Transport inshootlari rekonstruksiyasining maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari reja


Ko‘priklar rekonstruksiyasining boshqa turlari



Download 0,95 Mb.
bet4/5
Sana19.01.2023
Hajmi0,95 Mb.
#900445
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-maruza

4. Ko‘priklar rekonstruksiyasining boshqa turlari
Ichki nogabaritlikni bartaraf etish bilan oraliq qurilmalarning rekonstruksiyasi. Eski ko‘prikning harakati pastda bo‘lgan metall oraliq qurilmalarini ekspuatatsiya qilish jarayonida ularning ichki konturini – yaqinlashuv qurilmasi gabaritini o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Balandligi bo‘yicha ichki nogabaritlikni bartaraf etish uchun odatda portal vaoraliq qurilmalarning bosh fermalari orasidagi ustki ko‘ndalang bog‘lama (kashak) lar qayta quriladi. Bunday qayta qurishning eng ko‘p tarqalgan sxemasi portal ramalari to‘ldirmasini birinchi shokila (ustun) lar tekisligiga, ko‘ndalang tirgakni esa ustki belbog‘lar gorizontal listlar tekisligiga o‘tkazishdan iborat (78-rasm) .


78-rasm. Oraliq qurilma fermasi balandligining o‘zgarishida ustki bog‘lamani qayta qurish sxemasi:1-terma ustuni; 2 – fermaning ustki belbog‘i; 3 – tirgak (hovon);
4 – gorizontal bog‘lamalarning fasonkasi



Oraliq qurilmalarni ko‘tarish. Yo‘lning kapital ta’mirida ballast qatlami qalinligini oshirish bilan yo‘lni ko‘tarish zarurati tug‘iladi. SHuning uchun kichik oraliqli ko‘priklarda ko‘prik polotnosining turi (harakati poperechina yoki ballastda bo‘lganda) va mahalliy sharoitlarga bog‘liq holda oraliq qurilmalarni ko‘tarish yoki shpala ostidagi ballast qalinligini oshirish amalga oshiriladi. Katta oraliqli ko‘priklarda ballast prizmasining qalinlashishi munosabati bilan bo‘ylama profilni pasaytirish kirish yo‘llari ko‘tarmasini kesish orqali bajariladi .
Harakati ballastda bo‘lgan temirbetonli oraliq qurilmalarda yo‘lni ko‘tarish va shpala ostidagi ballast qatlami qalinligini oshirish imkoniyati ballast korita bortiklari va qirg‘oq tayanchlari yon devorlarini oshirish bilan ta’minlanishi mumkin (79-rasm) .
Temirbeton oraliq qurilma bortiklarini oshirish bo‘yicha ishlar inventar paket himoyasi ostida bajariladi . Ko‘priklar ekspluatatsiyasi sharoitida ko‘prik polotnosi turiga bog‘liq bo‘lmagan holda ferma osti plitalari, qirg‘oq tayanchlarining shkaf va yon devorlarini ko‘tarish qo‘llaniladi (80-rasm).

79-rasm. Oraliq qurilma bortigi (yon devorchasi) ning kengaytirish sxemasi: a – ko‘prik o‘qi bo‘ylab to‘sinning ko‘rinishi; b –bortikning ko‘ndalang kesimi; 1 – ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq qurilma; 2 – bortik kengaytmasining temirbetoni; 3 – ekspluatatsiya qilinayotga oraliq qurilmaning bortigi

Oraliq qurilmalarni ko‘tarish bo‘yicha ishlar yukdan bo‘shatuvchi paketlarni qurish orqali bajariladi. Oraliq qurilmani ko‘tarish, yukdan bo‘shatuvchi paketlarni o‘rnatish va uni echib olish “tanaffus” da ishlarni xavfsiz olib borish talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Suvsiz vodiyda joylashgan ko‘priklarda, uncha katta bo‘lmagan oraliq qurilmalarni ko‘tarish MIK S yoki shpal kataklari elementlaridan tayyorlangan, vaqtinchalik tayanchlarda o‘rnatilgan domkratlar yordamida amalga oshiriladi, boshqa hollarda strelali kranlardan foydalanishadi.





80-rasm. Tayanch maydochasi va qirg‘oq tayanchlarining shkaf va yon devorlarini kengaytirish bilan oraliq qurilmani ko‘tarish sxemasi: a – ko‘prik o‘qi bo‘ylab ko‘rinish; b – qirg‘oq tayanchi o‘qiga ko‘ndalang ko‘rinish;1 – ekspluatatsiya qilinayotgan oraliq qurilma; 2 – oraliq tayanchning yangi tayanch maydonchasi; 3 – xuddi shunday qirg‘oq tayanchining; 4 – qirg‘oq tayanchi shkaf va yon devorlarining kengaytirish bloklari;
5 – oraliq qurilma to‘sinlari o‘qi

Zamonaviy sharoitlarda kichik va o‘rtacha ko‘priklar rekonstruksiyasining amaliyotida Sibir aloqa yo‘llari Davlat Universitetining (SGUPS) “Ko‘priklar” laboratoriyasida ishlab chiqilgan, “Temir yo‘llar ko‘priklari oraliq qurilmalarini ko‘tarish uchun texnologik majmua” si tatbig‘ini topmoqda (81-rasm).


Mazkur majmua oraliq qurilmalarni ko‘tarish uchun rama va zaruriy gidravlik asbob-uskunalardan tashkil topgan. Uning qo‘llanishi oraliq qurilmalarni ko‘tarish bo‘yicha ishlarni bajarish uchun taqdim etilgan “tanaffus” ni ancha qisqartiradi.





81-rasm. SAYDU (SGUPS) ishlab chiqqan temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilmalarini ko‘tarish uchun texnologik majmua1






Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish