№5 laboratoriya
Mavzu: TESTLOVCHI DASTURLARNI O‘RNATISH VA ISHLATISH
Ishdan maqsad
: qattiq disdagi ma’lumotlarni tiklash imkonini beradigan dasturlar bilan
tanishish.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
1.
R-Studio
dasturi orqali fayllarni qayta tiklash.
2.
Easy Recovery
dasturi orqali fayllarni qayta tiklash.
3. XPTweaker dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish.
4.PCWizard dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish.
5.CPU-Z dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish.
6.HWMonitor dasturining vazifalari va tuzilishini o‘rganish.
7.
Tweak XR
dasturi orqali tizimni sozlash.
8.
X-Setup
dasturi orqali tizimni sozlash.
Qisqacha tushuntirish
Agar qattiq diskga shikast yetsa undagi barcha ma’lumotlar yo‘qolishi mumkin.
Zaxirali nusxalash doimo qo‘llanib turilsa ma’lumot yo‘qolishini oldini kariyb yuz foizga oladi.
Shu kunga qadar biz fayllarning tiklashni
faqat bitta usuli bilan, ya’ni ularni
WINDOWS savatchasidan tiklash yo‘lini bilardik. Savatcha
haqiqatdan ham bebaho va
tengsizdir (ayniqsa savatcha Norton SystemWorks komplektidagi himoyalangan savatcha
bo‘lsa). Agar siz faylni o‘z qo‘lingiz bilan o‘chirib savatchaga yuborgan bo‘lsangiz va sanoqli
soniyalardan so‘ng qilgan ishingizdan afsuslansangiz – bu faylni qayta tiklash hech qanday
muammosiz amalga oshiriladi, lekin siz savatchani tozalab bo‘lgan bo‘lsangiz hech
nimani
tiklab bo‘lmaydi.
Ba’zida bundan ham jiddiy holatlar yuz beradi. Masalan, siz juda muhim ma’lumot
bo‘lgan vinchestrni formatlab yubordingiz. Bunday holatdan chiqib ketishning iloji
bormi? - Ha, ma’lumotlarni qayta tiklash imkoniyati mavjud.
Keling bizning vinchesterimizni tuzilishi qanday ekanligini bir eslaylik. Vinchester
bizning ma’lumotlarimizni kandaydir tartibda joylashgan magnit katakchali uychalardan
iboratdir. Harbir uya va unda yashovchilar haqidagi ma’lumotlar o‘ziga
xos uy ki
tobida – fayllarni joylashtirish jadvali (FAT) da saqlanadi va xuddi shu yerga siz
tomondan qilgan barcha o‘zgartirishlar kiritiladi. Qandaydir hujjat o‘chirilsa
tizim darhol bu
haqida FAT ga falon raqamli yashovchi falon raqamli uyani bo‘shatdi deb xabar jo‘natadi.
Aslida esa yashovchi bunda hech kaerga yo‘qolmaydi, faqat sistema u tomonidan band
kilingan katakchani bo‘sh deb hisoblaydi va zarur bo‘lsa u yerga boshqa faylni joylashtiradi.
Bu ish amalga oshirilgunga qadar FAT ko‘rsatgichlariga butun diskni skanerlaydigan
va o‘chirilgan, lekin hali tirik “ko‘rinmas ” fayllarni topadigan
dasturlar yordamida
yo‘qolgan fayllarni aniqlaydi. Shundan so‘ng dastur aniqlangan fayllar ro‘yxatini beradi. Siz
bu fayllarini boshqa diskga nusxalashingiz mumkin.