Uchastkadagi ishchi xodimlar sonini aniqlash
Remont ustaxonalarida quyidagi darajali xodimlar bo’ladi: remont qiluvchi ishchilar, injener – texnik xodimlar, xizmatchilar va xizmat ko’rsatuvchi kichik xodimlar.
Remont qiluvchi ishchilar ishlab chiqarish ishchilariga va yordamchi ishchilarga bo’linadi. Ishlab chiqarish ishchilariga yuvuvchilar, qismlarga ajratuvchilar, slesarlar, tokarchilar, miskarlar, temirchilar, payvandchilar, vulqanizatsiya qiluvchi ishchilar, yig’uvchilar va avtomobillarni remont qilish hamda mahsulot tayyorlash bilan bevosita band bo’lgan ishchilar kiradi.
Ustaxonada va uchastkalarda band bo’lgan ishlab chiqarish ishchilarining soni quyidagi formuladan aniqlanadi:
( 19 )
bunda ustaxonalarda yoki uchastkalarda rejalashtirilgan davr ( yil, kvartal )da bajariladigan ishlarning umumiy ish hajmi, kishi – soat;
rejalashtirilgan shu davr ichida ishchining haqiqiy vaqt fondi, soat;
ishlab chiqarish normasining 10 – 20 % oshirib bajarilishini hisobga oluvchi koeffitsient; 1.1 – 1.2 .
Ishchining yillik haqiqiy vaqt fondi ish haftasi besh kunlik bo’lganda quyidagicha hisoblab topiladi:
bunda tegishlicha kalendar kunlari, dam olish, bayram va tatil kunlari soni;
n – ish smenasining soni;
t = 8.2 – ish smenasining vaqti, soat;
k – ishchining uzrli sabablarga ko’ra ishga chiqmasligi ( kasal bo’lishi, qomondirovkaga ketishi va boshqalar ) natijasida ish vaqtining yo’qolishini hisobga oluvchi koeffitsient; k = 0.96.
yordamchi ishchilar jumlasiga ustaxonaning uskunalariga qarovchi va ularni remont qiluvchilar: elektriklar, nazoratchilar, kompressorlarning ustalari va boshqalar kiradi.
Yordamchi ishchilarning soni ishlab chiqarish ishchilari sonining ko’pi bilan 5 foizini tashkil qiladi:
Ustaxonaning injener – texnik xodimlari va xizmatchilariga ustaxonaning mudiri, injener – nazoratchi, texnik – nazoratchi, buxgalter, omborchi, ombor mudiri ba boshqalar kiradi.
Injener – texnik xodimlarning va xizmatchilarning soni ishlab chiqarish ishchilari va yordamchi ishchilar sonining ko’pi bilan 14 foizi miqdorida olinadi:
Xizmat ko’rsatuvchi kichik xodim jumlasiga ustaxona va qorovulxonani supurib, yig’ishtiruvchi ishchilar kiradi. Ularning soni ishlab chiqarish ishchilari va yordamchi ishchilar umumiy sonining 8 % miqdorida olinadi:
Korxonadagi xodimlar sonini aniqlash uchun avval yillik haqiqiy vaqt fondini aniqlash zarur. Bunda:
kolendar kunlari = 365 kun;
dam olish kunlari = 104 kun;
bayram kunlari = 9 kun;
tatil kunlari = 24 kun;
smenalar soni n = 1;
ish smenasining vaqti t = 8 soat;
uzrli sabablar koeffitsienti k = 0.96.
(365–104 – 9 – 24)*1*8*0.96=1751 soat
Ishlab chiqarish ishchilari sonini aniqlaymiz.
Yordamchi ishchilar sonini aniqlaymiz.
Injener – texnik xodimlar sonini aniqlaymiz.
Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar sonini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |