Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion


 Yonilg‘ilarning yonish jarayoniga ta’sir etuvchi



Download 13,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana01.05.2023
Hajmi13,89 Kb.
#933933
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
Transport vositasida ishlat.ekspl.materiallar Z.X.Alimova 2011

2.3. Yonilg‘ilarning yonish jarayoniga ta’sir etuvchi 
xossalari
Yonish protsessi juda murakkab bo‘lib, keng tarqalganligiga 
qaramasdan, kam o‘rganilgan. Har qanday yonilg‘i yonishi natija­
sida karbonat angidrid C 0
2
С + 0
2
= C 0 2; 
suv bug‘lari H20
2H
2
+ 0
2
= 2H20 ;
va oltingugurt oksidi S 0
2
(agar yonilg‘ida oltingugurt bo‘lsa): 
S+ 0
2
= S 0
2
hosil bo'ladi.
Lekin bular hosil 
bo‘lguniga qadar yonilg‘ida ancha 
o‘zgarishlar bo‘ladi, chunonchi uning molekulalaridagi bog‘lanishlar 
uziladi, atomlaming holati o‘zgaradi, har xil bo‘g‘ va gazlar ajralib


chiqadi. Bu bug‘ va gazlar kislorod bilan biiikkanda alanga hosil 
qiladi.
Yonilg‘i qoldig‘i alangasiz yonib tugaydi. Yonish protsessida 
gazlarning harorati 1500-2400 °C gayetadi.
Ma’lumki zamonaviy benzinli dvigatellarda yonilg‘i silindrlar- 
ning yonish kamerasiga karbyurator vositasida yoki purkash tizimi 
yordamida uzatiladi.
Karbyurator yordamida yonilg‘i uzatish usuli quyidagi kamchi- 
liklarga ega:
>
Kiritish kollektorida turli silindrlargacha bo‘lgan masofa 
har xil. Buning natijasida dvigatelning silindrlariga uzatilgan yonilg‘i 
miqdori bir xil bo‘lmaydi. Bu esa dvigatelning tejamkorligini 
pasayishi, chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni ortishiga olib ke­
ladi.
>
Karbyuratorda yonilg‘i so‘rilayotgan havo oqimi ichida 
maydalanadi. Bunda havo yaxshi parchalanmaydi va benzinning 
nisbatan yirik (100-120 mkm) tomchilari hosil bo‘ladi. Bu havo va 
benzinni yaxshi aralashmasligiga, bir qism yonilg‘ini silindr devor- 
larida qolib ketishiga olib keladi. Bu esa dvigatelning tejamkorligiga 
salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Yonilg‘i purkash tizimi ishlatilganda esa, ya’ni injektomi ka- 
librlangan teshigidan yonilg'i majburiy bosim ostida purkalganda 
yonilg‘i tomchilari ancha kichik bo'ladi. Markaziy forsunkadanl,l bar 
bosim bilan purkalganda yonilg‘i tomchisming diametri 50...60 mkm 
dan oshmaydi. Ayniqsa benzinni kattaroq bosim ostida tor dasta 
shaklida purkalishi yaxshi natija beradi ( 2.4-rasm).
Purkalgan yonilg'i tomchilari diametri 10-15 mkm doirasida 
boisa, u xolda benzinni havo bilan aralashishi molekulyar darajada 
sodir bo‘ladi. Bunday aralashmani dvigatelning barcha ish rejimlarida 
silindrlarga uzatilayotgan (ya’ni purkalanayotgan) miqdorini juda 
katta aniqlik bilan ulushlash mumkin. Bu esa o‘z navbatida ichki 
yonuv dvigatellarining tejamkorligini oshirish, 
quw atini oshirish, 
chiqindi gazlardagi zaharli moddalar miqdorini kamaytirish imkonini 
beradi.



Download 13,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish