A - mo`ylovsizlar (proyura).
B – oyoqdumli smintur.
D – qo`shdum kampoda
E - qildum.
Ochiq jagiilar, ya’ni haqiqiy hasharotlar (Ectognata) kenja sinfi
Bu turkumga mansub bo‘lgan hasharotlaming og‘iz organlari boshi oldingi yuzasida, ya’ni og ‘iz teshigining atrofida joylashgan; ко ‘zlari fasetkali, traxeya sistemasi yaxshi rivojlangan. Ochiq jag‘lilar orasida faqat qildumlilar turkumining vakillari birlamchi qanotsiz hasharotlar hisoblanadi. Ochiq jag‘lilar birlamchi qanotsiz hasharotlar (.Apterygota) va qanotli hasharotlar (Pterygota) bo‘limlariga ajratiladi.
Birlamchi qanotsizlar bo ‘limi faqat qildumlilar turkumidan iborat. Qanotli hasharotlar bo ‘limi ham о ‘z navbatida qanotining tuzilishiga binoan qadimgi qanotlilar va yangi qanotlilarga; rivojlanishiga binoan chala metamorfoz bilan rivojlanadigan va to‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlarga ajratiladi.
Birlamchi qanotsizlar (Arterygota) bo‘limi
Qildumlilar (Thysanura) turkumi. Qildumlilar cho'ziq tanasining uzunligi 8-20 mm bo‘lib, tangachalar bilan qoplangan. Qorin bo‘limi o‘nta bo‘g‘imdan iborat. Qorin oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan (176-rasm).
Qorin bo‘limining keyingi tomonida uchta ko‘p bo‘g‘imli dum o‘simtasi bor. Og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy va fasetkali ko‘zlari bor. Chala o‘zgarish orqali rivojlanadi. Qildumlilar - juda harakatchan hasharodar. Ular toshlar va barglar ostida, o‘simlik qoldiqlari orasida hamda tuproqdagi yoriqlarda va xonadonlarda uchraydi. 0 ‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi; 400 ga yaqin turi ma’lum. Qand tangachalisi (Lepisma sa- charina) va maxilis (Machilis) urug‘i turlari keng tarqalgan.
Bu guruhga mansub hasharotlaming qanotlari doimo yoyilib turadi, qo ‘nganda qanotlarini yig ‘ib ololmaydi. Ular eng qadimgi hasharotlar bo ‘lib, kunliklar va ninachilami o‘z ichiga oladi.
Kunliklar (Ephemeroptera) turkumi. Kunliklar uzunligi 10-15 mm keladigan qadimgi qanotli hasharotlar. Orqa qanotlari oldingisiga nisbatan juda qisqa yoki umuman rivojlanmagan. Qorin bo ‘limining uchki qismida ko‘p bo‘g‘imli uchta uzun o'simtalari (2-serki va 1 -paraserki) bo'ladi (177- rasm). Imagosining og‘iz organi reduksiyaga uchragan bo‘lib, oziqlan- maydi; ichagi esa havo bilan to'lgan. Imago davrida 2-3 soat, ba’zan bir necha kun yashaydi. Suvga tuxum qo'ygach halok bo'ladi. Lichinkalari 1-3 yil umr ko'radi. Kunliklaming og'iz organlari kemiruvchi bo‘lib, o'simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Lichinkasi tanasining ikki yonida traxeya jabralari bo'ladi. Lichinkalar juda ko'p (25 martagacha) tullab, qanotii subimago davriga aylanadi va suvdan uchib chiqadi. Subimago bir necha minut o'tgandan so‘ng yana tullab, haqiqiy imago davriga aylanadi. Kunliklaming lichinkalari suv hayvonlari uchun oziq bo‘ladi. 1600 ga yaqin turi ma’lum. Oddiy kunlik Ephemera vulgata keng tarqalgan.