Transport inshootlarini loyihalash va



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

 
9.4. Tayanchlar hisobi 
 
Tayanchlarga  ta‟sir  etuvchi  kuchlarni  aniqlash.
 
Ko„priklarning 
tayanchlari uzun ekspluatatsiya yillari (80†100 yil) davomida ularga ta‟sir 
etadigan  bir  qancha  yuklar  ostida  ishlaydi.  Bu  yuklar  tayanchlarga  turli 
kombinatsiyalarda va muddati bo„yicha turli davomlilikda ta‟sir etadi. 
Yuklar,  odatda,  uch  guruhga  bo„linadi.  Birinchi  guruhga  ko„prik 
ekspluatatsiyasining butun muddati davomida ta‟sir etadigan doimiy yuklar 
kiradi.  Domiy  yuklarga  konstruksiyaning  hususiy  og„irligi,  gruntning 
bosimi,  oldindan  zo„riqtirish  kuchlarining  ta‟siri,  suvning  gidrostatik 
bosimi  va  boshqalar  kiradi.  Yuklarning  bu  guruhi  barcha  hisoblarda 
inobatga olinadi. 


154 
 
Ikkinchi  guruhga  harakatchan  tarkib  va  yo„lovchilardan  tushayotgan 
vaqtinchalik  yuklar  kiritilgan.  Bu  yuklar  inshootga  davriy  ravishda  ta‟sir 
etadi.  Vaqtinchalik  yuklar  guruhiga  harakatchan  tarkibdan  tushayotgan 
vertikal  yuklar,  gruntning  gorizontal  bosimi,  tormozlanishdan  yoki  tortish 
kuchidan  hosil  bo„ladigan  gorizontal  bo„ylama  ta‟sir,  harakatlanuvchi 
tarkibning  inshootga  ko„ndalang  urilishi  natijasida  hosil  bo„ladigan 
ko„ndalang yuklar va boshq. kiradi. 
Uchinchi 
yuklar 
guruhiga 
(ular 
“boshqa” 
yuklar 
deb 
klassifikatsiyalanadi)  ta‟sir  qilish  extimoli  kam  bo„lgan,  shu  bilan  birga, 
birinchi  va  ikkinchi  guruh  yuklari  bilan  noqulay  kombinatsiyalarda  ta‟sir 
qilishi  mumkin  bo„lgan  yuklar  kiritilgan.  Uchinchi  guruh  yuklarining 
qiymatlari  klimatik  zonalarga,  ko„prik  yo„nalishiga,  qurilish  hududi 
seysmik  darajasiga,  daryo  sinfiga,  joy  relefiga  va  boshq.  bog„liqdir. 
“Boshqa”  yuklarga  shamol  oqimining  ta‟siri,  muz  bosimi,  kemalarning 
tayanchlarga  urilishidan  hosil  bo„lgan  yuklar,  harorat  o„zgarishidan, 
seysmikadan va boshqa faktorlardan kelib chiqadigan yuklar kiritilgan. 
Yuklarning  turli  kombinatsiyalari  me‟yoriy  xujjatlarda  aniqlab 
berilgan.  Hisob-kitoblarda  har  bir  kombinatsiya  qaysi  chegaraviy  holatga 
tekshirilayotganiga bog„liq holda qo„llaniladi. 
Oraliq  tayanchlar  yuklarning  ko„ndalang  (rasm  9.17,
a
)  va  bo„ylama 
(rasm  9.17,
b
)  ta‟sirlariga  alohida-alohida  hisoblanadi.  Chetki  tayanchga 
ta‟sir  qiladigan  yuklar  rasm  9.18,
a
  da  ko„rsatilgan.  Hisob-kitobni  amalga 
oshirish uchun, tayanchga ta‟sir etayotgan barcha kuchlarni aniqlash kerak 
bo„ladi. 
Tayanch  qismlarining  xususiy  og„irligi  me‟yoriy  qiymati  uning 
oldindan  belgilangan  o„lchamlari  va  betonning  solishtirma  og„irligi 
bo„yicha aniqlanadi. 


155 
 
Gruntning  xususiy  og„irligidan  hosil  bo„ladigan  gorizontal  bosimning 
meyoriy  qiymati  quyidagi  formula  bo„yicha  aniqlanadi: 
,
1
n
h



  bu 
yerda 

 – qiymati tg
2
(45
0
 – 

/2) ga teng bo„lgan yon bosim koeffitsienti; 
n

– 
grunt ichki ishqalanishining me‟yoriy burchagi. 
Grunt  gorizontal  bosimining  epyurasi  (rasm  9.18,b)  uchi  grunt  yuzasida 
bo„lgan  uchburchakdan  iborat.  Bu  bosimning  teng  ta‟sir  etuvchisi 
𝐹 =
 
1
2
𝑏

𝑛
𝑕
  uchburchakning  og„irlik  markaziga  (hisobiy  kesimdan 
h
/3 
masofada) qo„yilgan. Bu yerda 
b
  –  chetki  tayanchning  ko„ndalang  o„lchami 
(kengligi). 
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish