1.5.Bitiruv malaka ishini asoslash Gurlan tumani MTP tuman fermer xo‘jaliklaridagi ekilayotgan (2018 yil) paxta va bug‘doy ekinlarini hisobga olganda 13215,5 ga maydonga xizmat ko‘rsatishini mo‘ljallangan. Bu maydonlar kuz va erta baxor mavsumlarida shudgorlanib ekin ekishga tayyorlanadi. Xosil yig‘ib olingandan keyin havo xaroratiga bog‘liq holda kuz mavsumidagi shudgorlash ishlari o‘tkaziladi. Agar harorat shudgorlashga imkon bersa bu ishni kuzda amalga oshiriladi. Mavjud fermer xo‘jaliklarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib Gurlan MTP shudgorlash texnikalariga murojaatlar bo‘ladi.
Tuman MTP sida hozirgi kunda qishloq xo’jaligi detallari temirchilik ustaxonasida ta’mirlanib kelinmoqda. Mazkur uchastkada qishloq xo’jaligi detallarini ta’mirlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar hozirgi zamon talablariga mos emas. Bu erda 1 ta o‘choq, 1 ta pnevmatik bolg‘a, 1 ta sandon, kichik parmalash dastgoxi va 1 ta oddiy charxlash dastgoxi mavjud xolos. Ushbu jixozlar bilan qishloq xo’jaligi detallari qizdirib cho‘zish-charxlash va charxlab o‘tkirlash ishlari amalga oshirilib kelingan. Qishloq xo’jaligi detallari toblashning boshqa usullaridan deyarli foydalanilmagan. Uchastkada 3 ta ishchi ishlab kelgan va ularning ish bilan yillik yuklanganligi (temirchilik ishlari bilan) 50-60% tashkil qilib kelgan. Qishloq xo’jaligi detallari toblash va ta’mirlash sifati qoniqarli darajada tashkil qilinmagan.
Mavjud muammolarni bartaraf qilish, qishloq xo’jaligi detallari sifati toblash va muddatlariga erishish, hamda ishchilarni yillik yuklanish darajasini ta’minlash uchun BMI da bir qator taklif va loyihalarni kiritildi. Loyiha natijasida qo‘shimcha boshqa tuman MTP lari va fermer xo‘jaliklarining qishloq xo’jaligi texnika detallari toblash xamda boshqa tashkilotlardan buyurtma asosida temirchilik xizmatlarini bajarish imkoniyati yaratildi.
÷
1.18-rasm. Gurlan tumani MTP Ta’mirlash ustaxonasi negizida qayta jihozlangan toblash va temirchilik uchastkasi.
Qayta jihozlangan toblash va temirchilik uchastkasida detallarni ta’mirlash va tiklash usullarini to‘liq amalga oshiruvchi qurilmalar bilan jihozlandi. Uchastkada quyidagi yangi qurilmalar va uskunalar joylashtirildi: toblangan detallarni sifatli charxlab o‘tkirlash uchun yangi charxlash-jilvirlash dastgoxi 7, lemexlarga plastina ulab payvandlash va payvandlab tiklash uchun payvandlash jixozi 5, toblangan detallarni qattiqligini ta’minlash uchun toblash vannasi 11, ta’mirlangan va toblangan detallarni qattiqligini nazorat qilish uchun Rokvel presi 4, toblangan va tiklangan detallarni egilganligi, teshiklarni to‘g‘ri joylashganligi, to‘g‘ri chiziqligi, o‘tkirlash faskasini to‘g‘riligi va boshqalarni tekshirish uchun nazorat qilish stoli 13, nazorat qilish asboblari uchun shkaf 12, lemex teshiklarini parmalash va boshqa qo‘shimcha ishlar uchun parmalash dastgohi 14 hamda uchastkada doimiy toza havoni ta’minlab turish uchun yetarli ventiyasiya tizimi. Uchastkadagi ishchilar soni 5 taga yetkazildi.
Uchastkadagi mavjud qurilma va jixozlar nafaqat toblash, balki yil mobaynida MTP dagi temirchilik ishlari va tashqaridan keladigan buyurtmalarni bajarish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |