TURIN JARAYONI 2018
–2020 O’ZBEKISTON | 79
2017 yilda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimiga taxminan 6,4%, 2018 yilda esa Davlat byudjetining
3,8% mablag'lari ajratildi
176
.
Nodavlat moliyalashtirish manbalariga
nodavlat tashkilotlar, xususiy biznes va individual xayriya
mablag'lari kiradi.
Kasbiy ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishning qo'shimcha manbai bu kompaniyalar
mablag'lari. Kompaniyalar ba'zan kasb-hunar
kollejlarini jihozlar, o'quv materiallari va o'qituvchilar,
xodimlar va talabalar uchun o'qitish imkoniyatlari ko'rinishidagi manbalar bilan ta'minlaydilar. Kasb-hunar
kollejlari o'z binolarini ijaraga berish, o'quv xizmatlarini ko'rsatish va o'z ustaxonalarida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar va xizmatlarni sotish orqali daromad olishadi.
Kasb-hunar ta'limi muassasalarining yangi tarmog'ining joriy etilishi munosabati bilan o'rta maxsus kasb-
hunar ta'limi muassasasini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilardir: (1) byudjet mablag'lari
(akademik litseylar va muassasalarning grant joylari uchun); (2) balansida ta'lim muassasalari joylashgan
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalarning mablag'lari; (3) ta'lim muassasasining
ustav maqsadlariga mos keladigan ta'lim xizmatlarini, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat
turlarini sotishdan olingan daromadlar; (4) yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablag'lari va
maqsadli ajratmalari; (5) qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Tashqi moliyalashtirish manbalari
Aholi zich joylashgan va siyosiy jihatdan muhim mamlakat sifatida O'zbekistonga homiylik ko'rsatuvchi
xalqaro tashkilotlar tomonidan ikki tomonlama va ko'p tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida katta e'tibor
qaratilmoqda. Markaziy Osiyo davlati sifatida O'zbekiston global moliyalashtirish manbalaridan tashqari
Osiyo va Evropa mamlakatlaridan, shu jumladan OTB va Evropa Ittifoqidan
mintaqaviy grant yordamini
oladi. Xususan, KHTni rivojlantirish uchun donorlar tomonidan sezilarli resurslar ajratildi. Har bir kasb-
hunar ta'limi loyihasi donor tashkilotning vakolat doirasiga qarab o'ziga xos yo'nalishga ega. Misol uchun:
Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi va Shveytsariyaning iqtisodiy masalalar bo'yicha davlat
kotibiyatining KHT sohasidagi faoliyati O'zbekistonda asosan qishloq va suv xo
’jaligi sohasiga katta e'tibor
beradi.
Germaniya hamkorlik agentligi va Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasi
hayot davomida ta
’lim
dasturida qatnashdilar. O'quv kurslarini o'tkazish bilan bir qatorda, ular ta'lim normalari va standartlarini
belgilashga harakat qilishdi va KHT tizimini muntazam isloh qilishda yordam berishdi.
Bir nechta aniq
maqsadli guruhlar uchun mo'ljallangan loyihalar amalga oshirildi.
Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) O'zbekistondagi ta'lim muassasalari
infratuzilmasini rivojlantirish, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining
malakasini oshirishda
ko'mak ko'rsatdi. Koreya Xalqaro KOICA agentligi O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
bilan hamkorlikda kasb-hunarga o'qitish markazlarini tashkil etish va faoliyatini qo'llab-quvvatladi.
Xalqaro mehnat tashkilotining bu sohadagi faoliyati xabardorlikni oshirish va axborotni boshqarishdan
munosib mehnat imkoniyatlarini targ'ib qilish va sharoitlarni yaxshilashga o'tdi. Xalqaro mehnat tashkiloti
faoliyati bir necha bosqichlarda o'quv dasturlarini taqdim etishni o'z ichiga oladi.
"Markaziy Osiyoda kasb-hunar ta'limi" mintaqaviy dasturi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati
(keyingi o'rinlarda - GIZ) bilan birgalikda Markaziy Osiyo respublikalari - Qozog'iston, Qirg'iziston,
Tojikiston va O'zbekistonda amalga oshiriladi. Ushbu Dastur ta'lim
muassasalarini, asosan universitetlar
va kollejlarning barqaror institutsional rivojlanishiga qaratilgan bo'lib, shunga muvofiq, hamkor institutlarni
tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish printsipiga amal qiladi.
OTB ta'lim infratuzilmasini rivojlantirishni qo'llab-quvvatladi va zamonaviy iqtisodiyot uchun malakalarni
rivojlantirish loyihasi tayyorlanmoqda. Eng muhim ustuvor vazifa - bu ish imkoniyatlarini
yaxshilash va
malakali tinglovchilar va kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash.
Evropa Ittifoqi qishloqlarda bandlik ko'nikmalarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash uchun besh yillik grant
loyihasini (qiymati 10 million evro) tayyorlamoqda.
E.4.2. KHTni moliyalashtirishni diversifikatsiyalash va safarbar qilish
Ayni paytda hukumat va xususiy sektor tomonidan kiritilgan investitsiyalarni hisobga olgan holda samarali
moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va qabul qilish bo'yicha zarur choralarni ko'rilmoqda.
176
O
’zR Moliya vazirligi ma’lumoti