2.Pnevmatik uskunalarni hisoblash nazariyasi.
Pnevmatik uskunalarni
tanlashda uning asosiy parametrlari: eltib berayotgan yuk bilan xavo
aralashmasining konsentratsiya massasini, aeroaralashmaning xarakat tezligini,
xavoning zaruriy mikdorini, ishchi va xam kuvur o‘tkazgichlarini diametrini,
vakuum nasos yoki kompressor dvigatelining zaruriyatli kuvvatini hisoblash lozim
bo‘ladi. Buning uchun esa pnevmatik uskunani unumdorligini, yukning fizikaviy
va kimyoviy xususiyatini, yukni eltib berish yo‘li trassasining va kuvur o‘tkazgich
konfiguratsiyasini xamda tirsak, tamba va yo‘nalishni o‘zgartiruvchi asboblardan
joylashishini anik tasavvur kilish lozim bo‘ladi. Pnevmatik uskunaning texnik
unumdorligini kuyidagi formula yordamida aniklash mumkin:
(4.1)
bu erda, - aeroaralashmaning konsentratsiya massa koeffitsienti (muayyan vakt
ichida eltib berilgan yuk massasini sarflangan xavo massasiga nisbati;
- xavo sarfi, m3;
- xavonining xajmiy massasi, (Yx - 0,0012) t/m3:
Agar pnevmatik uskunaning unumdorligi berilgan bo‘lsa (4.1) formula
yordamida aeroaralashmaning konsentratsiya massa koeffitsientini muayyan xavo
sarfi uchun aniklash mumkin bo‘ladi:
(4.2)
SHuni nazarda tutish kerakki, turli yuklar uchun µ ni kiymati keskin
o‘zgarib turadi: sement va ko‘mir changi uchun 20 dan 100 gacha; bug‘doy uchun
5 dan 25 gacha; kum uchun esa 3 dan 20 gacha kiymatlarga teng bo‘lishi mumkin.
SHuningdek, µ ni kiymati eltib berish masofasiga, yukning ko‘tarish balandligiga,
sochiluvchanligiga va zichlashib kotib kolish darajasiga, namligiga va boshka
omillarga xam bog‘lik bo‘ladi.
Aeroaralashmaning konsentratsiya massa koeffitsienti bosimga bog‘lik
bo‘lib, yukni eltib berish masofasi va ko‘tarish balandligini ko‘payishi (oshishi)
bilan uning kiymati kamayadi, bu esa pnevmatik uskunaning energiya sig‘imi
(energoyomkost) ko‘payishiga, ya’ni 1 t yukni eltib berish uchun ko‘prok energiya
sarf bo‘lishiga olib keladi. Aeroaralashmaning konsentratsiya massa koeffitsientini
ko‘payishi esa xavo sarfini kamayishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun bu
koeffitsitent kiymatini katta bo‘lishi ijobiy natijalarga olib kelsada, ammo uni
xaddan ziyod katta bo‘lishi kuvur o‘tkazgich ichida aeroaralashmani zichlashib
tikilib kolishiga, bu esa o‘z navbatida pnevmatik uskunani mo‘tadil ishlashining
buzilishiga olib keladi.
Talay ilmiy izlanishlar amalga oshirilishiga karamay ishchi kuvur o‘tkazgich
ichidagi aeroaralashmaning xarakat tezligini nazariy jixatdan aniklash mushkulrok,
chunki unga ta’sir etuvchi: yuk zarrachalarining o‘lchami va ularning shakli, ishchi
kuvur o‘tkazgich ichidagi yuk konsentratsiyasini darajasi, eltib berish yo‘l trassasi
va boshka omillar anchagina. SHuning uchun amaliy maksadlarda pnevmatik
113
uskunalarni tanlashda tajriba dalil (ma’lumot)laridan foydalaniladi. Bir jinsli
(tekis) sochiluvchan yukni zarrachalarini xavo bilan o‘rab (burab) olish tezligi,
ya’ni vertikal kuvur o‘tkazgich ichida yuk zarrachalarini mu’allak xolatini
ta’minlaydigan ko‘tarilayotgan xavo okimining eng kam tezligi:
(4.3)
bu erda: - yukni zarrachalarini shaklga bog‘lik bo‘lgan koeffitsient: shar uchun-1;
dumalok shakl uchun-0,67; tuxumsimon (oval) shakl uchun-0,57 va
plastinkasimon shakl uchun-0,45 kiymatlar kabul kilinadi;
- yuk zarrachasi xajmiga teng bo‘lgan sharning diametri, m;
- yukning xajmiy massasi, kg/m3;
- xavoning xajmiy massasi (so‘rib oluvchi pnevmatik uskunalar uchun =
0,8+0,95 kg/m3, xaydovchi pnevmatik moslamalar uchun yx = 1,6 +2
kg).
YUk zarrachalarini xavo bilan o‘rab olish o‘rtacha tezligi: sement uchun-8,
bug‘doy uchun-8÷10, mayda kukunsimon ko‘mir uchun-11 va kum uchun-20
m/sek.
Xavo sarfini kuyidagi formula orkali aniklash mumkin:
(4.4)
bu erda: - xavo o‘tkazgichda, ta’minlash kamerasida va x.k. asboblarning zich
bo‘lmagan joylari orkali xavo yo‘kolishini inobatga oluvchi koeffitsient (kz =
1,1÷1,15);
- xavoning ishchi tezligi, m/s;
- kuvur o‘tkazgichning ichki diametri, m.
(4.4) formulaga Vx ni kiymatini ko‘yib kuvur o‘tkazgichni ichki diametrini
topamiz.
(4.5)
Kuvur o‘tkazgichning ichki diametri pnevmatik uskuna turiga va ishchi
bosimning kiymatiga muvofik 75 mm dan 300 mm gacha kabul kilinadi.
Pnevmatik uskuna xavo nasosining kuvvati kuyidagi formula orkali
aniklanadi:
(4.6)
bu erda: - 1 ni yuzaga to‘g‘ri keladigan bosim,
bu erda: - so‘rib oluvchi pnevmatik moslamaning soplosidagi zaruriy vakuum yoki
kuvur o‘tkazgich ichiga yukni kirishdagi yo‘kotish:
- diametri D m li kuvur o‘tkazgichda gorizontal masofaga va l m balandlikka yukni
va xavoni eltib berishdagi yo‘kotish:
- yukni va xavoni vertikal ko‘tarishdagi yo‘kotish:
- tirsaklardagi yoki ajratgichlardagi o‘rtacha yo‘kotish:
114
- bo‘shatgichdagi yo‘kotish (Xb = 2 kPa);
- filtrdagi yo‘kotish (Xf= 1 kPa) 1,25 - inobatga olinmagan yo‘kotishlar
koeffitsienti;
- xavoni ishchi tezligiga bog‘lik bo‘lgan koeffitsient.
Xavoni ishchi tezligi 15; 20 va 25 m/sek bo‘lganida muvofik ravishda k ni
0,46; 0,33 va 0,24 kiymatlarda kabul kilinadi.
Dvigatelning zaruriy kuvvati kuyidagi formula yordamida aniklanadi:
(4.7)
bu erda: - xavo nasosining foydali ish koeffitsienti.
Do'stlaringiz bilan baham: |