VIII. MAROSIMLAR, URF-ODATLAR LEKSIKASI Nikoh to‘yidagi marosimlarida ishlatiladigan so‘zlar uchun savollar. Yigit va qizning birgalikda turmush qurishini nishonlash munosabati bilan o‘tkazliadigan marosim nomi.
O‘g‘il va qiz bolaning chaqaloqlik paytlaridayoq bir-birlariga unashtirib qo‘yish odatlarining nomlari?
Qizni birinchi marta kelinlikka so‘rab borish odatining nomi.
Ota-onasining qizini berishiga rozi bo‘lganidan keyin sovchilarning maxsus tugunlari bilan ikki marta borish odatining nomi.
Kelin oluvchilarning qizi bo‘lgan xonadonga ko‘p marta sovchilkka borish odati.
Qizni unashtirish uchun birinchi marta olib boriladigan sovg‘aning nomi.
O‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lgan tomonning qizni borib ko‘rishi va aksincha qiz tomonning bo‘lajak kuyovni ko‘rish uchun uyiga borish odati qanday ataladi?
Qiz yigitga unashilgandan keyin yigit tomondagilarning qiz uyiga olib boradigan sovg‘aning nomi.
Qizni yigitga unashtirishda qudalar ahdining mustahkam ekanligining dalili sifatida yigit tomon olib kelgan nondan sindirib yeyish odatining nomi.
To‘y tayyorgarligida yordamlashgan kishilarga, quda bilan borganlarga, mashina haydovchi shofyorga beriladigan ro‘molcha yoki oq tovar nomi.
Qiznikiga katta tugun olib borilganda 5-6 kundan keyin kuyov tomonga sovg‘a jo‘natish odatining nomi.
Unashtirgan qiz tomonga kuyov tomondan har payshanba kuni olib boriladigan sovg‘aning nomi.
Kuyov tomondagilarning bo‘lajak kelinga bayram kunlari olib boradigan sovg‘asi.
Qizni kelin qilib oluvchilarning qiz ota-onasiga (avval shartlashib olganlariga ko‘ra)beradigan,pul va boshqa narsalarning nomi.
Qiz uzatishga unga ota-onasi tomonidan berib yuboriladigan mol,bisot, narsalar nomi uchun qanday so‘z ishlatiladi?
Ota-onaning o‘z qizini unashtirishgan yigitga berishi aniq bo‘lganidan keyin qiz tomonda o‘tkaziladigan rasmiy marosimning nomi.
Ba’zan qiz ota-onasining Fotiha to‘yi o‘tkazmay,uning o‘rniga qudasi tomonidan jo‘natilgan sovg‘a-salomlar bilan qo‘ni-qo‘shni va qarindosh-urug‘larini chaqirib ziyofat qilish odat qanday so‘z bilan ifodalandi?
Fotiha to‘yida qiz tomonga sovg‘alar olib kelgan idishlarga kuyov sarpo va boshqa oziq-ovqat solib kuyovnikiga berish odat nomi.
Fotiha to‘yidan keyin qiz tomondagilarning kuyov uyiga olib boradigan turli xil oziq-ovqatlarining umumiy nomi.
Fotiha to‘yidan 34 kun keyin kuyov tomondagilarning o‘z qudasiga tayyor osh yki osh masalliqlari bilan birga sovg‘a-salom olib borib, hol-ahvol so‘rash odatining nomi.
Fotiha to‘yidan keyin qiz tomonning qiz ishlagan joydagi rahbarlarni chaqirib ziyofat qilish odatining nomi.
Unashtirilgan qizning o‘z dugonalarini chaqirib mehmon qilish odati .
Kuyov yigit biror sabab bilan qiz yashaydigan joyga borib qolganda, shu joyda yashaydigan kishilarning undan oladigan pulning nomi.
Unashtirilgan qiz yashaydiga uyga yaqinroq joyda bo‘layotgan to‘yga kelgan kuyov yigitning uyiga kirgizdirib yuboradigan bir tovoq oshi yoki boshqa biror sovg‘asining nomi.
Uylanadigan yigitning kuchi ,g‘ayrati, epchilligini sinab ko‘rish maqsadida o‘tin yordirib ko‘rish odatining nomi.
To‘y bo‘lishidan 5-6 kun avval kelin tomonga yuboriladigan qo‘y, guruch, un,sabzi-piyoz,qand-qurs, kabi sovg‘alar yog‘indisining umumiy nomi.
Kelin uchun tiktirilgan ust-boshlarga atab kuyov tomonidan beriladigan pulning nomi.
Unashtirilgan qizning to‘ydan 1-2 kun avval o‘z dugonalariga beradigan ziyofat-bazmining nomi.
To‘y kuni kiyovnikiga olib boriladigan oziq-ovqatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish maqsadida uyishtiriladigan marosim.
To‘yda rahbarlik tashkilotchilik vazifasini bajaruvchi shaxsni kim deb ataysizlar?
To‘y qiluvchi xonadonga olib boriladigan sovg‘a .
To‘yga olib boriladigan sovg‘a turining to‘qqiztadan bo‘lish odati qanday so‘z bilan ifodalanadi?
Kelinni olib kelish uchun borgan shaxslarning ,shuningdek, kuyovnavkar tugagandan so‘ng kelinchakning oldiga kirayotgan kuyov og‘ziga un surtish odati bo‘lsa,uni qanday ayatsizlar?
Nikoh to‘yi kuni olib ketiladigan qizni dugonalari va qo‘ni-qo‘shnilarning yashirib qo‘yish odati.
Nikoh qilingan qizning sochini tarab va o‘rib ,uni olib ketishga tayyorlab qo‘yish odatini nima deb ataysizlar?
To‘y kuni qizni yashirgan dugonalari va qo‘ni-qo‘shnilarga beriladigan haq qanday nomlanadi?
Kelinni kuyovning uyiga olib borib qo‘yish marosimining nomi.
Kelinni kuyovnikiga olib kelinayotgan paytda biror narsa undirish maqsadida, u tushgan transportning oldini to‘sish odati qanday ataladi?
Kuyovning uyi oldida kelinni kutib turuvchilarning o‘t yoqib turish odati bo‘lsa, uni qanday ayatsizlar?
Kelinni olib kelgan aravakashga beriladigan kira haqqining nomi.
Kelinni olib kelgan xotin-qizlarga oq qand solib choy ichirish yoki qatiq ichirish odatining nomi.
To‘y kuni yoki ertasiga kuyov uyiga kelgan kelinchakning dastavval qaynona, qaynota va boshqa qarindoshlariga hurmat va odob yuzasidan salom berish odatining nomi.
To‘y kunikuyov uyiga olib kelingan kelinning oyog‘i tagiga biror jonlik so‘yish odati bormi, bo‘lsa,uni qanday ayatsizlar?
Nikoh to‘yining birinchi kechasi kuyov bilan kelinning boshqalardan holi o‘tirishi va tunashi uchun uy burchagiga tortilgan oq chodir yoki gulli choyshab,parda nomi.
Kelin tushirilgach, uning seplarini uyning to‘rt tomoniga maxsus tayyorlangan mix, ip, xodalarga ilib qo‘yib,namoyish qilish odatining nomi.
To‘y kuni kelinchakchi olib elgan shaxslar uchun tayyorlanadigan taom nomi.
Kuyov o‘rtoqlarining kuyovnavkar marosimini o‘tkazish uchun uyga kirish paytida yoki to‘y tugagandan so‘ng kuyovning oldiga kirish paytida ayollarning biror sovg‘a yoki pul undirish odatiga oid nomlar.
Kuyovga qudalar tomonidan olib kelingan ust-boshlar nomi.
Kuyov-kelinga joy soluvchi kampirlarning kuyovdan sovg‘a olish maqsadida ko‘rpaning ustiga yotib olish odatining nomi.
Kuyovning yotish paytidan uning etigini yechiib qo‘ygan shaxsga beriladigan pulning nomi.
Kelin-kuyov tepasiga tanga, qand-konfet kabi narsalar sochish odatining nomi.
Yangalarning kuyov-kelin qo‘liga oyna tutqazib,bir-birlarining chiroyini so‘rash odatining nomi.
To‘yning birinchi kechasi ,ko‘zguga qarash odati bajarilgandan keyin ,kuyovning kelinchak sochini silash odati.
To‘y kuni kuyov va uning o‘rtoqlari tomonidan qizinikiga olib boriladigan yoki to‘yga qo‘yiladigan turli xil meva-chechaklar uchun sizlarda qanday so‘z ishlatiladi?
Kelinchak bilan birinchi kechani o‘tkazgan kuyovning erta bilan chiqib ketishda yangalar xizmatiga atab yostiq tagida pul qoldiradigan odatning nomi.
Kelinchakning yuzini ochishga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosim nomi
Yuzochdi marosimi kuni marosim qatnashchilariga qilib beriladigan osh nomi.
Yuzochdi marosimi kuni kuyovning onasiga qudasi tomonidan beriladigan birinchi sep nomi.
Olib kelingan seplar tarqatib bo‘lingandan keyin kelin onasiga beriladigan ko‘ylakning nomi.
Yuzochdi marosimi kuni vakil ota, vakil onaning kelinchak uyiga qilib keladigan oshning nomi.
Kuyovning ota-onasi va boshqa qarindoshlari,shuningdek , qo‘ni-qo‘shni ayollarning to‘ydan so‘ng kelinchakni ko‘rgani kelish odatining nomi.
Kuyovning ota-onasi va boshqa qarindoshlarining kelinni ko‘rishga kirganda beradigan sobg‘a, tortiqlarining nomi.
Kelin ota-onasining uni o‘z uylariga chaqirib mehmon qilish odati.
To‘ydan bir necha kun o‘tgach , chimildiq yig‘ishtirib qo‘yish odati.