moy haroratini o‘lchov asboblari yordamida tekshirish orqali amalga
oshiriladi. O‘lchangan kattaliklar natijalari kunlik qaydnomada belgilab
boriladi: elektr stansiyalari va nimstansiyalarida
doyimiy navbatchi
xodim tomonidan 1÷2 soat ichida bir marta o‘lchovlar olib boriladi;
nimstansiyalarda doyimiy navbatchi xodim bo‘lmasa - operativ xodimlar
ob’ektni har bir ko‘rishga kelishganida va teleo‘lchov (masofadan
o‘lchov) uslubida o‘lchovlar olib boriladi. YUklanish ortishi sodir
bo‘lganda nazorat tez-tez amalga oshiriladi.
Doyimiy navbatchi personal bo‘lmagan, hamda teleo‘lchov usku-
nalari bilan ta’minlanmagan gidroelektrostansiyalar va nimstan-siyalarda
qo‘shimcha, kamida bir yilda ikki martadan (aksariyat, qishda va yozda)
transformator ishchi rejimlari yuklanishlari mavsumiy o‘zgarishlarini
aniqlashtirish, uchun soatbay yozuvlari amalga oshiriladi.
Bundan
tashqari, yuklanish ortishi uzluksiz avtomatik ravishda nazorat qilinadi.
Transformator
holatini vizual ko‘zdan kechirish
. Transfor-
matorlarning nosozligi rivojlanishi o‘z
vaqtida aniqlanmasa, u holda
avariya holatiga olib kelishi muqarrar. Uning oldini olish maqsadida,
barcha transformatorlarning vaqti-vaqti bilan tashqi ko‘rigi (tarmoqdan
uzmagan holatda) o‘tqizishadi.
Doimiy operativ navbatchi personali bo‘lganda elektr stansi yalar va
nimstansiyalarning
asosiy transformatorlari, hamda nimstansiyalardagi
o‘zlarining xos energiya zaruratlari uchun ishlatiladigan transformatorlari
va
ishlab
chiqarish
korxonasi
ifloslangan
xududlaridagi
transformatorlarning rejali ko‘rigi, har kuni bir martadan va doyimiy
navbatchi xodim bo‘lmaganda - bir oyda bir marta rejali ko‘rigi
o‘tkaziladi. Boshqa transformatorlar, doyimiy navbatchi xodimi bo‘lsa bir
xaftada bir martadan, doyimiy navbatchi xodimi bo‘lmasa – bir oyda bir
marta, transformator punktlarida - olti oyda bir marta ko‘rigi o‘tqiziladi.
Rejali vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan ko‘rikda
quyidagilar
tekshiriladi: transformator tashqi izolyasiyasi holati – kirish ulamalari,
ularga o‘rnatilgan razryadniklar va tayanch izolyatorlari (farforlarning
butunligi, yoriqlarning mavjudligi, yuzalarni ifloslanish darajasi)
tekshiriladi.
Bundan tashqari, saqlovchi trubasi membranasi butunligi,
flanets ulanishlarni zichligi va moy oqishi yo‘qligi tekshiriladi. Ko‘rik
davrida ko‘zga tashlanadigan kontakt ulanishlar holati nazorat qilinadi.
Transformator baki va kengaytirgichdagi moy satxining moy
ko‘rsatkich va moy o‘lchagich
shishalari orqali aniqlanadi, hamda
moyning rangiga (moy rangining to‘qligi, yuqori qizish natijasida termik
parchalanishidan darak beradi) e’tibor qaratiladi. Kuzatish oynalari orqali
transformator baki va kirishidagi havo sovitkichning indikatorli silikageli
kuzatiladi. Silikagelni havo rangidan pushti rangga o‘zgarishi sorbentni
nam tortganidan darak beradi va havo sovitkichning zaryadini oshirish
kerakligini ko‘rsatadi.
Transformator holatini undan chiqayotgan shovqin (ventilyatorlarni
to‘xtatib eshitish kerak) harakterlab beradi. Bak razryadi bilan bog‘liq
(aktiv qismni zaminlantirishning uzilishi) chirsillash yoki tiqillashlar, shu
bilan birga, shovqin darajasi va tovushini davriy o‘zgarishi nosozliklardan
darak beradi.
Transformatorni kunning yorug‘ paytida yoki yoritkichlar ulangan
vaqtda ko‘rikdan o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorong‘ulikda nur
sochish manbai bo‘ladigan defektlarni ko‘rsatish mumkin:
kontakt
ulanishlarning qizishi, tashqi izolyasiya yuzasidagi razryadlar turlari v.b.
Tashqarida o‘rnatilgan transformatorlarni ekstremal sharoitlarda
navbatsiz ko‘rikdan o‘tkazish zarur: muhit havo haroratining birdaniga
tushib ketishi, bo‘ron, kuchli qor yog‘ishida, er muzlaganda. Bunda moy
satxi, kirish izolyatorlari holati va sovitish tizimi tekshiriladi.
Navbatdan tashqari ko‘rikdan o‘tkazish chulg‘amlarda
qisqa
tutashuv (q.t.) sodir bo‘lgandan so‘ng, hamda gaz relesi signali berilishi
bilan ham o‘tkiziladi. Birinchi holatda q.t. toki o‘tgan o‘tkazgich zanjirlari
holati, dinamik yuklanish ta’sirini o‘tkazgan izolyatorlar, ikkinchisida -
gaz relesi va uning zanjiri tekshiriladi. Zaruriat bo‘lganda, holati shubhali
bo‘lgan element puxta o‘rganilishi kerak bo‘lganda yoki tekshirilayotgan
ob’ektning kuchlanishini uzmasdan ko‘rik o‘tkazib bo‘lmaydigan
transforma-torlarni o‘chirib, navbatdan tashqari ko‘rik o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: