Trpreport 2020 Uzbekistan uz


E.4: KHT uchun resurslarni safarbar qilish



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/110
Sana23.06.2022
Hajmi2,36 Mb.
#695592
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
TRPreport 2020 Uzbekistan UZ

E.4: KHT uchun resurslarni safarbar qilish 
E.4.1. KHT tizimini moliyalashtirish manbalari va mexanizmlari 
"A bloki" da ta'kidlanganidek, O'zbekistonda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi xarajatlari ham davlat, ham 
nodavlat manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi besh yildan ko'proq vaqt davomida ushbu sohani yillik moliyalashtirish hajmi 
YaIMning 5,3 foizini tashkil etdi. 2018 yilda O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini 
moliyalashtirishga Davlat byudjetining qariyb 3,8 foizi yoki YaIMning 0,7 foizi ajratildi
175
.
Davlat manbalariga respublika byudjeti mablag'lari, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarining 
byudjetdan tashqari mablag'lari kiradi. Davlat byudjeti talabalarning rivojlanishi yoki farovonligi bilan 
bog'liq har qanday tadbirlarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. 
173
O
’zR Prezidentining 22.12.2009 y.dagi PQ-1245 – son qarori, 19-band. https://lex.uz/docs/1568402 
174
O
’zR Prezidentining 30.07/2008 y.dagi PQ-929 – son qarori, https://lex.uz/docs/1378943 
175
Manba: 
O’zR Moliya vazirligi: https://www.mf.uz/en/podrazdeleniya-ministerstva/strukturnye- podrazdeleniya/gosudarstvennyj-
byudzhet.html 


TURIN JARAYONI 2018
–2020 O’ZBEKISTON | 79 
2017 yilda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi tizimiga taxminan 6,4%, 2018 yilda esa Davlat byudjetining 
3,8% mablag'lari ajratildi
176
.
Nodavlat moliyalashtirish manbalariga nodavlat tashkilotlar, xususiy biznes va individual xayriya 
mablag'lari kiradi. 
Kasbiy ta'lim muassasalari xarajatlarini moliyalashtirishning qo'shimcha manbai bu kompaniyalar 
mablag'lari. Kompaniyalar ba'zan kasb-hunar kollejlarini jihozlar, o'quv materiallari va o'qituvchilar, 
xodimlar va talabalar uchun o'qitish imkoniyatlari ko'rinishidagi manbalar bilan ta'minlaydilar. Kasb-hunar 
kollejlari o'z binolarini ijaraga berish, o'quv xizmatlarini ko'rsatish va o'z ustaxonalarida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar va xizmatlarni sotish orqali daromad olishadi. 
Kasb-hunar ta'limi muassasalarining yangi tarmog'ining joriy etilishi munosabati bilan o'rta maxsus kasb-
hunar ta'limi muassasasini moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilardir: (1) byudjet mablag'lari 
(akademik litseylar va muassasalarning grant joylari uchun); (2) balansida ta'lim muassasalari joylashgan 
vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, birlashmalar va korxonalarning mablag'lari; (3) ta'lim muassasasining 
ustav maqsadlariga mos keladigan ta'lim xizmatlarini, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat 
turlarini sotishdan olingan daromadlar; (4) yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablag'lari va 
maqsadli ajratmalari; (5) qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. 
Tashqi moliyalashtirish manbalari
Aholi zich joylashgan va siyosiy jihatdan muhim mamlakat sifatida O'zbekistonga homiylik ko'rsatuvchi 
xalqaro tashkilotlar tomonidan ikki tomonlama va ko'p tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida katta e'tibor 
qaratilmoqda. Markaziy Osiyo davlati sifatida O'zbekiston global moliyalashtirish manbalaridan tashqari 
Osiyo va Evropa mamlakatlaridan, shu jumladan OTB va Evropa Ittifoqidan mintaqaviy grant yordamini 
oladi. Xususan, KHTni rivojlantirish uchun donorlar tomonidan sezilarli resurslar ajratildi. Har bir kasb-
hunar ta'limi loyihasi donor tashkilotning vakolat doirasiga qarab o'ziga xos yo'nalishga ega. Misol uchun: 
Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi va Shveytsariyaning iqtisodiy masalalar bo'yicha davlat 
kotibiyatining KHT sohasidagi faoliyati O'zbekistonda asosan qishloq va suv xo
’jaligi sohasiga katta e'tibor 
beradi. 
Germaniya hamkorlik agentligi va Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasi hayot davomida ta
’lim 
dasturida qatnashdilar. O'quv kurslarini o'tkazish bilan bir qatorda, ular ta'lim normalari va standartlarini 
belgilashga harakat qilishdi va KHT tizimini muntazam isloh qilishda yordam berishdi. Bir nechta aniq 
maqsadli guruhlar uchun mo'ljallangan loyihalar amalga oshirildi. 
Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA) O'zbekistondagi ta'lim muassasalari 
infratuzilmasini rivojlantirish, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining malakasini oshirishda 
ko'mak ko'rsatdi. Koreya Xalqaro KOICA agentligi O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
bilan hamkorlikda kasb-hunarga o'qitish markazlarini tashkil etish va faoliyatini qo'llab-quvvatladi. 
Xalqaro mehnat tashkilotining bu sohadagi faoliyati xabardorlikni oshirish va axborotni boshqarishdan 
munosib mehnat imkoniyatlarini targ'ib qilish va sharoitlarni yaxshilashga o'tdi. Xalqaro mehnat tashkiloti 
faoliyati bir necha bosqichlarda o'quv dasturlarini taqdim etishni o'z ichiga oladi. 
"Markaziy Osiyoda kasb-hunar ta'limi" mintaqaviy dasturi Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati 
(keyingi o'rinlarda - GIZ) bilan birgalikda Markaziy Osiyo respublikalari - Qozog'iston, Qirg'iziston, 
Tojikiston va O'zbekistonda amalga oshiriladi. Ushbu Dastur ta'lim muassasalarini, asosan universitetlar 
va kollejlarning barqaror institutsional rivojlanishiga qaratilgan bo'lib, shunga muvofiq, hamkor institutlarni 
tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish va qarorlar qabul qilishda ishtirok etish printsipiga amal qiladi. 
OTB ta'lim infratuzilmasini rivojlantirishni qo'llab-quvvatladi va zamonaviy iqtisodiyot uchun malakalarni 
rivojlantirish loyihasi tayyorlanmoqda. Eng muhim ustuvor vazifa - bu ish imkoniyatlarini yaxshilash va 
malakali tinglovchilar va kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash. 
Evropa Ittifoqi qishloqlarda bandlik ko'nikmalarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash uchun besh yillik grant 
loyihasini (qiymati 10 million evro) tayyorlamoqda.
E.4.2. KHTni moliyalashtirishni diversifikatsiyalash va safarbar qilish 
Ayni paytda hukumat va xususiy sektor tomonidan kiritilgan investitsiyalarni hisobga olgan holda samarali 
moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va qabul qilish bo'yicha zarur choralarni ko'rilmoqda. 
176
O
’zR Moliya vazirligi ma’lumoti 



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish