VI. Zargarlik
Qiz to‘yida kuyovning, xatna to‘yida to‘ybolaning bosh kiyimiga taqaladigan ukpar va qimmatbaho toshlar bilan bezatiladigan ziynat buyumining nomi.
Tilladan yasalgan yoki tilla suvi yugurtirilgan xotin-qizlar peshonaga taqadigan bezak buyum nomi.
Xotin-qizlar taqadigan, o‘rtasida qoshi bo‘lgan ziynat buyumini nima deb ataysizlar?
Xotin-qizlar burnini teshib taqadigan, yumaloq shaklidagi bezak buyum.
Quloqqa taqiladigan turli xil shakldagi bezak nomlarini sharhlang.
Ipga tizib yasalgan, qator-qator munchoqlardan (durdan) iborat xotin-qizlar bo‘yniga taqadigan bezak buyum.
Oltin yoki kumushdan tayyorlangan xotin-qizlar bo‘yniga osib yuradigan ziynat buyumni nima deysizlar?
Xotin-qizlar bo‘yniga taqadigan kumush tangalardan yasalgan bezak buyum nomi.
Ko‘krakka yoki yoqaga taqiladigan to‘g‘nash vazifasini ham o‘taydigan ziynat buyumni nima deb ataysizlar?
Oltin, kumush yoki jezdan yasalgan bilakka taqiladigan buyum nomi.
Bezak uchun barmoqqa taqiladigan halqasimon metall buyum nima?
Kumush tangalardan iborat xotin-qizlar soch o‘rimlariga taqadigan bezak buyumning nomi.
Xotin-qizlar kiyim ustidan bo‘yniga osiladigan yoki yelkaga osib, qo‘ltiqqa tushurib yuborladigan bezagining nomi? Sizlarda yana qanday zeb-ziynat buyumlari qo‘llanadi? Yangi paydo bo‘lgan ziynat buyumlari bormi?
Zeb-ziynat buyumlari (uzuk, bilaguzuk va b.) haqida aytiladigan qo‘shiqlar, laparlardan aytib bersangiz.
VII. Maishiy leksika
1. O‘t yoqish uchun bir boshiga yonuvchi modda surkalgan cho‘p nomi.
2. Gugurt solingan qutining nomi bormi?
3. Ilgari paxtadan eshilgan pilik va idishdan iborat shishasiz chiroqni qanday nom bilan ataganlar?
4. Ikki uchidagi ilmog‘iga chelak osib yelkada suv tashiydigan yog‘och buyum nomi.
5. Go‘shtni qiyma qilishda qo‘llanadigan asbobni nima deb ataysizlar?
6. Qozon, idish kabi narsalar og‘zini berkitib turadigan buyumning nomi.
7. Choy qaynatadigan idishni nomini aytsangiz.
8. Asosan choy ichish uchun qo‘llaniladadigan idishni nima deb ataysizlar?
9. Undan kattaroq, suyuqlik va suyuq ovqat solib ichiladiganini-chi?
Choynak, piyolaning darz ketgan joyini nima deysizlar?
To‘garak shaklda, yassi, qirg‘og‘i ko‘tarilgan chinni idish nomi nima
12. Undan kichigi-chi?
13. Tunuka tovoqni nima deb ataysizlar?
14. Non, qand-qurs solib dasturxonga qo‘yiladigan yassi, chetlari sal qayrilgan idishning nomini aytsangiz.
15. Katta, chuqur, to‘garak, xamir qiladigan yoki kir yuvadigan idish nomi.
16. Yog‘ochdan ishlangan katta tovoq nomi
17. Yog‘och yoki qovoqdan ishlangan (yog‘ yoki boshqa narsalar solinadigan ) idish nomini aytsangiz.
18. Ovqat yeyish yoki ichish uchun ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumi va uning turlarini aytib bersangiz.
19. Suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun ishlatiladigan uzun dastali buyum nomi.
20. Novda yoki simdan to‘qilgan xamir ovqatlarni suzib olish uchun ishlatiladigan buyumni nima deb ataysizlar?
21. Biror idishdan suv olish uchun qo‘llaniladigan stakan shaklidagi dastali idishning nomi.
22. Og‘zi tor idishlarga suyuqlik quyish uchun ishlatiladigan og‘zi keng, tagi naychasimon idishni qanday nom bilan ataysizlar?
23. Katta, cho‘ziq, tunuka tog‘orani nima deysizlar?
24. Ikkita qulog‘i, qopqog‘i bo‘lgan asosan ovqat pishiriladigan yoki oziq-ovqat solib qo‘yiladigan metall idish qanday nom bilan ataladi?
25. Qatiq ivitish uchun ishlatiladigan sopol idish nomi.
26. Suv solish tashish uchun ishlatiladigan qorni keng, bo‘g‘zi ingichka, bir tomonda dastasi bor sopol idish nomini aytsangiz.
27. Suv saqlash, tashish uchun ishlatiladigan dastasi yoysimon idishni nima deb ataysizlar?
28. Quduq boshiga qo‘yilgan, quduqdan suv oladigan chelakning alohida nomi bormi?
29. Yog‘, kerosin solinadigan tunuka idish nomi.
30. Ilgari donni chiptadan ishlangan idishga solganlar, shuning nomi nima?
31. Jo‘mrakli sopol qumg‘on nomi?
32. Ovqat pishirish, suv isitish uchun qo‘llaniladigan quyma cho‘yan idish va uning katta-kichik turlarining nomini aytib bersangiz?
33. Ilgari cho‘mich, qoshiq, yog‘och tovoqlar maxsus idishga solib qo‘yilar ekan, shu idishning nomi nima?
34. Qozonni o‘choqdan olib boshqa joyga qo‘yganda tagiga doira shaklidagi narsa qo‘yiladi. Shu buyum nomini aytsangiz?
35. Qozon yuvadigan sochiq nomi.
36. Qozonni qirib tozalaydigan buyum nomi.
37. Yonib yoki qizib turgan narsani, cho‘g‘ni qisib olish, olovni tuzatish uchun ishlatiladigan asbobni nima deb ataysizlar?
38. Xamir yoyish, non yasash uchun ishlatiladigan maxsus taxtani nima deb ataysizlar?
39. Xamir yoyish, non yasash uchun qo‘llanadigan, odatda, oshlangan teridan qilingan dasturxonsimon buyum nomi.
40. Xamir yoyish uchun qo‘llanadigan uzun cilliq tayoqcha nomi.
41. Kattasi va kichigi qanday nomlanadi?
42. Un supurib oladigan sochiqni nima deb ataysizlar?
43. Qozon qopqog‘iga o‘rab palov damlaydigan dasturxonni nima deysizlar?
44. Yog‘och gardishga xom teri qoplangan, g‘allani yelpish, sovirish uchun ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumining nomi.
45. Yog‘och gardishga to‘r qoplangan, un elash uchun qo‘llaniladigan asbob nomi.
46. Don elanadigan, siyrak to‘rli katta elakni nima deb ataysizlar?
47. Mayda ko‘zlisini-chi?
48. Don yanchish, un tortish uchun qo‘llaniladigan xonaki asbob nomi.
49. Novda, chiviq, sim kabilardan to‘qilgan idish nomi.
50. Kiyim-kechak, gazlama kabi narsalar saqlanadigan, qopqoqli, katta yashikka o‘xshash buyumni nima deb ataysizlar?
51. Jundan bosib tayyorlanadigan qalin palos nomi.
52. Kigizning qanday turlari bor?
53. Kigiz tayyorlovchi ustalarni kim deb ataysizlar?
54. Bir kishi o‘tiradigan kigiz nomi.
55. Odatda jun, ipakdan to‘qiladigan, yerga, polga to‘shaladigan yoki bezak tariqasida devorga osib qo‘yiladigan buyum nomini aytsangiz.
56. Paxta, jun, ipak tolasidan ingichka qilib yigirilgan tikuv, to‘quv materialining nomi.
57. O‘rab qo‘yilgan tayyor ipni nima deysizlar?
58. Yigirishga tayyorlab qo‘yilgan paxtaning nomini aytsangiz.
59. Jun savalaydigan uzun xipchin nomi.
60. Ko‘rpa-to‘shakka, to‘nga solish uchun tayyorlab qo‘yilgan paxta tutamining nomi.
61. Ip o‘rash uchun moslangan buyum nomi.
62. Ip yigiradigan, maxsus ishlangan uzun tayyoqcha nomi.
63. Zig‘ir, kanop poyasi tolalaridan, ipdan yoki jundan eshib tayyorlangan, bog‘lash uchun ishlatiladigan buyum nomi.
64. Daraxt shoxiga yoki imorat yog‘ochiga osib, ikki uchi qo‘shib bog‘langan arqon nomi.
65. Beshik ustiga yopiladigan chit, mato nomi.
66. Beshik ustiga yopiladigan paxtalik yupqa ko‘rpachani nima deysizlar?
67. Bolalar uchun maxsus qilingan kichik to‘shakcha, ko‘rpacha nomi.
68. Bosh ostiga qo‘yib yotish, yonboshlash, suyanish uchun ishlatiladigan yumshoq buyumni qanday nom bilan ataysizlar?
69. Arg‘imchoqdek yoki beshikdek tebratib, bola uxlatadigan moslamani nima deb ataysizlar?
70. Yuz-qo‘l artish uchun ishlatiladigan mato buyum nomi.
71. Hammomga kirganda beldan pastni berkitish uchun bog‘lanadigan matoni nima deb ataysizlar?
72. Ziynat uchun uy ichidagi mixga, qoziqqa osib qo‘yiladigan gulli bezak buyum nomini aytsangiz.
73. Yotganda, uxlaganda yopinadigan ichiga paxta solinib qavilgan buyum, umuman uxlaganda yopinadigan bumlar nomini aytsangiz.
74. Yotish yoki o‘tirish uchun mo‘ljallab, qalin yoki yupqaroq qilib paxta, jun tiqib yasalgan o‘rin-bosh anjomini nima deysizlar?
75. Siyoh quyib qo‘yiladigan yozuv-chizuv asbobini nima der edilar?
76. Uydagi havoni tozalab turadigan, shamol beradigan parrakli asbobni qanday ataysizlar?
77. Chertib chalinadigan, yog‘och gardishga teri qoplab yasalgan musiqa asbobini nima deysizlar?
78. Sizlarda yana qanday musiqa asboblari bor, nomlarini aytsangiz?
79. Ov qilinadigan quyon, tulki kabi hayvonlarni ilintirish, tutish uchun qo‘llanadigan temir moslama nomi.
80. Sichqon tutadigani-chi?
81. Qushlarni cho‘chitib, ulardan poliz va bog‘larni qo‘riqlash uchun o‘rnatilgan qo‘g‘irchoqdek yasama odam shaklini nima deb ataysizlar?
82. Kiyim-kechak tikishda barmoq uchiga kiydiriladigan metall buyum nomi.
83. Soch-soqol olish uchun ishlatiladigan o‘tkir tig‘li po‘lat asbobni nima deb ataysizlar?
84. Qadash, to‘g‘nash, mahkamlash uchun qo‘llanadigan bir uchi to‘mtoq, ikkinchi uchi ignasimon moslama nomi.
85. Xotin-qizlar sochiga qadaladigan tutqich hamda ko‘krakka, yoqaga taqiladigan ziynat buyumlar nomi aytib bersangiz.
86. Teshigidan ip o‘tkazib, narsa tikiladigan ingichka metall buyum nomi.
87. Qop kabi qalinroq narsalarni tikish uchun ishlatiladigan katta egik, yoki uchi ilmoqli ignani qanday ataysizlar?
88. Eshik, sandiq kabi narsalarni berkitish uchun temirdan yasalgan maxsus buyum, moslama.
89. Qulfni ochadigan asbob nomi.
90. Ikki yoni yog‘och va unga mahkamlangan pog‘onalardan iborat, yuqoriga chiqish va tushish uchun ishlatiladigan imoratning bo‘lagi nima?
91. G‘isht, tosh, go‘ng kabi yuklarni tashish uchun qo‘llanadigan ikki tomonida ikkita dastasi bo‘lgan ish qurolini nima deb ataysizlar?
92. O‘sha asbobning g‘ildiraklisini-chi?
93. Supurib-sidirish uchun dastalab, bog‘lab yasalgan ro‘zg‘or buyumining nomini aytsangiz?
94. Katta supurgini nima deysizlar?
95. Supurgandan so‘ng to‘plangan yig‘indi nomi.
96. Donni urib tuyish, ezib maydalash uchun ishlatiladigan ichi o‘yiq g‘o‘ladan iborat ro‘zg‘or buyumini qanday ataysizlar?
97. Uning sopi, dastasining nomi-chi?
98. Tuz, nos kabi narsalarni tuyish uchun qo‘llanadigan kichik o‘g‘ir nomi?
99. Qosh, tuklarni terib, yulib olish uchun ishlatiladigan qisqich asbob nomi?
100. Suzma suzadigan xalqa nomi.
101. Sochiluvchi narsalar (don-dun, sabzi-piyoz va shu kabilar) solib qo‘yiladigan mato, chipta, qog‘ozdan ishlangan katta va kichik hajmli ro‘zg‘or buyumlarining nomini aytsangiz.
102. Non yopish va uzib olish paytida qo‘lni o‘tdan saqlash uchun tirsakkacha kiyib olinadigan buyumni nima deysizlar?
103. Ilgari ko‘zgu, taroq kabi narsalarni solib qo‘yadigan maxsus xaltacha bo‘lar ekan, shuni nima deb atagan ekanlar?
104. Qo‘l yuvish uchun ishlatiladigan idish, asboblar nomi.
105. Qo‘l yog‘ini, umuman, ifloslangan qo‘lni artadigan sochiq nomi.
106. Havoni siqib, puflab chiqarish yo‘li bilan tovush hosil qilinadigan asbob, moslama nomini aytsangiz.
107. Sholi tuyadigan keli (o‘g‘ir ) nomi.
108. G‘alla, donni yanchish – un qilish uchun moslangan qurilmani nima deb ataysizlar?
109. Sholi tegirmonining nomini aytsangiz?
110. Sutni chayqatib, yog‘ini olish uchun ishlatiladigan uzun yog‘och idishni nima deb ataysizlar?
111. Uning uchi yo‘g‘onlashgan tayoqsimon dastani-chi?
112. Olov, kul va shu kabilarni olish uchun qo‘llanadigan dastali asbobning nomni aytsangiz.
113. Yosh bolalarni yurishga o‘rgatadigan, uch g‘ildirakli kichik aravachani nima deb ataysizlar?
114. Ilgari yog‘ochdan yoki charmdan qilingan chelaklar bo‘lar ekan (odatda quduq boshiga qo‘yiladigan), shuning nomini bilasizmi?
115. Kiyim, g‘ilof kabilarning chetiga qadaladigan, odatda, to‘garak shakldagi tutqichni nima deb ataysizlar?
116. Tugma kirib, uni tutib turadigan teshikcha nomini nima deysizlar?
117. Kiyim tikadigan mashina nomi.
118. So‘yilgan mol terisidagi go‘sht qoldiqlarini tozalab oladigan asbob nomi.
119. Yog‘ochni chopish, kesish, yorish uchun ishlatiladigan, tig‘i dastasiga parallel qo‘yilgan metall asbobni qanday nom bilan ataysizlar?
120. Boltaning sop o‘rnatadigan bo‘rtib chiqib turgan joyini nima deysizlar?
121. Tartib bilan bir-biriga o‘tkaziladigan metall halqalar tizmasini nima deb ataysizlar?
122. Qizdirib kiyim-kechak, gazlama kabilarni tekislaydigan, g‘ijimini yozadigan metall asbob nomi.
123. Ichiga xat hujjat solib biror joyga yuboriladigan to‘rtburchak shaklidagi qog‘oz paket nomi.
124. Temir, yog‘och kabilarni qirish, kesish, tekislash, pardozlash uchun ishlatiladigan po‘latdan yasalgan asbobni nima deb ataysizlar?
125. Egovning qanday turlari bor?
126. Ot tuyog‘ini kesadigan asbob nomni aytsangiz?
127. Sochilgan narsalarni sidirish, kurash, to‘plab biror narsaga soslish uchun qo‘llanadigan uzun sopli asbob nomi.
128. Un, don uchun ishlatiladigan temir yoki yog‘och kichik kurak nomi.
129. Bir yoki har ikkala uchi ham o‘tkir metall asbob.
130. Mix sug‘irish, narsalarni yegish, qisib ko‘tarish kabi ishlar uchun qo‘llaniladigan asbob.
131. Omburning qanday turlari bor?
132. O‘t, beda, boshoqli ekinlarni qirqish, o‘rib olish uchun ishlatiladigan o‘tkir tig‘li qishloq xo‘jalik asbobini nima deb ataysizlar?
133. Kichik o‘roqni-chi?
134. O‘roq sopining nomi bormi?
135. Uzun dastali katta o‘roq nomi.
136. Yog‘och, metall kabi narsalarni qirqish, kesish uchun qo‘llanadigan, yupqa, yalpoq qirra tishli po‘lat asbobni nima deb ataysizlar?
137. Arraning qanday turlari bor?
138. Yer qazish, tuproq, qum kabi narsalarni olish, solish uchun ishlatiladigan yog‘och sopli temir qurol nomi.
139. Kichik belkurakni nima deysizlar?
140. Dastaga o‘rnatilgan yassi va uzun tig‘li biror narsani kesish uchun qo‘llanadigan ro‘zg‘or asbobini nomini aysangiz.
141. Tig‘ini sop ichiga qayirib, yopib qo‘yiladigan pichoqchani nima deb ataysizlar?
142. Paxta, xashak kabilarni olish, surish, irg‘itish uchun qo‘llaniladigan, odatda beshta egri sanchig‘i bo‘lgan uzun sopli asbobni nima deb ataysizlar?
143. Uch tishli yog‘och panshaxaning nomi bormi?
144. Ikki tishlisini nima deysizlar?
145. Bet-qo‘l yuvish uchun ishlatiladigan uzun va ingichka jo‘mrakli, bo‘g‘zi tor idish nomi.
146. Dastali yog‘och kallakka bir tekisda sim qoqib yoki parranda patalarini dastalab bog‘lab yasalgan uy ro‘zg‘or asbobining nomi.
147. Katta taxta karavot(tapchan) nomini aytsangiz.
148. Bir kecha-kunduzgi vaqtni ko‘rsatib turadigan asbob nomi.
149. Kir yuvadigan mashina nomini nima deb ataysizlar?
150. Palos, gilam kabilar ustida o‘tirib ovqatlanish uchun xizmat qiladigan oyoqlari kalta stolni, umuman stol, stullarning nomlarini aytib bersangiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |