Hozirgi zamon jahon avtomobil transportida avtomobillarga TX ko‘rsatish va ularni ta`mirlashning rejali oldini olish tizimi qo‘llanib kelinmoqda. Uning mohiyati shundan iboratki, avtomobillarda to‘satdan, kutilmaganda nosozliklar, buzilishlar sodir bo‘lishi hollarining oldini olish uchun ularda Ma`lum masofa yo‘l bosganlaridan so‘ng ilgaridan belgilanib, rejalashtirilib qo‘yilgan profilaktik ishlar bajariladi. CHunonchi, yuvish-tozalash, nazorat-qarov, diagnostika, moylash, qotirish va sozlash kabi ishlardir. Bu ishlar TXK ishlari guruhini tashkil etadi. Ikkinchi guruh ishlari-echish, qismlarga ajratish va yig‘ish, sozlash, rostlash, ishdan chiqqan detal va qismlarni almashtirish, yoki ishlash qobiliyatini tiklashdir. - Hozirgi zamon jahon avtomobil transportida avtomobillarga TX ko‘rsatish va ularni ta`mirlashning rejali oldini olish tizimi qo‘llanib kelinmoqda. Uning mohiyati shundan iboratki, avtomobillarda to‘satdan, kutilmaganda nosozliklar, buzilishlar sodir bo‘lishi hollarining oldini olish uchun ularda Ma`lum masofa yo‘l bosganlaridan so‘ng ilgaridan belgilanib, rejalashtirilib qo‘yilgan profilaktik ishlar bajariladi. CHunonchi, yuvish-tozalash, nazorat-qarov, diagnostika, moylash, qotirish va sozlash kabi ishlardir. Bu ishlar TXK ishlari guruhini tashkil etadi. Ikkinchi guruh ishlari-echish, qismlarga ajratish va yig‘ish, sozlash, rostlash, ishdan chiqqan detal va qismlarni almashtirish, yoki ishlash qobiliyatini tiklashdir.
- Korxonalardagi ishchi postlari soni va ixtisoslashganligiga qarab maxsus ishlab chiqilgan texnologik jihozlar va maxsus asboblar tabeliga asosan jihozlanadi. Tabelda stantsiyaning quvvatiga qarab har bir kerakli texnologik jihozning nomi va soni ko‘rsatiladi.
- Avtoservis korxonalarida ishlatiladigan texnologik jihozlar o‘zining qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘tarish-qo‘rish, ko‘tarish-tashish avtomobillarga TXKvaJT uchun maxsuslashtirilgan turkumlarga bo‘linadi.
Servis daftarchalari. Yengil avtomobillar uchun avtomobilsozlik kompaniyalari TX ishlarining nomi, hajmi va davriyligi (ya`ni rejimini) maxsus servis daftarchalarida (SD) keltiradi. SDlari avtomobilni sotib olishda har bir mijozga taqdim etiladi. SD larida avtomobillardan foydalanish boshlanishidan boshlab uning kamida 5-6 yil davomidagi bosib o‘tadigan yo‘lida bajarilishi mo‘jjallangan TX ishlarining nomlari keltiriladi. TX larning davriyligi va har bir TX da bajariladigan ishlar SDning talonlarida keltiriladi. Masalan, “GM-Uzbekistan” kompaniyasi avtomobillari SD sotish oldi va 24 ta talonlarni o‘z ichiga oladi va 242,5 ming km bosadigan yo‘lga mo‘jjallangan. 1-sonli talon bilan bajariladigan ishlar avtomobilning 2,5-3,5 ming km yo‘l bosgandan so‘ng, 2-sonli talon va barcha keyingilari har bir 10 ming km yo‘l bosilgandan so‘ng bajariladi. Har bir talonga tegishli xizmatdan o‘tilganda talonga xizmat o‘tilgan vaqti va bosilgan yo‘l yozib qo‘yiladi. - Servis daftarchalari. Yengil avtomobillar uchun avtomobilsozlik kompaniyalari TX ishlarining nomi, hajmi va davriyligi (ya`ni rejimini) maxsus servis daftarchalarida (SD) keltiradi. SDlari avtomobilni sotib olishda har bir mijozga taqdim etiladi. SD larida avtomobillardan foydalanish boshlanishidan boshlab uning kamida 5-6 yil davomidagi bosib o‘tadigan yo‘lida bajarilishi mo‘jjallangan TX ishlarining nomlari keltiriladi. TX larning davriyligi va har bir TX da bajariladigan ishlar SDning talonlarida keltiriladi. Masalan, “GM-Uzbekistan” kompaniyasi avtomobillari SD sotish oldi va 24 ta talonlarni o‘z ichiga oladi va 242,5 ming km bosadigan yo‘lga mo‘jjallangan. 1-sonli talon bilan bajariladigan ishlar avtomobilning 2,5-3,5 ming km yo‘l bosgandan so‘ng, 2-sonli talon va barcha keyingilari har bir 10 ming km yo‘l bosilgandan so‘ng bajariladi. Har bir talonga tegishli xizmatdan o‘tilganda talonga xizmat o‘tilgan vaqti va bosilgan yo‘l yozib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |