Transport logistikasi


Xalqaro tashuvlarda ishlovchi transport turlarida tashiluvchi yuklarning transport tasnifi



Download 479,57 Kb.
bet44/82
Sana02.03.2022
Hajmi479,57 Kb.
#479707
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Bog'liq
2 5339245940702187042

Xalqaro tashuvlarda ishlovchi transport turlarida tashiluvchi yuklarning transport tasnifi

Tashish jarayoni boshlanishi bilan yuklarga aylanadigan tovarlarning butun jamlanmasini ko‘plab belgilar – tabiiy kelib chiqishi, jismoniy holati, tarmoqlar va hokazolar bo‘yicha tasniflash mumkin.


Tasniflarning ikkita katta guruhini – savdo (tovar, tarif) nomenklaturasi va transport tasnifini ajratish mumkin.
Tovar tasnifining Xalqaro standarti Uyg‘unlashtirilgan tizim (GS- garmonizirovannaya sistema) – Bryussel bojxona nomenklaturasi, BMT standart xalqaro savdo tasnifi va yana o‘n ikkita xalqaro va milliy klassifikatorlarning (bojxona va transport nomenklaturalarini ham o‘z ichiga olgan holda) sintezi bo‘lib hisoblanadi.
YUklarning tarif tasnifi (yoki nomenklaturasi) yuklarning ishlab chiqarish bo‘yicha kelib chiqish belgilari, tashish tariflarining va yig‘im stavkalarining o‘lchamlari bo‘yicha qurilgan.
YUklarning transport tasnifi yuklarni tashishning talab qilinadigan - yuklarning transportda saqlanishini, yuk aylanmasini rejalashtirish, hisobga olish va tartibga solishni, ortish-tushirish mashinalarini asoslangan ixtisoslashtirishni, omborlarning parametrlari va yuklash-tushirish texnikasining tiplarini hisobga olishni ta’minlaydigan shartlarini aniqlash uchun kiritilgan. Ular bo‘yicha tasniflashni bajarish mumkin bo‘lgan belgilar ko‘pligidan asosiy, ya’ni qo‘yilgan maqsadga erishish uchun muhim bo‘lgan tasniflash belgii tanlanadi.
YUklarning transport tasnifi deganda yuklar jamlanmasini transport jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydigan qandaydir bir belgi bo‘yicha tartibga solish tushuniladi.
YUklarning transport tasnifi tashish uchun taqdim qilingan yuklarning turlari va holati, ularning upakovkalarining tiplari va mahsulotning saqlanishini ta’minlaydigan yuklash va tashish usullariga bog‘liq ravishda quriladi.
Transport qonunchiligida yuklarni tasniflash – bu tashish uchun to‘lovlarning miqdorini aniqlash maqsadida tashiladigan yuklarni tarif guruhlari bo‘yicha taqsimlashdir. Bu tushunchaning mohiyati transportning har xil turlari uchun yuklarni yagona tasniflashning yo‘qligini bildiradi.
YUklarni tasniflash masalasi dastlab yuklarning davlatlarning chegaralari orqali o‘tishini hisobga olish va kuzatib borish zarurati tufayli yuzaga kelgan.
Bojxona nomenklaturalarini unifikatsiyalash bo‘yicha birinchi loyiha 1853 yilda o‘tkazilgan Xalqaro statistika kongressida qabul qilingan. 1913 yil 31 dekabrda Bryusselda bojxona statistikasi bo‘yicha Xalqaro konferensiya Konvensiyasi imzolangan. Birinchi jahon urushidan keyin Millatlar Ligasi tomonidan xalqaro savdo statistikasi uchun tovarlarning minimal ro‘yxati tasdiqlangan, u 186 ta nomdagi tovarlarni o‘z ichiga olgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan asosiy hujjatlar quyidagilar hisoblanadi:
– Bryussel bojxona nomenklaturasi (BTN);
– BMT ning standart xalqaro savdo tasnifi (SMTK).
1983 yilda tovarlarni tasvirlash va kodlashtirish bo‘yicha Uyg‘unlashtirilgan tizim (UT) bo‘yicha Xalqaro Konvensiya imzolangan, uni ishlab chiqishda 59 ta davlat va 21 ta Xalqaro tashkilotlar ishtirok etgan. Ishlab chiqishdan maqsad – BTN dan SMTK ga o‘tish uchun UT bazasida ma’lumotlarga kompyuterli ishlov berish yordamida optimal qoidalar va tavsiyalarni yaratish asosida bojxona hujjatlarini qisqartirish va unifikatsiyalashga erishish bo‘lgan.
Tovarlarni tasvirlash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimi (UT) – ma’lum bir belgilar bo‘yicha guruhlar va bo‘limlarga guruhlashtirilgan tovar pozitsiyalari va subpozitsiyalarini va ularga taalluqli bo‘lgan raqamli kodlarni, shuningdek GS ni talqin qilishning asosiy qoidalarini o‘z ichiga oladigan nomenklaturadir.
Tovarlarni tasvirlash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimi (ingl. Harmonized Commodity Description and CodingSystem (qisq. Harmonized System, HS)) – tovarlarni tasvirlash va kodlashtirish tizimidir (xalqaro savdoda tovarlarni tasniflashning standartlashtirilgan tizimidir; tovarlarning vazifasi bo‘yicha (kiyim-kechak, qurol-yarog‘ va hokazolar), iqtisodiyotning tarmoqlari bo‘yicha (tekstil mahsuloti, hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari va hokazolar) tasniflanadi). Ajratilgan toifalarga 6 ta raqamli kod beriladi, biroq ba’zi bir mamlakatlar nomenklaturani 8 ta yoki 10 ta raqamdan tashkil topgan kodlargacha detallashtirgan. 1983 yilda Bojxona Hamkorligi Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan, 1988 yil 1 yanvardan kuchga kirgan, bir qator mamlakatlar hozirgacha foydalanishni davom ettirayotgan Bojxona Hamkorligi Kengashining nomenklaturasi o‘rniga qabul qilingan.
Tovarlarni bo‘limlarga guruhlashtirish tamoyillari:

  • tovarlarning kelib chiqishi bo‘yicha (“Tirik hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari”, “O‘simlik kelib chiqishli mahsulotlar”, “Mineral mahsulotlar” va hokazolar) (I, II, V bo‘limlar);

  • tovar tayyorlangan materialning turi bo‘yicha («Teri xomashyosi, teri, momiq, momiq-mo‘yna xomashyosi va ulardan tayyorlangan mahsulotlar», «YOg‘och va yog‘och mahsulotlari», «Qora va rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar» va hokazolar) (VIII, IX, X, XIII, XIV, XV bo‘limlar);

  • tovarlarning vazifasi bo‘yicha («Oziq-ovqat sanoati mahsulotlari», «Tekstil va tekstil mahsulotlari», «Mashinalar, asbob-uskunalar… elektr asbob-uskunalari…», «San’at asarlari» va hokazolar) (IV, XI, XII, XVII, XVIII, XIX, XX, XXI bo‘limlar);

  • kimyoviy tarkibi bo‘yicha («Sanoatning kimyo va yondosh tarmoqlarining mahsulotlari», «O‘simlik kelib chiqishli mahsulotlar») (III, VI, VII bo‘limlar).

Nomenklatura tovarlarni ularga ishlov berish darajasi bo‘yicha taqsimlash tamoyili bo‘yicha – xomashyodan yarim fabrikatlarga va ulardan tayyor mahsulotlarga qaratib qurilgan.
Boj odatda tovarlarning tayyorlik darajasi bo‘yicha oshadi.
Masalan:
I bo‘lim – “Tirik hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari”;
X bo‘lim – “YOg‘ochdan tayyorlangan qog‘oz massasi”;
XXI bo‘lim – “San’at asarlari, kolleksiyalash predmetlari va antikvariat”.
UT tovarlarni tasniflash qoidalari:

  1. tovar odatda u yaxshiroq mos tushadigan joyga va uning barcha o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish bilan ko‘proq batafsil tasvirlanishi berilgan joyga joylashtiriladi;

b) jamlanmalar, sovg‘alar va hokazolar tarkibidagi murakkab tovarlar asosiy materialga bog‘liq ravishda tasniflanadi;
v) UT birorta ham pozitsiyasiga tushmaydigan yangi tovar shu tovarga eng yaqin bo‘lgan pozitsiyaga kiritiladi;
g) tovarning hatto to subpozitsiyagacha eng yaqin qo‘llanilishi albatta hisobga olinishi zarur.
UT tovar nomenklaturasi 21 ta bo‘lim va 99 ta tovar guruhlaridan tashkil topadi, bunda 77, 98 va 99 guruhlar zahira guruhlar hisoblanadi va mamlakatlar tomonidan spetsifik tovarlarni kiritish uchun foydalanilishi mumkin. UT nomenklaturasi 33 ta tovar guruhlari, 1241 ta pozitsiya, 3552 ta tagpozitsiya va 5019 ta subpozitsiyani o‘z ichiga oladi.
UT oltita belgili tovar shifridan foydalaniladi. Ba’zi bir mamlakatlar, jumladan Rossiya ham, tovarlarni ko‘proq differensiallangan ajratish uchun nomenklatura kodlarini 8 ta va 10 ta raqamgacha detallashtirgan.
1991 yil yanvardan boshlab sobiq Sovet Ittifoqida “SSSR tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi” (TN VED) kiritilgan, u hozirgi kunda ba’zi bir MDH mamlakatlarida qo‘llanilib kelinmoqda. TN VED tovarlarni tasvirlash va kodlashtirish tizimi UT va Evropa Ittifoqining Kombinatsiyalangan Tarif-Statistik Nomenklaturasi (KN ES) bazasida tuzilgan. TN VED va UT tarkibi bir xil va xuddi o‘sha bo‘limlar, guruhlar va hokazolarni o‘z ichiga oladi.
Tovarlarni TN VED da kodlashtirish, UT farqli o‘laroq, to‘qqizta belgili shifr kodi bilan amalga oshiriladi, u ikkita qismdan tashkil topadi:
birinchi qism – bu 4 belgili pozitsiya kodi;
ikkinchi qism – 5 belgili subpozitsiya kodi.
9 belgili kodning 1-6 razryadlari tovarni UT bo‘yicha guruhlashtirishning kodli belgilanishiga, 7 va 8 razryadlar – tovarning KN ES bo‘yicha kodli belgilanishiga mos keladi.
9- (nolinchi) razryad TN VED da mamlakatning o‘zida (SSSR) ishlab chiqarilgan an’anaviy tovarlarni ajratish uchun mo‘ljallangan.
TN VED uning asosida qurilgan tovarlarni tasvirlash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimi (GS) tovarlarning xalqaro yagona universal tasnifi sifatida yaratilgan. Bu tasniflash tizimi qanoatlantirishi lozim bo‘lgan talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • tovarlarni bir-biridan qat’iy va bir qiymatli ajratish;

  • har bir tovar bo‘yicha faqatgina bitta tovar pozitsiyasi qo‘llanilishi mumkin;

  • ajratishning oddiy kriteriylari: bojxona xodimlari mavjud farqlarni, qoidaga ko‘ra, maxsus bilimlarsiz ajrata olishlari lozim;

  • ajralib turuvchi belgilarni qo‘llash, ularni tovarning ob’ektiv xususiyatlari asosida aniqlash mumkin (o‘lcham, sifat, narx, material).

Mamlakatda amal qilgan tasniflash tizimlaridan birortasi ham bunday bir qiymatlilikka da’vo qilmagan. Tovarni tasniflashda biz tovarning o‘zi to‘g‘risidagi mavjud bilimlardan qanchalik uzoqlashsak, kodni qidirish algoritmi shunchalik aniq bo‘lishi lozim.
YAqin vaqtlargacha MDH mamlakatlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish choralarini amalga oshirish, statistik hisobga olishni olib borish va statistik ma’lumotlar bilan almashinishni takomillashtirish uchun VED SNG yagona tovar nomenklaturasi (TN VED SNG) qo‘llanilgan.
Hozirgi kunda Rossiyada, Belarus va Qozog‘iston Respublikalarida Evrosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashining 2012 yil 16 iyuldagi Qarori asosida tayyorlangan Bojxona Ittifoqining TN VED dan foydalanilmoqda (TN VED TS).

Download 479,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish