“transport tizimlari va inshoatlari” kafedrasi “Qurilish materiallari va buyumlari”


-rasm . Beton qorishmasidan kub-namunalar



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/68
Sana12.06.2022
Hajmi3,34 Mb.
#658322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
Bog'liq
ҚМБ-2 курс 4-сем. Усл.кўрсатма

5-rasm
. Beton qorishmasidan kub-namunalar 
tayyorlash uchun qolip
Juda harakatchan (KCh < 12 sm) va qattiq 
qorishmalardan buyum tayyorlashda qolipga 
quyilgan qorishma tebratib zichlanadigan bo‘lsa, 
sinaladigan 
namunalarni 
tayyorlashda 
ham 
tebratish usuli qo‘llaniladi. Bunda qolipga 
normadan ko‘proq qorishma quyiladi, so‘ngra 
qolip titratadigan standart maydonchaga o‘rnatilib, 
qiskichlar 
(6-rasm)
bilan maxkamlab qo‘yiladi, titratgich va sekundomer ishga tushiriladi, 
maydonchaning titrash boshlagan vaqti qayd qilinadi. Qolipdagi qorishma butunlay 
zichlashgunga qadar maydoncha titratiladi; qorishmaning ortiqcha cho‘kmay qo‘yishi, 
yuzi tekislanishi va sement xamiri paydo bo‘lishi uning zichlashib bo‘lganligini bildiradi. 
Odatda ana shu vaqt 30 sekundga oshirilgan bikrlik ko‘rsatkichiga mos keladi.
6-rasm
. Qolipga quyilgan qorishma va qolip o‘rnatiladigan tebranma maydoncha 
Qattiqligi 20 sekunddan katta qorishmadan namunalar tayyorlashda quyishdan oldin 
qolipga avval uchlik biriktiriladi (uning balandligi qolip balandligiga teng), so‘ngra qolip 
tebranma maydonchaga o‘rnatilib, maxkamlanadi. Keyin qolipga qorishma quyiladi 
(qorishmaning satxi uchlikning yarim balandligiga yetib turishi lozim), korishma ustiga
yuk bostiriladi; yukning bosim kuchi buyum tayyorlash uchun qabul qilingan bosimga teng 
bo‘lishi, lekin kamida 0,001 MPa bo‘lishi kerak. Qolip qorishma ustidagi yukning 


cho‘kishi to‘xtagunga qadar, ya’ni 30—60 sekund davomida titratiladi. Shu muddat 
o‘tgandan so‘ng yuk ham, uchlik ham olinadi, qolipdagi ortiqcha qorishma sidirib 
tashlanadi, yuzasi tekislanadi. 
Qolipdagi qorishmalar keragicha zichlashgach, plyonka bilan yopiladi va qolip shu 
xolatda havosining harorati 20±2°S bo‘lgan xonada bir sutka saqlanadi. So‘ngra namunalar 
qolipdan chiqarib olinadi, tamg‘alanadi va harorati 20±2°S, namligi kamida 95% bo‘lgan 
kameraga joylanadi. Namunalar bu yerda normal sharoitda qotadi. Kamerada stellajlarga 
namunalar balandlik bo‘yicha bir qator qilib tizilishi va oralari ochiq qoldirilishp kerak. 
Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv purkab xo‘llash yaramaydi.
Agar temirbeton buyumlar qizdirib tayyorlanadigan bo‘lsa, ularning mustaxkamlik 
chegarasini aniqlashga mo‘ljallangan namunalar ham tayyorlash vaqtida shunday sharoitda 
qizdirilishi lozim; qolipdan chiqarib olingan tayyor namunalar sinovdan o‘tkazilguniga 
qadar normal sharoitda saqlanishi kerak.
Kub namunalarning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi quyidagicha aniqlanadi. 
Kamerada ho‘l xolatda saqlangan namunalar kameradan chiqarib olingach, sinchiklab 
ko‘zdan kechiriladi, tayanch yuzalaridagi notekisliklar egovlab yoki jilvirlab ketkaziladi, 
mayda-chuyda kovak-g‘ovaklar quyuq sement xamiri bilan suvab tekislanadi.
Shundan keyin namunaning sinash paytida qanday vaziyatni egallashi va qaysi 
tomonlari tayanchga tegib turish kerakligi aniqlanib, shu tomonlariga bo‘yoq yoki bo‘r 
bilan belgi chiziladi. Uning tayanib turadigan tomonlarini shunday tanlash kerakki, sinash 
chog‘ida ta’sir ko‘rsatadigan siquvchi kuch qolipdagi qorishma qatlamlariga nisbatan 
parallel yo‘nalsin. Kub namunalar metall chizg‘ich bilan 1 mm gacha aniqlikda o‘lchanadi 
va texnik tarozida tortiladi. Namuna ish kesimining maydoni (mm
2
) uning ikkala tayanch 
maydonining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblab chiqiladi. Sinaladigan namunalar 
kameradan chiqarib olinganidan keyin laboratoriya xonasida 2-4 soat saqlanishi kerak.
Sinash paytida namunaning bir tomoni pressning ostki tayanch plitasida yotishi 
(markazi plita o‘qiga to‘g‘rilanishi) lozim. Shundan keyin plitaning elektr dvigateli 
yurgizib yuboriladi. Sinash jarayonida namunani siquvchi kuch sekundiga 0,4—0,8 MPa 
tezlikda oshirila borib, namunaning buzilish darajasigacha yetkiaziladi.
Betonning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi R
b
(MPa) buzuvchi kuch R(N) ning 
namuna kesimining dastlabki yuzasi S (sm
2
)ga nisbati sifatida aniqlanadi:

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish