7.2. Gidroizolyasiya va suv qochirish
Temirbeton
ko„priklar elementlarining uzoqqa chidamliligini
ta‟minlash uchun, ularning konstruksiyasi betonga suv kirishidan
himoyalangan bo„lishi lozim. Suvning betonga davomli ta‟siri ohakning
erishi va yuvilishiga olib keladi. Bu esa beton mustahkamligini pasaytiradi
va uning asta-sekin emirilishiga olib keladi. Bu jarayon ayniqsa navbatma-
navbat muzlab – erishda tez kechadi.
Betonni suv ta‟siridan himoyalash uchun u gidroizolyasiya bilan
qoplanadi. Gidroizolyasiya ballast koritasi plitasi yuzasiga qilinadi (rasm
7.5). Suvning oqishi uchun plita yuzasiga qiyalik beriladi. Izolyasiyaning
chetlari bortlarning maxsus chuqurchalariga mahkamlanadi.
Ballast koritasining gidroizolyasiyasi butun izolyasiya qilingan yuza
bo„yicha suv o„tkazmaydigan bo„lishi, suvga, biologik va kimyoviy
ta‟sirlarga bardoshli bo„lishi, issiq-sovuqqa bardoshli bo„lishi, vaqt
davomida va hisobiy haroratlar intervalida elastikligini yo„qotmasligi,
betonning izolyasiya qilingan yuzasida ruxsat etilgan darzlar paydo
bo„lganida yaxlitligini saqlashi kerak.
Rasm 7.5. Ballast koritasining gidroizolyasiyasi: a – ko„ndalang kesim;
b,v – I va II joylarda izolyasiyani mahkamlash
91
Gidroizolyasiya sement-qum qorishmasi yoki mayda donali betondan
iborat
bo„lgan
tayyorlov
(tekislov)
qatlami
ustiga
surtiladi.
Gidroizolyasiyani yotqizishdan oldin tayyorlov qatlami gruntovka bilan
qoplanadi.
Qurilish
hududining
klimatik
sharoitlariga
bog„liq
holda
gidroizolyasiyaning turli tiplari qo„llaniladi. Bitum mastikali БM–1
indeksli gidroizolyasiya barcha klimatik zonalarda qo„llanilishi mumkin.
Bu gidroizolyasiya qaynoq holda surtiladigan to„rt qatlam bitum
mastikasidan va uch qatlam shishamato yoki lyon – jut-kanop matosidan
iborat (rasm 7.6,
a
). Bitum mastikasining oxirgi (tekislovchi) qatlami
ustiga sement – qum qorishmasi yoki mayda donali betondan iborat
himoya qatlami yotqiziladi. Bu qatlam diametri 2†4mm, yacheyka
o„lchamlari 45†75mm bo„lgan simdan tayyorlangan setka bilan
armaturalanadi. Himoya qatlamining tayyor bo„lgan yuzasiga bitum
gruntovkasi surtiladi.
Izol rulonli gidroizolyasiya (indeksi ИР) yumshoq iqlimli xududlarda
qo„llaniladi. Bu izolyasiya asosiy bo„lmagan rulonli izol va sovuq izol
mastikadan iborat. Izol mastikaning ichida armaturalangan qatlam bo„ladi
va u rulon qatlamlari orasiga yopishtiriladi (rasm 7.6,
b
).
SHimoliy
hududlardagi
ko„priklar uchun sovuq, o„z-o„zidan
vulkanizatsiyalanadigan tiokol mastikalari asosida olingan tiokol mastik
gidroizolyasiya (indeksi TM) qo„llaniladi. Bunday gidroizolyasiya
gruntovka qilingan yuzaga ikki qatlam qilib surtiladi, lekin, bu ikki
qatlamning orasiga armaturalovchi shishamato joylashtiriladi. Tiokol
mastikalarining ishchi tarkiblari tiokol pastasi СM – 1, У – 30 asosida
tayyorlanadi. Tiokol pastasi СM – 1 ni qo„llashdan bevosita oldin unga bir
miqdor vulkanizatsiyalanadigan pasta №30 qo„shiladi. Tiokol pastasi U –
92
30
qo„llanilganda,
unga
vulkanizatsiyalanadigan
pasta
№9,
vulkanizatsiyani tezlashtiruvchi ДФГ, shuningdek plastifikator –
dibutilftalat va erituvchi qo„shiladi.
Rasm 7.6. Izolyasiya qilishning variantlari: a – bitum mastika (БM–1);
b – rulonli izolyasiya (ИР); 1 – himoya qatlami; 2 – bitumli gruntovka;
3 – bitumli mastika; 4 – armaturalovchi material; 5 – izolli gruntovka;
6 – rulonli izol; 7 – izolli mastika
Keskin iqlimli hududlarda, shuningdek, rezinaga o„xshash rulonli
gidroizolyasiya (indeksi РПР) ham qo„llaniladi. Bunda gidroizolyasiya
qilinadign yuzaga ketma – ket ikki qatlam rulon materiali yopishtiriladi.
Rulon materialining tarkibiga texnik rezina, vulkanizatsiyalangan butizol
va armogidrobutil kiradi. Yopishtiruvchi tarkib sifatida sovuq mastika
MББ –X – 120 yoki СВ – 1 elimi qo„llaniladi.
Suv ballast koritasidan plitaning chetlarida joylashgan suv qochiruvchi
quvurchalar (rasm 7.7,a) orqali tushirib yuboriladi. Diametri eng kamida
15sm bo„lgan quvurchalar cho„yandan tayyorlanadi va uning qadami (bir-
biridan uzoqligi) suv to„planadigan yuzaning 1m
2
ga quvurchaning 5sm
2
to„g„ri kelishi hisobidan olinadi. Quvurchalar teshiklari bo„lgan cho„yan
qopqoqlar bilan berkitib qo„yiladi.
To„sinlar stropovkasi uchun (kranga ilish uchun) plitaning ballast
koritasida teshiklar qoldiriladi va ular yaxlit qopqoqlar bilan berkitib
93
qo„yiladi (rasm 7.7,b).
Suv qochiruvchi va stropovka quvurchalarining beton bilan birlashgan
joylari ishonchli darajada gidroizolyasiya qilinishi kerak. Izolyasiyaning
buzilishi suvning o„tib ketishiga va ishqorlanishiga olib keladi. Suv
qochirish tizimining buzilishi sifatsiz ballastni ishlatish va uni
ekspluatatsiya jarayonida ifloslanishi bilan bog„liqdir.
Rasm 7.7. Teshiklar oldidagi izolyasiya: a – suv qochirish quvurchasi; b – stropovka
teshigi; 1 – cho„yan quvurcha; 2 – rastrub; 3 – siquvchi stakan; 4 – teshiklari bor qopqoq;
5 – armaturalangan himoya qatlami; 6 – gidroizolyasiya; 7 – tayyorlov qatlami;
8 – yaxlit qopqoq
Suv qochiruvchi va stropovka teshiklari izolyasiya qatlamining bir
butunligini buzadi, bu esa konstruksiyaning uzoq ishlashini kamaytirishga
olib kelishi mumkin. Oxirgi paytlarda ko„priklarning plitali oraliq
qurilmalarida va stansiyalardagi yo„l o„tkazgichlar konstruksiyalarida
suvni ikki qo„shni bloklar orasidagi tirqishdan tushirib yuborish usuli
qo„llanilmoqda. Shu maqsadda plitalar yuzasiga yo„l o„qi tomonga
yo„nalgan ko„ndalang qiyalik beriladi.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |