Yapon Shamchalаri Nima?
Shamchalar dunyodagi eng qadimgi texnik analizning shaklidir. Yapon shamchalari yapon savdogari – Sakata tomonidan 17 – asrda o’ylab topilgan. U o’n yillarcha umrini obixavoning, sotuvchi va oluvchilar psixalogiyasining, va boshqa turlicha sharoitlarning guruch narxiga bo’lgan tasirini o’rganib sarflab yuborgan. Undan keyin esa u 100ta muvaffaqqiyatli savdo operatsiyalarini amalga oshirib badavlat qariya bo’lib istefoga chiqib ketgan. Keyin esa texnik analiz haqida ikkita kitob ham yozgan.
Shamchalar bozor psixalogiyasinig ko’rsatkichi – indikatoridir. Bu shamchalar haqida bilishingiz kerak bo’lgan birinchi va eng muhim malumotdir. Narx volatilligi (beqarorligi, o’ynashi, o’zgarishga moyilligi) sotuvchilar (Ayiqlar) va sotib oluvchilar (Buqalar) o’rtasidagi munosabatdan boshqa narsa emas.
Sotib olishga ko’proq moyillik bo’lsa unda narx ko’tariladi, va aksincha. Shamchalar sotib oluvchilar va sotuvchilarning hissiyotlarini (qo’rquv va nafs) o’zlarida aks ettiradi. Shamchalarning o’rganish juda oson bo’lgan o’z tili bor. Agar uni o’rganib olsangiz ularning siz bilan gaplashayotganligiga va narxning keyingi harakatini aytayotganiga o’zingiz guvoh bo’lasiz.
Shamchalar bizning yagona real vaqt indikatorimizdir. Agar ularni boshqa indikatorlar bilan, masalan Bollinger Bands bilan birgalikda ishlatsak bunda eng zo’r savdo quroliga ega bo’lamiz. Qolgan barcha Stochastic, MACD, RSI va … kabi indikatorlarning bari juda ko’plab yolg’on signallar beradi. Shamchalardan voz kechib manashunday indikatorlar orqali savdo qilishni huddi ko’zni yumib, yoningizdagi odamning ko’rsatmalari bo’yicha mashina haydashga qiyoslasak bo’ladi. Uning sizga yo’nalishni “O’z vaqtida” bera olmasligi aniq. Natijada sizning harakatlaringiz ham o’z vaqtida bo’lmaydi va qanchadir miqdorda kechikasiz. Bu esa o’ta havflidir.
Shamchalar asosida savdo qilish va unga bog’liq texnik analiz 1985 – yilda g’arb davlatlarigsa kirib keldi va juda mashxur bo’lib ketti.
Shamcha bu oddiy to’rtburchak bo’lib malum vaqt asosida 4 turdagi axborotni o’zida to’playdi. Kunlik asosda – taym freymda bitta shamcha 24 soat davomida paydo bo’ladi. 5 minutlik taym freymda esa bitta shamcha 5 minut davomida paydo bo’ladi, va hkz.
Xar bir shamcha 4 ta raqamni aks ettiradi:
Ochilish narxi
Yopilish narxi
Eng yuqori narx
Eng pastki narx
Shunday qilib, bir soatlik taym freymda narx 1.9825 bo’lganida shamcha paydo bo’lishni boshladi deylik. Bu ochilish narxi. Narx bir soat davomida u yoqdan bu yoqqa harakatlanib oxiri bir soat tugaganda 2.0080 da edi. Bu esa shamchaning yopilish narxi.
Agar yopilish narxi ochilishdan baland bo’lsa unda shamchani Buqalar shamchasi deb ataymiz. Bu manashu shamcha shakillanishi davomida narx ko’tarildi degani. Agar yopilish narxi ochilish narxidan pastda bo’lsa unda uni Ayiqlar shamchasi deymiz. Bu manashu shamcha sakllanishi davomida narxning tushganligini ko’rsatadi.
Eng yuqori narx shu davrdagi maksimum narxni, eng pastki narx esa minimum narxni ko’rsatadi.
Shamchaning paydo bo’lishi vaqtida uning rangi va o’lchami bir necha marta o’zgarishi mumkin. Siz esa uning to’liq shakillanib bo’lishini kutishingiz kerak. Keyin shamcha signalini o’qiysiz, analiz qilasiz va qaror qabul qilasiz.
Shamchaning ikkita asosiy qisimlari bor: 1. Tanasi va 2. Soyalari
|
11/09/2016 AQSH saylovlari natijasida narxning o’zgarishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |