-173-betlar.
30
Terma. Terma - o'zbek folkloridagi mustaqil janrlardan biri. U, asosan, baxshilar tomonidan yaratiladi va ijro qilinadi. Terma baxshining individual (yakka) ijod mahsuli hisoblanadi. Ular sozli ijroga mo'ljallangan. Hajmi 10-12 misradan 150-200 misragacha, ba'zan undan-da ortiq bo'lgani bois liro-epik asar hisoblanadi. Ko'pincha pand-nasihat, odob-axloq, soz va so'z haqida yaratilgan bo'ladi. Lekin ba'zi termalarda ijtimoiy hayotdagi turli hodisalarga munosabat bildirish, shaxs va jonivorlarning ta'rifi yoki tanqidi yetakchilik qiladi.
«Тепла» so'zi lug'aviy jihatdan «termoq» ma'nosini anglatsa, istilohiy ma'noda terib aytmoq, tanlab termoq ma'nolarida boiib, xalq qo'shiqlari silsilasidagi mavzu mohiyatiga ko'ra bir-birini to'ldiradigan uchlik, to'rtlik, beshlik va oltilikdan iborat bandlarni коmpozitsion jihatdan bir tizimga yaxlitlashtirish asosidagi lirik yoxud xalq dostonlari ijrosi
oldidan baxshining o'z repertuariga poetik ekskurs qilishi asnosida badihatan tug'ilgan biografik yoki avtobiografik, ayrim hollarda didaktik xarakterdagi epik qo'shiq namunasi.
Terma xarakteridagi lirik qo'shiqlardan tashqari terma nomi bilan yuritiluvchi xalq kuylari ham borki, uni o'zbek musiqiy folklorining mustaqil janri sifatida o'rganish mumkin. Faqat termalarni ijod va ijro etuvchilarni termachi va termakash nomi bilan yuritish an'anaga aylangan. Shunday qilib, A.Musaqulovning ta'rificha: «Xalq termalari dostonchi va termachilar tomonidan yaratiladigan, badiha tarzida ijro etiladigan, lirik va epik turga mansub, kompozitsion jihatdan bir necha tipga bo'linadigan, g'oyaviy-badiiy, tarbiyaviy, baxshi tayyorlash, axborot berish, dostonchini doston aytishga, tinglovchilarni doston tinglashga hozirlash vazifalariga ega, muzika bilan munosabati barqaror bo'lgan xalq qo'shiqlari» hisoblanadi.29
Termalarning janriy xususiyatlari. avvalo. bajaradigan vazifalarida namoyon bo'ladiki. bular quyidagilardan iborat:
1. Termalar dostonlarga kirish vazifasini bajaradi. Bunda dostonchi doston aytishga kirishmoqdan oldin repertuariga murojaat qilarkan. tinglovchilarni doston tinglashga tayyorlash masalasini hal qiladi.
2. Termalar dostonchi-shogird tayyorlash masalasini ham hal qiladi; boshda shogirdni u yoki bu terma. u yoki bu dostondan parchani yodlab aytish orqali mahorati va iste'dodini tarbiyalab boradi.
3. Termalarning axborot beruvchanlik vazifasiga ko'ra, terma dostonchi repertuaridagi asarlar haqida ma'lumot beradi. Tinglovchilar esa, dostonlardan qay birini eshitish istagini bildirsalar, baxshi o'sha asarni ijro etishga kirishmog'i shart. Termaning doston terish yoki doston tanlashdan iborat mohiyati ana shu bilan belgilanib, bu xildagi termalar «Nima aytay» yoki «Kunlarim» hamda to'y maqtoviga bag'ishlovlar shaklidadir.
Termalar yaratilish davriga hamda g'oyaviy-mavzuviy xususiyatlariga ko'ra qator ichki turlarga bo'linadi.
Yaratilish tarixi jihatidan termalar ikki xil bo'ladi: an 'anaviy va zamonaviy.
An'anaviy termalarga o'tmish voqealariga munosabat, doston qahramonlari geografiyasi. xalqning axloqiy qarashlari ko'pincha tarannum etiladi. Zamonaviy termalarda esa, yangicha turmush voqeliklari, unga baxshining munosabati kuylanadi.
Doston tanlash va tinglovchilarni uni tinglashga tayyorlash maqsadida kuylanadigan termalar g'oyaviy-mavzuviy yo'nalishiga ko'ra quyidagi ichki turlarga bo'linadi:
1. Doston boshlanmasdan oldin baxshi auditoriya diqqatini o'ziga tortish, tinglovchilarda doston eshitishga muayyan kayfiyat tug'dirish uchun kuylaydigan «Nima aytay» termalari. Bular eng ko'p tarqalgan termalar bo'lib, uzun-qisqaligi baxshi dostonchilik repertuarining hajmiga bog'liqdir. Chunki uni kuylash jarayonida baxshi o'z repertuarini bayon etadi, muayyan doston va uning qahramoni faoliyatiga xos qiziqarli o'rinlarni tinglovchilar yodiga tushiradi. Masalan:
Avazning bir yo'li Gulixiromon, Shunga ham buyurdi Go'ro'g'li sulton, Qabul qildi o'n oltida Avazxon, Xiromondan aytayinmi, qadrdon?
2. Avtobiografik termalar ham mazkur janrning kattagina qismini tashkil qiladi. «Do'mbiram>\ «Dutorim», «Kunlarim» kabilar bularning yorqin namunalaridir. Avtobiografik termalarda baxshilar o'zlarining do'mbira, dutor yoki qo'biz soziga murojaat qilib, shu orqali hayotlarining ayrim lahzalarini, repertuarlarining ba'zi bir xususiyatlarini ta'riflab kuylaydilar. Ular ba'zan hazil-mutoyibaga yo'g'rilgan ham bo'ladi:
Sozanda bekordir— sozi bo'lmasa, Ovchilik bekordir-tozi bo'lmasa, Qiz, kelin bekordir — nozi bo'lmasa, Yigitlik bekordir- yori bo'lmasa, El ichida obro' topgan do'mbiram. Termada baxshi do'mbiraning ilhom manbayi, yaqin ko'makdosh ekanligini, u orqali el ichida obro'-e'tibor qozonganligini alohida ta'kidlamoqda. «Do'mbiram» termalaridagi ushbu sozning qadimiyligini, afsonaviy tarzda kelib chiqqanligini bildiruvchi misralar, ayniqsa, ta'kid va e'tibor bilan kuylanadi:
Bu kosangni Cho'pon ota o'yg'ondir. Qopqog'ingni Zangi bova qo'yg'ondir. Bu toringni Moma havo eshgandir. Qulog'ingni noumid shayton teshgandir. Misralarda nomlari ta'kidlanayotgan Cho'pon ota va Zangi bovalar aziz avliyolardan bo'lsa, Moma havo va shayton mifologik personajlardir. Shu nomlar orqali do'mbiraning kelib chiqishi afsonaviylashtirilgan. Darhaqiqat, do'mbiraning kelib chiqishi haqida
xalq orasida bir necha variantdagi afsonalar keng tarqalgan bo'lib, ularda do'mbirani Odam Ato bilan Moma havo yasagani, keyin uni shayton o'g'irlab, unga quloq qo'ygani epik bayon etiladi. Termaga ana shu epik motiv singdirib yuborilgan.
3. Biografik termalar - xalq dostonlari qahramonlarining tilidan aytilgan yoki ularning maqtoviga bag'ishlangan bo'ladi. Keksa Go'ro'g'li tilidan aytilgan «Kunlarim» termasi bunga misol bo'la oladi. Termada keksaygan Go'ro'g'lining o'z o'tmishiga nazar tashlashi baxshi tomonidan talqin etiladi. Terma boshlanishida baxshi «Go'ro'g'li» turkumiga kiruvchi har bir doston voqealariga chiroyli bir ishora qilib o'tadi-yu, shundan so'ng xalqparvar, mard Go'ro'g'li va uning bosib o'tgan hayot yo'lini tinglovchi ko'z o'ngida gavdalantirib boradi. Bunda baxshi faqatgina Go'ro'g'lining hayot va kurash yo'lidagi quvonchu shodliklarini, hasrat va alamlarini, armonlarini ifoda etish bilan cheklanib qolmasdan, shu orqali o'tmishdagi jamiyat illatlarini ham ochib tashlaydi.
Biografik termalarning eng yaxshi variantlari Ergash shoir va Fozil shoirdan yozib olingan. «Bormi jahonda?», «Armoning qolmasin», «Armonim qolmadi», «Go'ro'g'li», «Go'ro'g'libek-zo'r botir» kabi biografik termalar xalq orasida mashhurdir.
4. Didaktik termalar. Yaxshilik, adolat, mardlik, to'g'rilik, insoniylik kabi oliy axloqiy fazilatlarni tarannum etishga, ba'zi kimsalarda uchraydigan qo'rqoqlik, baxillik, hasadgo'ylik, pastkashlik, dangasalik kabi kirdikorlarni qoralashga qaratilgan termalar bunga misol bo'ladi.
Har narsadan suxan qimmat, yoronlar, Yaxshi so'zni qiling hurmat, yoronlar. Vaqtingizning qadrin bilib o'tkazing, Baridan Shu dam g'animat, yoronlar. Bu dunyoda shirin, do'stlar, tiriklik, O'z tengiyiz bilan suhbat, yoronlar. Yaxshiga yonashib odam ayiring, Har nokasga bo'lmang ulfat, yoronlar.30 Ergash Jumanbulbul o'g'li repertuaridagi ushbu didaktik termada kishilarni yaxshilik sari undash hamda ezgu so'zni va vaqtni qadrlashga, umr deb berilgan sanoqli fursatning qadriga etib, uni mazmunli o'tkazishga da'vat etish g'oyasi yetakchilik qiladi.
Ko'pincha atoqli turkman shoiri Maxtumqulining pand-nasihat ruhida yozilgan she'rlari xalq orasida didaktik terma sifatida kuylanib kelingan.
Hatto uning ta'sirida lslom shoir. Umir Safar o'g'li va bir qator Xorazm baxshilari ham didaktik termalar yaratganlar. Didaktik termalarning ayrimlari satirik xarakterda bo'lib, ularda tekinxo'r boylar, yolg'ondan dinni o'ziga niqob qilib olib. yaramaslik bilan shug'ullanuvchi kimsalar fosh etiladi.
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida avtobiografik va biografik termalar ta'sirida yangi dostonlar ham yaratildi. Masalan, Ergash Jumanbulbul o'g'lining «Tarjimayi hol», Fozil Yo'ldosh o'g'li, Saidmurod Panoh o'g'li, Abdulla shoirlarning «Kunlarim» termalari haqida Shunday deyish mumkin. Bu esa shuni ko'rsatadiki, terma janri shu darajada keng imkoniyatga egaki, unga mos mazmun topilsa, shu she'riy shakldan foydalanib, yangi epik asar yaratsa bo'ladi. Bunday holatni o'zbek baxshilarining ijodi misolida bemalol kuzatish mumkin.
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish