Dissertatsiya mavzusini ta’lim yo’nalishi bilan bog‘liqligi Intellektual transport tizimlari (ITT, inglizcha intelligent transportation system) – bu murakkab muhandislik tuzilmalarini, transport tizimlarini modellashtirish va transport oqimini boshqarishda innovatsion yondoshuv o’rganuvchi yo’nalishdir. ITT transport tarmog’idan maksimal foydalanishni, transport jarayoni samaradorligi va xavfsizligini oshirishni, transportdan foydalanuvchilar va haydovchilar uchun qulaylik darajasini yaxshilashni hamda shoshilinch tibbiy yordamga tezkor murojaatni ta’minlaydi. Natijada iste’molchilarga katta hajmda axborotchanlik va xavfsizlik taqdim etiladi, hamda harakat ishtirokchilarining o’zaro ta’sir darajasi sifatini oshirish imkonini beradi. ITT bitiruvchilari ushbu ko‘nikmalarni egallovchi va shu sohaga tegishli mavzularni tadqiq etuvchi muhandislardir.
Aqlli shaharlarda transport harakatini boshqarishning o‘ziga xosligi bu talab va majburiyatdir. Chunki ushbu tizimlar uchun maxsus sharoit bo‘lmasa buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Dastavval ushbu tizimni yaratish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 6-mart “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ – 3589 sonli qaroriga asosan mamlakatimizda avtomobil transport tizimini boshqarishda intellektual transport tizimlarini joriy etish va ularni samarali qo’llash, jumladan shahar jamoat transportlarida xizmat ko’rsatishning zamonaviy ya’ni raqamli tizimlarini qo’llash xususidagi masalalar ko’rsatilgan. Ushbu qarorning beshinchi chora-tadbiri sifatida avtomobil transportini boshqarish tizimiga intellektual transport tizimi innovatsiya loyihalarining zarur elementlarini joriy etishni nazarda tutuvchi, umumiy qiymati taxminan 90 milliard so‘mni tashkil etuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish belgilangan.
VMning 18.01.2018 yildagi 48-son qaroriga asosan «Aqlli shahar» teхnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va 2019–2021 yillarda uni amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida quyidagi «aqlli» tizimlar: transport, ta’lim, tibbiyot, energetika tizimi, suv ta’minoti va oqava suv, UKX, qurilish, uy, hokimiyat, mahalla tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
«Aqlli shahar» teхnologiyalari, shu jumladan raqamli infratuzilmani joriy etishning samarali hamda huquqiy-me’yoriy, tashkiliy va institutsional asoslarini yaratish;
aqlli хizmatlarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish meхanizmlarini yaratish;
aqlli хizmatlarni ishlab chiqish va joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini shakllantirish;
хizmatlar koʻrsatish sifatini va aholi turmush darajasini oshirish;
shaharlarning muhandislik-kommunikatsiya holati bilan bogʻliq muammolarni hal qilish, ishga yaroqsiz va ma’nan eskirgan shahar infratuzilmasini yangilash;
AKTni ta’minlash uchun hamda Internet tarmogʻiga kirish va uning tezligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish tizimini shakllantirish;
shahar aholisi bilan shaharlarda хizmat koʻrsatish tizimini baholash va shaharlar rivojlanishining barcha sohalarida tajriba almashish yuzasidan aloqa oʻrnatilishini ta’minlovchi «Aqlli shahar» platformasini yaratish;
raqamli teхnologiyalardan foydalangan holda shaharlarni oʻrganish tizimini rivojlantirish, shu jumladan sayyohlarga ochiq ma’lumotlar bazasini taqdim etish, raqamli teхnologiyalar tizimini qayta ishlab chiqish va joriy etishni jadallashtirish;
eng talabgor «Aqlli shahar» teхnologiyalarini respublikaning barcha shaharlarida joriy etishni keng qamrovli rejalashtirish ishlarini bajarish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.01.2019 yildan kuchga kirgan.
Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston avtomobil agentligi O‘zbekiston Respublikasin egizida Transport vazirligi tashkil etildi.
Aqlli shaharlarni tashkil etish bo‘yicha davlat buyurtmalari amalga oshirildi. Jumladan Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida O‘zbekistondagi ilk “Smart City” (“aqlli shahar”) qurilishi uchun Toshkent yo‘li ko‘chasida 213 ta ob’ekt buzilib, joy egalariga mahalliy budjet hisobidan 24,5 milliard so‘m tovon puli to‘lab berilgan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berib o‘tkan. Bu O‘zbekistonning birinchi “Aqlli shahar” loyihasi ichida amalga oshirilgan ishlar. Ushbu maqola kun.uz saytida 23.06.2020 kuni soat 20:14da e’lon qilingan.