Transkripsiya. Transkripsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovush-larning turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llaydigan ma’lum belgilar tizimidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun xizmat qilgan yozuv – transkripsiya (lotincha transc-cviptio- qayta yozish) deb ataladi.
Transkripsiya uchun u yoki bu xalq iste’molidagi lotin, rus, o‘zbek alfaviti kabi) traditsion alfavitdan o‘rni bilan ma’lum bir o‘zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. SHuning uchun ham transkripsiyada belgilar soni o‘ziga asos bo‘lgan alfavitdagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi.
Transkripsiya ikki xil bo‘ladi:
1.Xalqaro transkripsiya. Bu transkripsiya lotin alifbosiga asoslanadi.
2. Milliy transkripsiya. Bu har tilning amalda bo‘lgan yozuv tizimiga asoslanadi. O‘zbek shevalarini yozib olishda qo‘llanadigan transkripsion tizim professor V.V.Reshetov tomonidan ishlab chiqilgan va u rus alifbosi asosida o‘zbek grafikasiga asoslanadi, lekin o‘zbek dialektologlari garchand V.V.Reshetov transkripsiyasiga asoslansalar-da, shevalarni yozib olishda har doim ham unga to‘la rioya qilmaydilar, chunki shevalardagi tovushlarni belgilashda har bir tadqiqotchi ma’lum darajada erkinlikka erishishlariga ruxsat etiladi.
Transkripsiya til tarixini o‘rganishda ham qo‘llaniladi. Bunda yodgor-liklarda u yoki bu tovushning talaffuz me’yorini belgilash zaruriyatidan kelib chiqadi.
Transkripsiyaning fonetik transkripsiya, fonematik yoki fonolo-gik transkripsiya kabi turlari bor.
Ma’lum bir maqsad uchun turli sohalar bo‘yicha ishlatiladigan trans-kripsiyalarning aniqlik darajasi bir xil emas.
Lingvistik asarlar (qiyosiy va tarixiy grammatikalar, etimologik lug‘atlar, turli til matnlaridan namunalar va shu kabilar) ni nashr etganda transliteratsiyadan foydalanishsa ham, qardosh tillarning fonetikasi qiyos qilinganda, dialektologik ishlarda va dialektologiya fanida fonetik transkripsiyadan foydalaniladi. Xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarini nashr etganda mavjud alfavitdan foydalanilsa, bu yodgorliklar dialektal qimmatini yo‘qotadi. SHuning uchun ularning talaffuz xususiyatlarini mumkin qadar saqlash maqsadida fonetik transkripsiya qo‘llanadi.
Transkripsiya chet tili va ona tili orfoepiyasiga oid ishlarda ham keng qo‘llanadi.
Mohiyat jihatidan eng aniq transkripsiya fonetik transkripsiyadir. Bu transkripsiya umumiy va xususiy fonetika, shu qatori eksperimental fonetika yutuqlariga asoslanadi. Tillardagi nutq tovushlarini fonetik transkripsiya uchun tanlangan alfavit orqali ifoda qilib bo‘lmasa, boshqa tillar alfavitidan harflar olinadi yoki harflar yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi. Fonetik transkripsiyaning vazifasi – tilda mavjud bo‘lgan hamma tovushlarni yozuvda aks ettirishidir. Faqat fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkripsiya – fonologik transkripsiya deyiladi.