Umuman olganda bu nimani bildiradi?
1.Buqalar Marubozusini ko’rganingizda qisqa pozitsiyaga kirmasligingiz kerak, chunki Buqalar bu paytda juda kuchli bo’lishadi va narx yana ko’tarilishi mumkin.
2.Ayiqlar Marubozusini ko’rganingizda esa uzoq pozitsiyaga kirmasligingiz kerak.
3.Pasayuvchi tend oxirida Buqalr Marubozusini ko’rsangiz bu qaytish signali hisoblanadi. Keyingi shamchani kutishingiz va u ham buqalar shamchasi bo’lsa unda uzun pozitsiyaga kirishingiz mumkin.
4.Ko’tariluvchi trend oxiridan Ayiqlar Marubozusini ko’rsangiz bu ham qaytish signalidir. Keyingi shamchani kuting va u ham ayiqlar shamchasi bo’lsa qisqa pozitsiyaga kirishingiz mumkin.
5.Agar allaqachon uzun pozitsiyaga kirgan bo’lsangiz unda Ayiqlar Marubozusini ko’rishingiz bilan pozitsiyangizni yopishingiz va foydangiz bilan bozordan chiqib ketishingiz kerak.
6.Agar qisqa pozitisyaga kirgan bo’lsangiz va Buqalar Marubozusini ko’rsangiz unda ham pozitsiyangizni yopib bozordan chiqishingiz kerak.
3.Doji
Doji yaroqsiz degani. Bu turdagi shamchalarning bunday nomlanishiga sabab ularning tanasining yo’qligidir. Nega? Agar shamchaning ochilish narxi va yopilish nari bir xil bo’lsa uni Doji deb hisoblaymiz.
Doji shamchalarining rangi bo’lmaydi, shuning uchun ularni na buqlar na ayiqlar deb atab bo’ladi. Bu nimani bildiradi? Bu buqlar va ayiqlarning teng kuchga ega ekanliklarini va natijada narx o’zgarmay qolganligini bildiradi. Narx ko’tarilishni ham tushishni ham bilmay qoladi, chunki buqalar narxni ko’tarishga kuchi yetmay qoladi va ayiqlarning narxni tushishirishga kuchi yetmay qoladi. Shunday qilib Doji shamchasi beqarorlik va noaniqlik signalidir.
Barcha turdagi Doji shamchalariga tasdiqlash signali kerak bo’ladi. Tasdiqlsh nimaligini hali tushuntiraman.
Doji shamchalarning turli xillar mavjud. Eng muhimini Rickshaw Man deyishadi. Bunda kesib o’tuvchi chiziq deyarli o’rta qisimda bo’ladi.
Rickshaw Man bu kuchli beqarorlik signalidir. Uni yuqoriga trend ustida ko’rsangiz unda narx yanada yuqoriga ketishi, pastga tushib ketishi yoki tebranma gorizontal harakatlanishi mumkin.
Dojining boshqa bir turi Gravestone (qabr toshi) deb ataladi:
Bu turdagi Doji ham beqarorlikni bildiradi. Agar uni yuqoriga trend ustida ko’rib qolsangiz unda narx pastga bir sakrash qilib tushuib chiqishi mumkin degani.
Bozorning ostki qismida bazida Inverted (teskari) Gravestoneni ko’rishingiz mumkin:
Teskari Gravestoneni Dragonfly (Ninachi) deb atashadi.
Albatta, gravestone yoki dragonfly bozorning ustida yoki ostida paydo bo’lmaydi deb aytib bo’lmaydi. Ikkala holatda ham ular ikkilanish, beqarorlikni bildiradi.
Dojini boshqacharoq shakllarda ham uchratishingiz mumkin:
Bazida Dojining kichkinagina tanasi ham bo’lsihi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |