Lekin: Sifat bilan kelgan kun qismlari nomlari a/an artikli bilan ishlatiladi: It was a cold morning. Sovuq bir ertalab edi. It was a nice bright January morning. Ajoyib yorug’ Yanvar tongi edi. Lekin: Ba’zi birikmalar tarkibida kelgan kun qismlari artiklsiz ishlatiladi: at night – tunda, at noon – tushda.
11. Fasl nomlari the artikli bilan yoki artiklsiz ham ishlatiladi: (the) winter-qish, (the) summer-yoz, (the) spring-bahor, (the) autumn-kuz, the fall-kuz. (amer.) Lekin: Fasl nomlari sifat bilan kelganda a/an artikli bilan ishlatiladi: It was a hot summer. Jazirama yoz edi.
12. Fasl nomlari va kun qismlari nomlari early (erta), late (kech), high (oxiri), real (haqiqiy), broad (uzun, uzoq) so’zlari bilan kelganda artiklsiz ishlatiladi: It was early spring – Erta bahor edi. It was late autumn – kech kuz edi. It was real winter. Haqiqiy qish edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |