Mnogozernoviy-2. BO‘I da yaratilgan. 1992 yili Samarqand viloyatining sug‘oriladigan erlarida oraliq ekin sifatida tumanlashtirilgan. Ikki fislli. Boshog‘i qiltiqli urchuqsimon, 12-14 sm, rangi oq, 1000 dana don og‘irligi 45,8 g.
Sinov yillari Samarqand DNS da o‘rtacha hosili 65,4 s/ga, mutloq quruq modda hosili 80,3 s/ga bo‘lgan. YAshil massasida, quruq modda xisobida 10,7 %, donda 11,6-12,5 % oqsil bor.
O‘suv davri ko‘k massa uchun 174 kun, don uchun 210 kun. Kasallik va zararkunandalar bilan kam zararlanadi.
Uzor. BO‘I da Jizzax viloyati K. Raximov davlat hujaligi hamkorligida yaratilgan. 1982 yili Surxondaryo va Toshkent viloyatining sug‘oriladigan erlarida tumanlashtirilgan. Boshog‘i oq, qiltiqli, uzunligi 13-15 sm. 1000 dona don massasi 54,2. Don hosili Samarqand DNSS da o‘rtacha 65,8 ga/s bo‘lgan. Tezpishar o‘suv davri yashil massa uchun 174 kun, don uchun 206 kunni tashkil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |