Transportning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni


Transport tarmoqlarining joylashish va rivojlanishga ta’sir qiluvchi omillar



Download 101,47 Kb.
bet8/12
Sana07.09.2021
Hajmi101,47 Kb.
#167281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs iwi Transport 2021

Transport tarmoqlarining joylashish va rivojlanishga ta’sir qiluvchi omillar

Transportning asosiy vazifasi keng aholi ommasi hamda milliy iqtisodiyot korxona va tashkilotlarining transport xizmatiga bo’lgan barcha talab - ehtiyojlarini to’la va yuqori sifat bilan qondirishdan iborat.

O’zbekistonning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va uning jahon uyushmasiga kirib borishi uchun mukammal transport tizimiga ega bo’lish kerak. Turli xil transport vositalari sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni istemolchilarga o’z vaqtida, isrof qilmasdan etkazishda faol ishtirok etadi. Aholini bir manzildan ikkinchi bir manzilga etkazishda ham transportning ahamiyati kattadir.

Transport ishlab chiqarish tizimida muhim o’rin tutishi bilan birga u har qanday hudud xo’jaligi majmuasining zaruriy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Uning rivoji tufayli hududlarni iqtisodiy jihatdan ixtisoslashtirish mumkin.

Transport infrastrukturasi va yo’l tarmoqlarining samarali rivojlanishi kadrlarning qishloqlarda mustahkam o’rnashib qolishiga, mehnat resurslaridan unumli foydalanish imkonini yaratadi.

Respublika geosiyosiy mavqeini yaxshilash eng avvalo transport to’ri va kommunikatsiyalarga bog’liq. Bu haqda I.Karimov «Kommunikatsiyalar tizimi haqida gapirganda O’zbekiston geografik mavqeining o’ziga xosligi, portlarga va eng katta transport uzellariga chiqish yo’lining yo’qligi tufayli transport tarmoqlari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari ustuvor, strategik, hayotiy muhim ahamiyat kasb etishini ta’minlamoq darkor», degan edi.

Mamlakat transport tarmog’i temir yo’l, avtomobil, aviatsiya, quvurlar va daryo suv yo’llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida Respublikada har yili xalq xo’jaligi uchun zarur bo’ladigan turli - tuman yuklar va yo’lovchilar tashiladi.

O’zbekistonda mavjud bo’lgan transport turlari orasida etakchi va muhim o’rinni temir yo’llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklarning 66 foiziga yaqini transportning ana shu tarmog’i zimmasiga tushadi va bu transport mamlakat transport tizimining negizini tashkil etadi.

Ort va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 foizi ham temir yo’l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo’l yordamida 1999 yil tashilgan yo’lovchilar soni 13,3 million kishini tashkil etgna.

Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan va bozor munosabatlariga o’tilayotgan hozirgi murakkab sharoitda ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va mamlakat hududlarining samara bilan ishlashi ko’p jihatdan temir yo’llarining qay darajada faoliyat ko’rsatishga bevosita bog’liq. Yuklarning temir yo’llar yordamida va iloji boricha arzon tashilishi iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

II. O’zbekiston transport turalri. O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar tashuvchi transportning barcha turi temir yo’l, Avtomobil, havo, shahar elektr transporti (Tramvay, trollebus, metropoliten) suv (daryo) quvur trans, shuningdek umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti - temir yo’l Avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan. 1920 - 91 yillarda Respublika transportning asosiy turlari sobiq ittifoqning markaziy vazirliklariga yoki ylarning O’rta Osiyo, O’zbekiston bo’yicha hududiy boshqarmalariga bo’ysungan: temir yo’l transportiga O’rta osiyo temir yo’l boshqarmasi, suv transportiga O’rta Osiyo davlat paroxodchiligi boshqarmasi havo transportiga ittifoq fuqoro aviatsii, vazirligining O’zbekiston fuqoro aviatsiya boshqarmasi, umumiy foydalanishdagi Avtomobil transportiga O’zbekiston SSR Avtomobil transporti vazirligi rahbarlik qilgan.

Temir yo’l transporti. Temir yo’l transportining boshqa transport turlariga nisbatan yana bir afzalligi shundan iboratki, bu transport atrof muhitga kam zarar etkazadi, uning yuk va yo’lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo’lib, ob - havo injiqliklari bilan deyarli bog’liq emas va muntazam ravishda harakatda bo’ladi. Bu bilan u avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq qiladi.

O’zbekistonda temir yo’llar qurish o’zining ma’lum tarixiga ega. Mamlakat hududida birinchi temir yo’l 1999 yilda Farob stantsiyasidan Samarqand shahrigacha qurilgan bo’lib, u Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk shahri) - Chorjuy teminr yo’l tarmogining davomi edi. Uning qurilishi keyinchalik davom ettirilib, 1899 yili Andijon va Toshkent shaxrigacha etkazilgan edi.

Ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan davrda ham mamalakat hududida qator temir yo’l tarmoqlari qurilgan. Ularga Farg’ona - Quvasoy, Asaka - Shahrixon, Qorasuv - O’sh, Uchqurg’on - Toshko’mir, Andijon - Tentaksoy kabilar kiradi.

O’rta Osiyoning, shu jumladan, O’zbekistonning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida 30 - yillarda qurilgan, uzunligi 1400 km dan ziyod bo’lgan Turksib (Turkiston - Sibir) temir yo’l magistralining bunyod etilishi o’z davrida muhim hamiyatga ega bo’ladi.

Ikkinchi jahon urushining og’ir yillarida temir yo’llar qurilishi va ishga tushirilishi muhim ishlarni bajarish imkoniyatini berdi. Dushman egallab olgan joylardan unlab sanoat korxonalarini Respublikamizga ko’chirib kelinishi, urushga jalb qilinganlarni qurol - yarog’lar, turli oziq - ovqat mahsulotlari, kiyim- kechak va boshqa yuklarni etkazishda temir yo’l transporti katta xizmat qildi. Ana shu davrda temir yo’l tarmoqlarini bevosita sanoat korxonalariga yaqinlashtirish muhim edi. Masalan, yirik Angren ko’mir havzasiga temir yo’l tarmog’i o’tkazildi. Chirchiq shahridagi o’z davri uchun ulkan bo’lgan va keyinchalik yirik kimyo korxonasiga aylangan elektrokimyo kombinatiga yo’llar qurildi.

Urush tugab tinch davr boshlangan yillarda mamlakatning mavjud temir yo’llarini qaytadan tiklash va yangi temir yo’l tarmoqlarini qurish, zarur texnika bilan ta’minlash evaziga transportning bu turi rivojlandi. Chunonchi, urushdan keyingi yillarda Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Amudaryoning quyi qismida qo’riq erlarni o’zlashtirish bo’yicha katta ishlar olib borildi.

O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy - iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir muhim qismi bo’lgan tutadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo’q. Qisqa masofalarga yuk va yo’lrvchilarni tashish, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo’lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko’rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo’lgan tog’li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir.

O’zbekiston hududida avtomobil yo’llari tarmog’i ancha keng. Har 1000 km maydonga avtomobil yo’llari xalqaro va davlat ahamiyatiga ega.

Avtomobil transporti O’zbekistonda tez rivojlanmoqda. Bu transport asosan Respublika rayonlararo va xo’jaliklararo yuklarni tashishida muhim ro’l o’ynaydi.

Keyingi yillarda Hamdo’stlik mamlakatlari va boshqa xalqaro xalq xo’jalik yuklarini tashishda uning ahamiyati oshib bormoqda. Avtomobil transporti ayniqsa, temir yo’l bo’lmagan cho’l, adir va tog’li joylarda asosiy transport vositasidir.

Bir qancha beton yo’llar - Toshkent - Olmaliq yo’li, Katta O’zbekiston trakti, Farg’ona xalqa yo’li, zarafshon va Qoraqalpog’iston tarktlari va boshqa yo’llar qurildi.

Hozir Respublikada 70 ga yaqin avtobus va taksomotor sayorlari barpo etilgan, ular zamonaviy texnika bilan ta’minlangan.

Respublikamizda “O’rta Osiyo trans” avtomobil firmasining tashkil etilganligi O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga o’tganligining belgilaridan biridir.

Aviakompaniya xorijiy sarmoyalarni jalb qilish hisobidan samolyot - motor parkini modernizatsiya qildi. Bugungi kunda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasi “Boing - 767 - 300 ER” va “Boing - 757 - 200”, Yevropada ishlab chiqarilgan “A - 310” va “RJ - 85” zamonaviy havo kemalariga ega. Ular xorijiy mamalakatlarga, shuningdek, respublikamiz ichidagi yo’nalishlarda parvozlarni amalga oshirmoqda. Hozir ularning safiga «V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat aktsiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan o’rta masofaga uchuvchi “Il - 114 - 100” hamda yuk tashuvchi «It - 76» samolyotlari qo’shildi. Shu tariqa tijorat yuklarini tashish va parvozlar olisligi o’rtasidagi maqbul nisbatga, yoqilg’idan samarali foydalanishga, qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashga erishildi.

Yangi turdagi samolyotlardan foydalanish yerdagi texnika bazasini yangilashni taqozo etdi. Hukumat dasturiga muvofiq poytaxtimiz va qator viloyat markazlaridagi aeroportlar to’liq modernizatsiya qilindi. «Toshkent» aeroportidan tashqari, milliy aviakompaniya tarkibiga kiradigan 12 ta aeroportdan mamalakatimiz sayyohlik va sanoatlashgan markazlarida joylashgan «Samarqand», «Buxoro», «Urganch», «Termiz», «Navoiy» aeroportlari xalqaro maqomga ega bo’ldi. Bu aeroportlarda uchish - qo’nish yo’laklari va terminallar rekonstruktsiya qilingach, ular barcha turdagi zamonaviy laynerlarni qabul qilmoqda.

Poytaxtimizdagi «Toshkent» aeroporti haqli ravishda Markaziy Osiyodagi eng tsirik aeroport hisoblanadi. Aeroport IKAO standartlariga muvofiq rekonstruktsiya qilindi. Uni zamonaviy texnika bilan jihozlash davom etmoqda. Mamlakatimizning salohiyati va nufuzini ko’rsatadigan tranzit zali yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash maqsadida modernizatsiya qilindi.

Mustaqil Respublika transporti haqida so’z yuritilganda havo transportining mohiyati tobora ortib borayotganini ham ko’rsatib o’tish lozim. Transportning bux ili o’z ishini birinchi marta 1924 yili boshlagan edi. O’sha yilning 12 may kuni Toshkent - Bishkek - Olmaota shaharlari orasida havo transporti aloqasi yo’lga qo’yilgan edi. Ana shundan beri o’tgan davr ichida transportning bux ili tez rivojlanib ketdi. Hozir havo transporti orqali asosan yo’lovchilar tashiladi. Shu bilan birga bir manzildan ikkinchi bir manzilga tez et kazish zarur bo’lgan yuklarni, ayniqsa tez buziladigan yuklarni ham tashishda havo transportidan foydalaniladi.

1993 yili «O’zbekiston havo yo’llari» Milliy avia kompaniyasi tashkil topishi havo yo’li transporti taraqqiyoti sohasida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. Bu kompaniya xizmati tufayli Toshkentdan Nyu - York, London, Tokio, Pekin, parij, Istambul, Dehli, Tel - Aviv, Seul, Kuala - Lumpur, Jidda, Urumchi kabi jahonning ko’pgina shaharlari bilan havo transporti qatnovi amalga oshirilmoqda. Keyinchalik Toshkentdan samolyotlar qatnaydigan manzillar ro’yxati yanada kengayishiga shubha yo’q.

«O’zbekiston havo yo’llari» aviakompaniyasi bilan AQShning «Boing» kompaniyasi o’rtasida imzolangan shartnomaga ko’ra 1996 yil avgust oyidan boshlab Toshkent bilan jahonning qator shaharlari, jumladan Nyu - York, Afina, Jakarta, Singapur kabi shaharlar orasida «Boing» samolyotlari uchishi yo’lga qo’yildi.

O’zbekiston iqtisodiyotning rivojlanishida va iqtisodiy aloqalarning o’sishida havo transportining ro’li oshib bormoqda.

Respublikamiz endilikda Hamdo’stlikning 1000 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlari, shu jumladan, uning barcha poytaxtlari bilan havo transporti orqali bog’langan. Toshkent aeroporti Sharqning xalqaro havo darvozalaridan biridir.

Nukus, Termiz, Jizzax, Qarshi, Andijon va Namangan shaharlarida zamonaviy aeroportlar qurildi. Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlaridagi aeroportlar xalqaro talabga javob beradigan ravishda qayta ta’mirlandi.

Toshkent aeroporti passajirlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan zamonaviy yirik aeroportlardan biridir. Toshkentdan dunyoning ko’pgina mamlakatlariga samoltlar parvoz qiladi.

Samolyot parvoz qilish uchun uchish yo’lagiga keldi. Bir necha daqiqadan so’ng O’zbekiston milliy bayrog’i ranglari bilan bezatilgan ulkan qanotli mashina shiddat bilan falakka ko’tarildi. Uning yon tomonidagi UZBEKISTON yozuvi ancha vaqtgacha yarqirab ko’rinib turdi.

Bugun «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasining havo kemalari dunyoning o’nlab shaharlariga parvoz qilmoqda, mustaqil O’zbekistonimizning dovrug’ini yoymoqda. Yer sharining turli qit’alaridan ming - minglab yo’lovchilar keladigan turli aeroport va aerovokzallarda fuqarolarimiz davlatimiz ramzi va aviakompaniya belgisi tushirilgan zamonaviy samolyotlarning savlat to’kib turganiga faxr bilan qarashadi. Bu mustaqilligimizning yorqin samaralaridandir.

«O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasida qo’qga kiritilgan yutuqlar misolida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarni tasavvur etish mmkin. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1992 yil 28 yanvarda «O’zbekiston havo yo’llari» milliy aviakompaniyasini tashkil etish to’g’risidagi farmonga imzo chekdi. Mustaqillikka erishgan mamlakatimiz IKAO - Xalqaro fuqora aviatsiyasi tashkilotining teng huquqli a’zosi bo’ldi, Milliy aviakompaniyamiz esa IATA - Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasida ro’yxatga olindi.

Bugun «O’zbekiston h’avo yo’llari» milliy aviakompaniyasi o’z mijozlariga yurtimizning barcha yirik shah’arlari va 45 dan ortiq xalqaro yo’nalish bo’yicha parvozlarni taklif etmoqda. Yevropa, Osiyo, Amerika, MDHning 40 dan ziyod shah’arlarida milliy aviakompaniyamiz vakolatxonasi ochilgan, o’nlab kompaniya va firmalar bilan h’amkorlik yo’lga qo’yilgan. Har kuni o’nlab parvozlar amalga oshirilmoqda, bir yilda qariyb 2 million nafar yo’lovchi tashilmoqda.



  1. Download 101,47 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish