Transport tizimlari


Bitiruv malakaviy ishining chizmalar ro’yhati



Download 1,1 Mb.
bet2/20
Sana08.04.2023
Hajmi1,1 Mb.
#925723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Abdullayev Shohrux

Bitiruv malakaviy ishining chizmalar ro’yhati:

1)Chizma 1.- mavzuda berilgan kuzov ta’mirlash uchastkasi oldingi holati
2)chizma 2- loyihalangan uchastkaning chizmasi.
3)Chizma 3.- chizmasi.



Bitiruv malakaviy ishining qismlari

Boshlanish muddati

Tugallanish muddati

Imzo

Maslahatchining familyasi ismi

1

Kirish










Ataxonov A..

2

Mavzuning dolzarbligi










Ataxonov A..

3

Adabiyotlar sharxi










Ataxonov A..

5

Texnalogik – loyiha qism










Ataxonov A..

6

Iqtisodiy qism










Ataxonov A..

7

Hayot faolyati xavsizligi qismi










Ataxonov A..

6. Topshiriq berilgan sana _______________________


7. Tugallangan bitiruv malakaviy ishini topshirish sanasi _______

Taqrizchi: ____________


(Imzo )

Bitiruv malakaviy ishi raxbari: _____________ Ataxonov A.


(Imzo)
Topshiriq bajarish uchun qabul: _____________ Abdullayev Sh..
(Imzo)
Kafedra mudiri _____________ dots. Ro’ziyev I.S
(Imzo)



M U N D A R I J A

1.

Kirish…………………………………………………………….......




2.

Mavzuning dolzarbligi……………………………………………...




3.

Adabiyotlar sharxi...................……………………………………..




4.

Texnologik-loyiha qism.................................................................................




5.

Iqtisodiy qism..........………………………………………………...




6.

Xayotiy faoliyati xavfsizligi.....………….…………………...




7.

Xulosa va takliflar...................…………………………………




8.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati....………………………....




9.

Ilovalar…………………………………………………………






1.KIRISH
O’zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish maqsadida Respublikamizning birinchi prezidenti I.A. Karimov tashabbuslari bilan qisqa muddat ichida vatanimizda butkul yangi tarmoq-yuksak texnologiyalarga asoslangan istiqbolli avtomobil ishlab chiqarish zavodi barpo etildi.Xalqaro talablarga to’la javob beradigan yuqori malakali mutaxassislarning yangi avlodi tarbiyalandi. Rеspublikamiz transport tizimida avtomobil transporti yеtakchi o’rinlardan birini egallab, avtomobil transporti sanoatning rivojlanishiga olib kеlmoqda. Shu sababli «Avtomobil sanoati Rеspublikamiz iqtisodiyotining tayanchlaridan biridir» dеgan edi prеzidеnt I.A. Karimov.
Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, xorijnikidan aslo qolishmaydigan o‘ta sifatli ehtiyot qismlar va nozik detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turli yo‘nalishdagi ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Bamperlar, uskunalar panellari, o‘rindiqlar, avtoemallar, germetiklar, avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, so’ndirgich, trubalar, balkalar, shassi agregatlari, kuzov detallarini ishlab chiqaradigan korxonalar shular jumlasidandir. “GM- Uzbekiston” qo‘shma korxonasining talablariga javob beradigan xususiy ishlab chiqaruvchilar esa turli xil boshqa ehtiyot qismlarni yetkazib bermoqda. Yurtimizda yengil avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgach, ularga xizmat ko‘rsatuvchi keng tarmoqli butun bir infratuzilma yaratildi. Xususan, joylarda ochilgan jahon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan, ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlangan, avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatuvchi ko‘plab shoxobchalar ishining yo‘lga qo‘yilgani yurtimizda bu soha jadal taraqqiy etayotganidan dalolatdir.
Avtomobilsozlik sohasida ilg‘or tajribaga ega “General Motors” korporatsiyasi bilan hamkorlik aloqalari sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, xodimlar malakasini oshirish, yangi ish o‘rin-larini tashkil etish uchun sharoit yaratish bilan bir qatorda iste’molchilarning tanlash imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda. “GM-Uzbekistan ” YoAJ mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatini va umuman yurtimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishga salmoqli hissa qo’shmoqda. Albatta, har qanday yirik ishlab chiqarish ko’plab yordamchi korxonalarni tashkil etishni taqozo etadi.
Ta’kidlash joizki, mahalliylashtirish dasturi asosida qisqa davr ichida Asakadagi avtomobil zavodi uchun ko‘plab ehtiyot qismlarni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yakuniy mahsulot tannarxini pasaytirish, valyutani tejash, yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini ochish imkonini berdi. «Uzavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi ko’plab korxonalar nafaqat «GM Uzbekistan» YoAJ avtomobillari uchun balki, «SamAvto», «GV MAN Avto Uzbekistan» kabi yirik ishlab chiqaruvchi qo’shma korxona avtomobillari uchun ham butlovchi qismlarni yetkazib berish jarayoni amalga oshirilmoqda. Bu esa respublikamizda avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha ISO xalqaro standarti talablarini amalda qo’llanilayotganini izohlaydi.Bundan tashqari ishlab chiqarishning ikkinchi navbatini ishga tushirish bu yerda tayyorlanayotgan mahsulot turi va hajmini ko‘paytirishga yordam beradi. “GM-Uzbekiston” mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatini va umuman yurtimiz iqtisodiyotini yanada taraqqiy ettirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Albatta, har qanday yirik ishlab chiqarish ko‘plab yordamchi korxonalarni tashkil etishni taqozo etadi. Bu o‘rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o‘tish bo‘yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi qo‘yilmoqda. O‘z navbatida, bu mamlakatimizning ham tashqi, ham ichki bozorda barqaror mavqeyiga ega bo‘lishini ta’minlash imkonini beradi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 1 iyun kuni “Avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi ” qarorni imzoladi.“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.Prezident O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish dasturini tasdiqladi.Dasturga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” AJ 2021 yilga qadar tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshiradi.Dastur doirasida 800 mln dollarlik sarmoyalar o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, importning ishlab chiqarish hajmiga nisbatan solishtirma nisbati 12,5 foizga qisqaradi, sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar miqdori esa 1,2 barobarga oshadi.Prezident GM Uzbekistan AJ avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizga pasaytirdi. Shu bilan birga, bunday pasayish 2017 yilning 1 iyuniga qadar imzolangan, avtomobil qiymatining kamida 85 foiziga to‘langan shartnomalar bo‘yicha realizatsiya qilinuvchi avtomobillarga tegishli bo‘ladi.Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobil poligonini “O‘zavtosanoat” AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil etishga berdi.“O‘zavtosanoat” AJning ba'zi korxonalari soliq imtiyozlarini oldi.“O‘zavtosanoat” AJ tashkilotlariga, istisno tariqasida, 2017-2021 yillarda ishlab chiqariluvchi avtobuslar va yuk texnikasi, o‘rnatilgan va tirkama texnikalar, shuningdek, ularning ehtiyot qismlari eksporti avvaldan to‘lov qilinmasdan yoki akkreditiv ochmasdan, xaridor bankining kafolati bo‘lgan holda, ko‘rsatilgan mahsulot xaridorlarga yetkazib berilgan kundan boshlab 180 kun ichida tushum tushishi yoki qayta olib kirish sharti bilan ruxsat berildi.



Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish