RNK polimeraza Transkripsiyani amalga oshiruvchi eng muhim ferment bu RNK polimeraza boʻlib, bu ferment bir zanjirli DNKdan andoza sifatida foydalanib komplimentar RNK sintez qiladi. RNK polimeraza yangi nukleotidlarni 3ʻ oxiriga 5ʼ dan 3ʼ yoʻnalishiga biriktirib, RNK zanjirini sintez qiladi.
RNK polimeraza andoza DNK zanjiriga komplimentar RNK zanjirini sintez qiladi. Andoza DNK zanjiri 3ʼ- 5ʼ yoʻnalishda oʻqilganda, RNK zanjiri 5ʼ- 3ʼ yoʻnalishda sintezlanadi. Andoza DNK zanjiri va RNK zanjiri antiparalleldir.
RNK transkript: 5ʼ-UGGUAGU...-3ʼ (nuqtalar 3ʼ oxiriga hali ham nukleotidlar qoʻshilishi davom etayotganini bildiradi) DNK andoza: 3ʼ-ASSATSAGTS-5ʼ
Transkripsiya bosqichlari Gen transkripsiyasi uchta bosqichdan iborat: initsiatsiya, elongatsiya va terminatsiya. Bu maqolada bakteriyada ushbu bosqichlar qanday amalga oshishini koʻrib chiqamiz. Har bir bosqich haqida chuqurroq maʼlumot olish uchun transkripsiya bosqichlari maqolasini koʻrib chiqing.
Initsiatsiya. RNK polimeraza gen boshlanish qismiga yaqin joyda DNK ketma-ketligining promoter deb nomlangan nuqtasiga bogʻlanadi. Har bir gen (bakteriyada genlar guruhi) oʻz promoteriga ega. DNKga bogʻlangan RNK polimeraza spiralni ochadi va transkripsiya uchun bitta zanjir hosil boʻlishini taʼminlaydi.
Promoter transkripsiyalanuvchi qismdan biroz oldinroqda joylashadi. Bu qism RNK polimeraza taniydigan va yordamchi oqsillar bogʻlanishini taʼminlaydigan nuqtalarni oʻz ichiga oladi. DNK promoter qismidan ochilib, transkripsiya uchun tayyor holatga keladi.
Elongatsiya. DNKdagi andoza zanjir RNK polimeraza uchun andoza boʻlib xizmat qiladi. Ushbu andozani “oʻqish” davomida polimeraza komplimentar nukleotidlardan 5ʼ-3ʼ yoʻnalishida RNK molekulasini sintezlaydi. RNK transkript andoza boʻlmagan (kodlovchi) zanjirdagi ketma-ketlik bilan bir xil nukleotidlarga ega, lekin uratsil (U) asosi oʻrnida timin (T) asosi boʻladi.
[5ʼ va 3ʼ nimani anglatadi?]
RNK polimeraza DNK andoza zanjiriga komplimentar RNK transkriptini 5ʼ dan 3ʼ ga tomon sintez qiladi. U andoza zanjiri boʻylab 3ʼ-5ʼ yoʻnalishi boʻyicha oldinga siljiydi va DNK qoʻsh spiralini ochadi. Sintezlangan RNK qisqa vaqt davomida andoza zanjirga bogʻlangan holda qoladi, soʻngra polimeraza olib tashlanadi, bu DNKga zanjirlarni yopib, yana qoʻsh spiral hosil qilish imkonini beradi.
Bu misolda kodlovchi zanjir, andoza zanjir va RNK transkript ketma-ketligi:
Kodlovchi zanjir: 5ʼ - ATGATSTSGTAA-3ʼ
Andoza zanjir: 3ʼ-TASTAGAGSATT-5ʼ
RNK: 5ʼ-AUGAUS...-3ʼ (nuqtalar 3ʼ oxirga hali ham nukleotidlar birikayotganini bildiradi)
Terminatsiya.Terminator deb nomlangan nukleotidlar ketma-ketligi RNK sintezi tugaganini bildiradi. Transkripsiya tugagach, transkript polimerazadan ajraladi. Quyida koʻrsatilganidek, terminatsiya mexanizmi RNKda toʻgʻnagʻich hosil boʻlishini oʻz ichiga oladi.
DNK terminatori RNKdagi U nukleotidlaridan iborat toʻgʻnagʻich shaklidagi qismni kodlaydi. Transkriptdagi bu toʻgʻnagʻich RNK polimerazani toʻxtatadi. Undan soʻng keladigan