Rasm 9.11. Katta
ko„prikning yig„ma chetki
tayanchlari
150
Tsentrifugatsiya
qilingan
temirbeton
obolochkalardan
quriladigan chetki tayanchlar keng
tarqalgan (rasm 9.12).
Rasm 9.12. Tsentrifugatsiya qilingan,
katta diametrli temirbeton obolochkalardan
quriladigan chetki tayanchlar
Chetki tayanchlarda kichik
diametrli obolochkalarni qo„llash
(rasm 9.13), masalan
d = 0,6m
,
ularning sonini fasad bo„yicha
ham, ko„ndalang yo„nalishda ham
orttirishni talab qiladi.
Rasm 9.13. Kozlovoy tipidagi yig„ma chetki
tayanch
Chetki tayanch poydevorining plitasi,
ferma osti maydonchasi va qanotlari
monolit yoki yig„ma bo„lishi mumkin.
Ko„p hollarda obolochkalar o„rniga
o„lchamlari 50x50 sm (50x60 sm) bo„lgan
temirbeton qoziqlar qo„llaniladi.
Rasm 9.14. Ustun tipidagi chetki tayanch:
1–shkaf bloki; 2–nasadka; 3–muzlagan grunt chegarasi;
4–sement-qum qorishmasi
151
Abadiy muzliklar hududlari uchun ustun tipidagi chetki tayanchlar
qo„llanilishi mumkin (rasm 9.14).
Ustunli poydevorlar alohida turgan vertikal ustunlardan qurilgan,
ustunlarning er usti qismi tayanch tanasi vazifasini bajarayotgan bo„lsa,
bunday konstruksiya rostverksiz deb ataladi (rasm 9.15).
Tayanchlarning bunday turlari mehnat sarfi bo„yicha ham, material
sarfi bo„yicha ham tejamlidir. Chuqur joylashgan poydevorlarda
rostverksiz tayanchlar betonga bo„lgan extiyojni 2†4 marta kamaytirishga
va qurilish muddatini 1,5†3 marta qisqartirishga (massivli poydevorga
solishtirilganda) imkon yaratadi.
U yoki bu sabablarga ko„ra
ustunlarni qurishda tayyor bloklarni
yoki
obolochkalarni
qo„llash
qiyinchilik tug„dirsa, gruntda oldindan
burg„ilangan
skvajina
beton
qorishmasi
bilan
to„ldiriladigan
ustunlar qo„llaniladi. Geologik va
gidrologik shartlardan kelib chiqib,
skvajinalar quruq yoki suv osti usuli
bilan burg„ilanadi.
Rasm 9.15. Rostverksiz tayanch
Ustunlar, odatda, tayyor yaxlit bloklarni yoki obolochkalarni oldindan
burg„ilangan skvajinalarga zo„rlamasdan tushirib quriladi. Ustunlar va
grunt orasidagi tirqish grunt bilan, quruq sement-qum qorishmasi bilan
yoki beton qorishmasi bilan to„ldiriladi. Maqbul grunt sharoitlarida
bunday tayanchlar obolochkalarni zo„rlab cho„ktirish orqali ham qurilishi
152
mumkin.
Bunda, albatta, skvajinalar devorlari nurashining oldi olinadi. Odatda,
burg„ilab to„ldiriladigan ustunlar ishlar tugagandan so„ng chiqarib olinadigan
inventar po„lat quvurlar himoyasi ostida kavlanadi. Burg„ilab to„ldiriladigan
ustunlarning afzalligi (qoqib tushiriladigan qoziqlar va obolochkalar bilan
solishtirilganda) - uzunligi katta bo„lgan, lekin ulanmagan qoziqlarni
tayyorlash imkoniyatining borligidir. Ularning boshqa afzalligi esa bunday
ustunlarni har qanday gidrogeologik sharoitlarda ham qurish kafolatining
mavjudligidir.
Ularning ahamiyatga ega bo„lgan kamchiliklari sifatida quyidagilarni
ko„rsatish
mumkin:
burg„ilab
to„ldiriladigan
qoziqlarni
ular
tayyorlangandan so„ng faqat 28 sutkadan keyin (qoziq betoni o„zining
hisobiy qarshiligiga erishgandan so„ng) yuklash mumkin; nazorat qilib
bo„lmaydigan ko„rinmas nuqsonlar paydo bo„lishi extimolining borligi.
Abadiy muzliklar zonalarida quriladigan ko„priklar uchun ustunli
tayanchlar birdan bir bo„lishi mumkin bo„lgan variantdir.
Katta va sinfdan tashqari ko„priklarni loyihalash tajribasining guvohlik
berishiga ko„ra chuqur joylashgan poydevorlarda ham, boshqa hollarda
ham ustunli tayanchlarni kengroq qo„llash maqsadga muvofiqdir.
Ustunlar yoki qoziqlar sonini oldindan aniqlash uchun ularning
quyidagi ko„tarish qobiliyatlarni qabul qilish mumkin: prizmatik qoqib
kirgiziladigan qoziqlar (35x35, 40x40sm) uchun – 750†1250kN ;
d = 0,6m
bo„lgan ustunlar uchun 900 dan 1800kN gacha;
d = l,6
m bo„lgan ustunlar
uchun 3400 dan 8500kN gacha (mustahkam strukturali allyuviy uchun 19
500kN gacha); diametrlari
d =
1,3†1,6m bo„lgan qoziq ustunlarning ostki
diametri
d =
3,5m gacha kengaytirilganda – 7000kN gacha.
153
So„nggi yillarda kichik va o„rta
ko„priklarni qurishda bir qatorli
tayanch
konstruksiyalari
keng
qo„llanilmoqda.
Rasm 9.16. Temir yo„l ko„prigining bir
qatorli tayanchi: 1–nasadka; 2–temirbeton
ustunlar; 3–oraliq qurilma
Bu holda oltita temirbeton qoziqlar ikkita diametri 0,8†1,0m bo„lgan
ustunlar bilan almashtiriladi. Ustunlar oldindan burg„ilangan skvajinalarga
tushiriladi va mustahkam gruntlarga tayantiriladi. Ustunlarning ustki qismi
nasadka bilan birlashtiriladi (rasm 9.16).
Oraliq tayanchlar ustunlarini muz urilishidan himoya qilish uchun,
ularning yuzalari po„lat listlar bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |