Transmissiyaning chizmalari va vazifasi



Download 81 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi81 Kb.
#597979
Bog'liq
Transmissiyaning chizmalari va vazifasi


Aim.uz

Transmissiyaning chizmalari va vazifasi.
Reja.
1. Avtomobil transmissiyasining vazifasi.
2. Avtomobil transmissiyasining chizmasi.
3. Uch o’qli KamAZ yuk avtomobilining mexanik transmissiyasi.
4. Elektromexanik transmissiyalar.

Vazifasi. Avtomobil transmissiyasi burovch (aylantiruvchi) momentni dvigateldan yetaklovchi g'ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi. Bunda uzatilayotgan aylantiruvchi moment miqdor jihatidan o'zgaradi va belgilangan nisbatda yetaklovchi g'ildiraklar orasida taqsimlanadi.


Avtomobilning yetaklovchi g'ildiraklaridagi aylantiruvchi moment dvigatel tirsakli valining burchak tezligini yetaklovchi g'ildiraklarning burchak tezligiga nisbatiga teng bo'lgan transmissiyaning uzatish soniga bog'liq bo'ladi. Transmissiyaning uzatish soni avtomobilning vazifasiga, undagi dvigatelning parametrlariga va talab etiladigan dinamik sifatlariga qarab tanlanadi.
Transmissiya aylantiruvchi momentni uzatish usuliga qarab mexanik, gidravlik, elektrik va murakkab (aralash) turlarga (gidromexanik, elektromexanik) bo'linadi. Avtomobillarda uzatuvchi mexanizmlari deformatsiyalanmaydigan qattiq elementlardan (metall valllar va shesternalar) iborat bo'lgan mexanik transmissiyalar ancha ko'p tarqalgan. "LIКINO" va "L’VOV" zavodlarining avtobuslarida, shuningdek, katta yuk tashuvchi BeLAZ avtomobillarida uzatmalar avtomatik ravishda almashlab ulanadigan gidromexanik transmissiyalar qo'llarulmoqda. Katta yuk tashuvchi BeLAZ avtomobillarining bir qismi motor-g'ildirakli elektromexanik transmissiyaga ega.
Avtomobil transmissiyasining chizmasi. U avtomobilning umumiy kompanovkasidan, ya'ni dvigatelni joylashtirilishi, yetaklovchi ko'priklarni joylashishi va soni, transmissiyaning ko'rinishidan aniqlanadi.
G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan mexanik transmissiyali avtomobillarda ko'pincha dvigatel oldinda joylashgan, orqa g'ildiraklar yetaklovchi va transmissiya agregatlari markazda joylashgan bo'ladi. Bu yerda (75-chizma, a) dvigatel (1), ilashma (2) va uzatmalar qutisi (3) bitta blokka birlashtirilgan va kuch agregatini hosil qilgan. Aylantiruvchi moment uzatmalar qutisidan (3) kardanli uzatma (4) vositasida orqa yetaklovchi ko'prikka (5) uzatiladi.
G'ildirak formulasi 4x2 bo'lgan BA3-2108 old yuritmali avtomobilning transmissiyasi (75-chizma,b) muhim farqqa ega. Ushbu chizmaning o'ziga xos tomoni, boshqariladigan g'ildirakli oldingi ko'prikni yetaklovchi qilinganligidir.
Bu esa dvigatel (1), ilashma (2), uzatmalar qutisi (3), yetaklovchi ko'prik mexanizmlari (5) (asosiy uzatma va differensial) oldingi boshqariladigan g'ildiraklar bilan biriktirilgan burchakli tezligi teng kardanli sharnirlarni (6) yagona kuch agregatiga birlashtirishni talab etdi.


75-chizma. Transmissiya shakllari:
a- 4x2 avtomobilning;
b-old yuritmali 4x2 avtomobilning;
d- 4x4 avtomobilning;
e- 6x4 avtomobilning transmissiyasi.

Oldingi va orqa ko’priklari yetaklovchi bo’lgan avtomobil transmissiyasining shakli 75-chizma, d da keltirilgan (UAZ-469 avtomobili). Bu chizmaning o’ziga xos tomoni shundaki, transmissiyada aylantiruvchi lahzani oraliq kardanli vallar (9) orqali oldingi (8) va orqadagi (5) yetaklovchi ko’priklarga uzatuvchi taqsimlash qutisi qo’llanadi.


Taqsimlash qutisida old ko’prikni ulash hamda uzish uchun qurilma va avtomobil g’ildiraklaridagi aylantiruvchi lahzani zarur paytda sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi qo’shimcha pasaytirish uzatmasi mavjud.
Uch o’qli KamAZ yuk avtomobilidagi mexanik transmissiyaning shakli (75- chizma, e) da keltirilgan. Bu avtomobillarda o’rta (10) va orqa (5) ko’priklar yetaklovchidir. Ularga aylantiruvchi lahza bitta kardanli val (4) bilan uzatiladi, o’rta ko’prikning asosiy uzatmasida esa o’qlararo differensial va orqa ko’prik yuritmasining kardanli valiga (11) aylantiruvchi lahza uzatuvchi o’tish vali ko’zda tutilgan. Uch o’qli avtomobillar transmissiyasining boshqa chizmalarida yetaklovchi ko’priklarga aylantiruvchi lahza taqsimlash qutisidan alohida kardanli vallar yordamida uzatish mumkin (Ural-375).
Elektromexanik transmissiyali avtomobillarda (BeLAZ) dizel dvigateli o’zgarmas tok generatorini aylantiradi, undan energiya simlar orqali g’ildiraklar elektr dvigateliga uzatiladi. G’ildirak elektr dvigateli pasaytiruvchi mexanik reduktor bilan birgalikda g’ildirak gardishiga (to’g’iniga) o’rnatiladi. Bunday konstruksiyani elektromotor-g’ildirak deyiladi.
Tayanch iboralar: transmissiya, yetaklovchi g’ildirak, aylantiruvchi lahza, taqsimlash, burchak tezligi, mexanik, gidravlik, elektrik, murakkab (aralash), gidromexanik, elektromexanik, g’ildarak formulasi, taqsimlash ko’priklari, uch o’qli, elektromotor-g’ildiraklar.
NAZORAT SAVOLLARI.
1. Avtomobil transmissiyasining vazifasi nima?
2. Uzatish usuliga qarab qanday turlarga bo’linadi?
3. G’ildirak formulasi deganda nimani tushinasiz?
4. Elektromexanik transmissiyalarning ishlashini tushintiring.



Aim.uz



Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish