Nazorat savollari:
1. Xalqaro miqyosda tovarlar harakatining logistik tizimini yaratishda qanday muammolar hal qilinishi kerak?
2. Vazifasi va foydalanish usuliga qarab xalqaro infratuzilmalar qanday tasniflanadi?
3. Uzunligi100 km dan kam bo‘lgan yo‘nalishlarda qanday transport turi samarali hisoblanadi?
4. Xalqaro yuklarni tashishda davlat tillari e’tiborga olinadimi?
5. YUk aylanmasida transport turlari qanday ulushga ega?
6. “E” xalqaro yo‘l tarmoqi haqida tushuncha bering.
7. Evropa yo‘l tarmog‘i rejasi qachon ishlab chiqilgan?
3-mavzu. HAR XIL TRANSPORT TURLARINING XALQARO TASHUVLARDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Havo transportining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari
2. Suv transportining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari
3.Temir yo‘l transportining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari
4.Avtomobil transportining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari
1. Havo transportining xalqaro tashuvlardagi o‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi vaqtda turli davlatlarning iqtisodiyoti ishlab chiqarishning bo‘linishi va ular o‘rtasida transport aloqalarining tashkil etilishiga bog‘liq.
Transportga ishonchlilik, uzilishlarsiz ishlash, ritm asosidaishlash, tezlikni oshirish hamda eng kam xarajat bilan aniq muddatda ishlash talablari qo‘yilmoqda.
Transport turlari bo‘yicha bu talablarni qondirishuchun turli xil transport turlari doimo rivojlanib bormokda, yangi texnik vositalardan foydalanadigan texnologiyalar, foydalanish bilan bir-biri bilan chambarchas bog‘lik yagona standartlarga muvofik ishlaydigan transport tarmoklari, ma’lumot va texnik xususiyatlar yagona huquqiy asos talab qilinadi.
Tashish uchun muhim muammo hozirda logistika tashkiloti birgalikda ishlaydigan transportni boshqarish tizimlari transportning har xil turlari, shuningdek transport infratuzilmasini ta’minlovchi terminal komplekslari va portlar Mul’timodal tashuvlar va intermodal texnologiyalarni rivojlantirishdir.
Xalkaro transport tizimlarining integratsiyasi texnik rivojlanish darajasini oshirishga imkon beradi transport infratuzilmasi, kamaytirish yoki kayta yuklash operatsiyalari sonini qisqartirish, soddalashtirish chegara bojxona protseduralarini kamaytirish, yuklarni tashish vaqti va transport xarajatlari qisqartirishni ta’minlaydi.
Mul’timodal tashuvlarni amalga oshirishda har xil transport turlarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega. Tovarlarni etkazib berishni amalga oshiruvchi kompaniyalar ularning turi va xususiyatlariga ko‘ra transport turini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Quyida Mul’timodal tashuvlarda ishtirok etadigan asosiy transport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari va transport vrsitalarining ayrim ekspluatatsion tavsiflari ko‘rib chiqiladi.
Tijorat yuklarini etkazib berishning barcha turlari orasida havo transporti eng tezkor, eng qulay va eng qimmat hisoblanadi. Uzoq masofalar va turli xil qit’alarda bu yukni etkazib berishning zaruriy vaqti, tashishning ishonchliligi va tashish hajmiga asoslangan xoldae berishning yagona usuli hisoblanadi.
Bu transport turi tashish tezligi va 300 kg gacha bo‘lgan yuklarning narxi jihatidan juda samarali bo‘lishi mumkin.
YUklarni etkazishda havo transportining qulayligi butun dunyo bo‘ylab aeroportlarning keng tarmog‘i, tovarlarni yuklashning avtomatlashtirilgan texnologiyalari va har qanday xalqaro aeroportda vaqtincha saqlash omborlari mavjudligi bilan ta’minlanadi.
Havo tashishlar narxini hisoblashning asosiy parametri - bu hajmiy og‘irlik hisoblanadi. YUkning hajmiy og‘irligi bu yukning zichligini aks ettiruvchi hisoblangan qiymatdir. Odatda, kamroq zichlikdagi narsa xuddi shu vazn uchun zichroq narsalarga qaraganda ko‘proq joy egallaydi. Hajmiy yoki o‘lchovli og‘irlik hisoblab chiqilib, yukning haqiqiy og‘irligi bilan taqqoslanib, ularning qaysi biri kattaroq ekanligi aniqlanadi. YUkori og‘irlik jo‘natmaning narxini hisoblashda ishlatiladi.
YUk aviatsiyasi eng yangi va eng kam talab qilinadigan transport turidir. Uning asosiy ustunligi - etkazib berish tezligi, asosiy kamchilik - bu transportning yuqori narxidir, bu ba’zan etkazib berish tezligi bilan qoplanadi, bu esa omborlar va zahiralarni saqlash bilan bog‘lik logistika xarajatlari tarkibining boshqa elementlaridan voz kechishga imkon beradi. Garchi samolyotda harakatlanish doirasi cheklanmagan bo‘lsa-da, u hali ham barcha shaharlararo yuk tashish hajmining 1% dan kamrog‘ini tashkil etadi (tonna-mil bilan ko‘rsatilgan). Havo transporti imkoniyatlari samolyotning foydali yuklari va yuk tashish xajmi va cheklangan mavjudligi bilan ifodalanadi.
Havo transporti temir yo‘l, suv transporti yoki quvur liniyalariga nisbatan past doimiy xarajatlarga ega. Havo transportining doimiy xarajatlari tarkibiga samolyotlarni sotib olish va kerak bo‘lganda maxsus tashish uskunalari va konteynerlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar tarkibiga kerosin narxi, samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish, parvoz va quruqlikdagi xodimlar xarajatlari kiradi.
Aeroportlarning joylashuvi juda katta ochik joylarni talab qiladiganligi sababli, havo transporti, qoida tarikasida, boshqa transport turlari bilan yagona tizimga birlashtirilmaydi, fakat bunga avtomobil transporti kiritiladi.
Turli xil tovarlar havo transportida tashiladi. Ushbu turdagi transportning asosiy xususiyati shundaki, u yuklarni doimiy ravishda emas, balki asosan favkulotda holatlarda etkazib berish uchun ishlatiladi. SHunday kilib, havo transportida olib boriladigan asosiy yuklar yuqori transport xarajatlari oqlanganda yuqori qiymatga ega yoki tez buziladigan tovar hisoblanadi. Havo yuklarini tashishning potensial ob’ektlari, shuningdek, logistika operatsiyalari uchun an’anaviy mahsulotlar, montaj qismlari va butlovchi qismlar, pochta kataloglari orqali sotiladigan tovarlardir.
Barcha transport turlari ichida eng tez harakat qiluvchi transport havo transporti bo‘lib, uning uzoq masofaga qo‘nmasdan uchishdagi harakat tezligi soatiga 900…1000 kilometrni tashkil etadi.
Havo transportining asosiy xususiyati - samolyotlarning katta tezligi hisobiga yo‘lovchi, pochta va yuk tashish vaqtining qisqarishidir. Agar kurer poezdi 100…110 km/soat, suv osti qanotli teploxod 70…75 km/soat, shaharlararo avtobus 50…60 km/soat tezlik bilan passajirlar tashiy olsa, gaz-turbina dvigatelli samolyot o‘rta hisobda soatiga 600…800 km tezlikda passajirlar tashiy oladi. Gaz-turbinali havo kemalarida passajirlarning o‘rtacha uchish masofasi 2000 km. Bu samolyotlarda bir xil masofaga bir vaqtning o‘zida yo‘lga chiqqan passajirlar temir yo‘l poezdiga nisbatan samolyotda 30 soatga yaqin vaqtni tejaydilar.
Transport vositalari yo‘lda bo‘lgan vaqtni tejab, umumiy ishlab chiqarish jadalligiga qulay ta’sir qiladi, mamlakatimiz va uning viloyatlari o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda katta ahamiyatga egadir. U vaqtni tejash - aeroflotning mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirishga qo‘shadigan katta hissadir.
Havo transportining yana bir qulayligi shundaki, u transportning boshqa turlariga nisbatan yuklarni eng qisqa marshrut bo‘yicha etkazib beradi. Temir yo‘l transportidagiga qaraganda havo marshrutlari 20…30 foiz qisqa bo‘ladi. Avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar erning relefi hisobga olingan holda quriladi. Samolyotlarda uchish uchun esa er faqat qo‘nish va havoga ko‘tarilish uchun kerak bo‘ladi, xolos.
Havo transporti nihoyatda yuqori va tez uchishi bilan farq qiladi. Bu uning uchinchi afzalligidir. Temir yo‘l poezdlari, avtomobillar, daryo kemalari joyning fizik-geografik holatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, faqat belgilangan yo‘nalishlardagina ishlashi mumkin. Bunday bog‘liqlikdan samolyot holi bo‘lib, u havoda suv havzalari va tog‘lar ustidan, o‘rmon va sahrolardan oshib uchaveradi. U qutb doirasi orqasida (zapolyarqeda) va tropiklarda ham ishlashi mumkin. Samolyotlarning baland ucha olishi uning temir yo‘l poezdi va avtomobillar bora olmaydigan eng chekka o‘lkalarga ham etib borishiga imkon beradi.
Havo transportining to‘rtinchi afzalligi tez va baland ucha olishi bilan aloqani tez amalga oshirishidir. Muayyan joylar orasida aloqa o‘rnatish uchun aeroflotga ularning har birida aeroport qurish va yangi avialiniyani radiotexnika vositalari bilan jihozlanishning o‘zi kifoya qiladi. Aeroportlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin. Havo yo‘li samolyot xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar kabi qurish yoki suv magistrali kabi chuqurlatish va kengaytirish zarur emas. Mana shuning uchun ham fuqarolar aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo‘llarini tashkil eta olish qobiliyatiga qodirdir.
Juda ko‘p vaqt to‘xtamasdan, to‘g‘ri bora oladigan aloqa mashrutlari tashkil qilish - havo transportining beshinchi afzalligidir. Fuqarolar aviatsiyasi juda qisqa va to‘g‘ri havo trassalaridan foydalanib, transportning boshqa turlarida borib bo‘lmaydigan har qanday joylar oralig‘iga qo‘nmasdan yuk va passajirlar tashib bera oladi. Havo transporti yuqori manevrchanligi hamda passajir va yuk oqimlari o‘zgarishiga muvofiqlanishi uning yana bir muhim afzalligidir.
Havo transportining eng muhim kamchiligi - bu transportning boshqa turlariga nisbatan yuk va passajirlar tashish tannarxining bir necha marta kattaligidir.
Tashish tannarxining yuqori darajada bo‘lishi sabablari birinchidan, samolyot uchishi uchun kerak bo‘lgan zarur yukning (yonilg‘i va boshqalar) katta vaznliligi, ikkinchidan, yuk ko‘tarish birligiga to‘g‘ri keladigan dvigatel quvvatining kattaligidirki, bu o‘z navbatida yoqilg‘ining ko‘p sarflanishiga (temir yo‘l transportidagiga 10…12 marta ortiq sarflanadi) olib keladi.
Havo transportida passajirlar tashilganda bir tonna og‘irlikni ko‘tarishga to‘g‘ri keladigan samolyot vazni temir yo‘l transportidagidan kamdir. Bu samolyotlarda passajirlar tashish tannarxining deyarli kamligiga sabab bo‘ladi. SHu sababli havo transporti asosan passajir transporti hisoblanib, undan ko‘pincha uzoq masofalarga passajirlar tashishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Havo transportining yana bir kamchiligi uning ishiga ob-havo sharoitining ta’sir qilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |