Transport inshootlarini loyihalash va


 Zo‘riqtirilgan armaturani ankerlash



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

7.3. Zo‘riqtirilgan armaturani ankerlash 
 
Oldindan  zo„riqtirilgan  temirbetonli  oraliq  qurilmalarida  zo„riqtirilgan 
armatura  betonga  ishonchli  ravishda  mahkamlanishi  va  berilgan  siqish 
kuchlarini  betonga  o„tkazilishini  ta‟minlashi  kerak.  Buning  uchun  turli 
tipdagi ankerlardan foydalaniladi. Faqat davriy profilli sterjenlardan iborat, 
tirgakka tortilgan armaturani ankerlarsiz qo„llashga ruxsat etiladi. 
Mustahkamligi  yuqori  simlardan  tutam  ko„rinishida  tayyorlangan, 
tirgakka tortilgan armaturalar uchun MIIT sistemasidagi karkas – sterjenli 
ankerlar  konstruksiyalarda  keng  qo„llaniladi.  Bu  anker  diafragmaga 
payvandlangan  markaziy  dumaloq  sterjendan  iborat.  Diafragmaning 
o„yiqlaridan  armatura  tutamining  bir  necha  donadan  iborat  simlari  o„tadi 
(rasm 7.8). Tutamning simlari markaziy sterjen uchlarida bog„lovchi simlar 
bilan o„rab mahkamlanadi. Bu sim o„ramining uchlari sterjendagi teshikka 
kirgizilib  mahkamlanadi.  Markaziy  sterjen  uchiga  plankalardan  yasalgan 
hoch shaklidagi tirgak payvandlangan. Bu tirgak tutam tortilganda o„ramlar 
holatining  o„zgarmasligini  ta‟minlaydi.  Tutamning  kesimi  anker  orqasida 
kalta armatura (korotish) lardan yasalgan hoch orqali fiksatsiya qilinadi. 
Ankerlar  materiallar  epyurasiga  binoan  tutamning  oxirlariga  va  tutam 
uzunligi bo„yicha qo„yiladi. To„sinni tayyorlashda beton ankerning barcha 
bo„shliqlarini  to„ldiradi  va  armaturaning  betonda  ishonchli  qotirilishini 
ta‟minlaydi. 
Karkas-sterjenli  ankerlar  armatura  tutamidagi  simlarning  soni  16  dan 
56  tagacha  bo„lganda  qo„llaniladi.  Simlarining  soni  24  va  48  ta  bo„lgan 
tipovoy  tutamlar  uchun  qo„llaniladigan  ankerlar  detallarining  asosiy 
o„lchamlari  quyidagicha:  diafragma  diametri  –  80  va  120mm;  diafragma 
qalinligi  –  8  va  10mm;  markaziy  sterjenning  diametri  –  14  va  20mm; 


95 
 
markaziy sterjenning uzunligi – 270 va 370mm. 
 
Rasm 7.8. Karkas – sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi; b – diafragma;  
v – plankalardan iborat tirgak; g – anker orqasidagi tutamning kesimi; 1 – tutamning 
simlari; 2 – markaziy sterjen; 3 – diafragma; 4 – bog„lovchi simlar 
 
Armatura  betonga  tortilganda  tutamlarni  mahkamlash  uchun  turli 
kontruksiyali,  to„sin  uchlariga  o„rnatiladigan  chetki  ankerlar  qo„llaniladi. 
Chetki konussimon ankerlar keng tarqalgan. Konussimon anker (rasm 7.9) 
konik teshikli kolodkadan va konus probkasidan (tiqinidan) tashkil topadi. 
Tutamning  simlari  kolodkadagi  teshiklardan  o„tkaziladi  va  tutam  ikki 
harakatli  domkrat  bilan  tortilgandan  so„ng  domkrat  kichik  silindrining 
porshen  shtoki  bilan  kolodkaga  presslab  konusli  probka  bilan  ponalanadi. 
Probkaning  yuzasi  simlarning  ponalanishini  kuchaytiradigan  narezkalarga 
ega.  Probkada  sement  qorishmasini  kanalga  purkashga  mo„ljallangan 
bo„ylama teshik bor. 
Konussimon  ankerlar  detallarining  o„lchamlari  tutam  turiga  va 
simlarning  soniga  bog„liqdir.  Kolodka  va  probka  yuzalarining  ezilishiga 
yo„l  qo„ymaslik  uchun,  ular  mustahkamligi  yuqori  bo„lgan  po„latlardan: 


96 
 
kolodkalar  –  po„lat  45  yoki  po„lat  5  dan,  konusli  probkalar  esa  –  40X 
po„latidan tayyorlanadi. 
 
 
 
 
Rasm 7.9. Konussimon anker:  
1 – kolodka; 2 – konussimon probka; 
3 – purkash uchun teshik 
 
Konussimon  ankerlar,  shuningdek,  tutamlarni  tirgakka  tortishda 
inventar  elementlar  sifatida  ham  ishlatiladi.  Tortish  kuchlari  betonga 
o„tkazilgandan so„ng bu ankerlar tutamlardan olib qo„yiladi. 
Tutamlar  ankerlarda  simlarning  uchlarini  yo„g„onlashtirish  hisobiga 
ham  mahkamlanishi mumkin. Bu holda simlarning sirpanib ketishi istisno 
qilingani  uchun,  tortishni  bir  harakatli  oddiy  domkratlar  bilan  bajarish 
mumkin. SNIIS da ishlab chiqilgan taranglaydigan monolit va qo„zg„almas 
yig„ma ankerlar (rasm 7.10) ham ishlatiladi. 
Taranglaydigan  monolit  anker  simlarni  o„tkazish  uchun  parmalangan 
teshiklari  bor  po„lat  silindrdan  iborat.  Anker  silindrik  korpusining  ichki 
yuzasiga ankerni domkrat shtoki bilan tutish uchun rezba qilingan. Tashqi 
rezba  tortilgan  tutamni  beton  yuzasiga  mahkamlaydigan  anker  gaykasini 
burashga mo„ljallangan. 
Qo„zg„almas  yig„ma  ankerlar,  odatda,  tutamning  tortuvchi  domkrat 
qarshi  tomonidagi  uchlariga  qo„yiladi.  Bunday  ankerlar  kanavkalari  bor 
plastinkalar  yig„indisidan  iborat.  Plastinkalar  tortuvchi  boltlar  bilan 
birlashtirilganda, simlar uchun teshiklar hosil bo„ladi. 
Uzunligi  katta  bo„lmagan  sterjenli  armaturani  (masalan,  oldindan 


97 
 
zo„riqtirilgan xomutlarni) tortish uchun sterjendagi rezbaga buralgan gayka 
ko„rinishidagi  rezbali  ankerlar  ishlatiladi.  Sterjenlarning  qo„zg„almas 
uchlari  payvand  qilingan  korotishlar,  ilmoqlar  yordamida  yoki  sterjenlar 
uchlarini to„mtoqlash orqali betonga mahkamlanadi (rasm 7.11). 
 
Rasm 7.10. Uchlari yo„g„onlashtirilgan simlar uchun anker: a – monolit tortuvchi anker;  
b – yig„ma qo„zg„almas anker; 1 – po„lat silindr; 2 – gayka; 3 – plastinalar; 4 – vint 
 
 
    
 
 
 
 Rasm 7.11. Sterjenli armaturalarning 
ankerlari: a – rezbali; b – qisqa sterjenlar 
payvandlangani; v – sirtmoq 
payvandlangani; g – uchlari 
yo„g„onlashtirilgani 
 


98 
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish