Bog'liq TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
rnn vn= 0,377 i н z z' z''д К3• itr o‘rmalovchi zanjirli traktorlar uchun: r Z t - tr
и = 0,06 n.z? bunda гк- etakchi g‘ildirak radiusi, m; -I - dvigatel tirsakli valining nominal aylanish chastotasi, min-1; itr - transmissiyaning uzatish soni; rZ- va ZZ - o‘rmalovchi zanjirli traktorda etakchi yulduzcha radiusli va tishlari soni; tZ - o‘rmalovchi zanjir zvenolarining qadami; 377 va 0,06 - almashtirish koeffitsientlari;
Traktor harakatlanganda etakchi g‘ildirak tuproq qatlamini ezadi. Ezish miqdori tuproq turiga va holatiga bog‘liq. SHunda traktor shataksiraydi. Haqiqiy tezlik shataksirashni hisobga olganda quyidagicha aniqlanadi: uh=и--и- S=u-(1 -S), bunda - ishchi tezlik; un - nazariy tezlik; 8 - shataksirash qiymati. SHataksirash qiymati 8=0,05...0,15 (zanjirli traktorlar uchun) va 8=0,15...0,35 (g‘ildirakli traktorlar uchun) chegarada o‘zgaradi. H Sish tish aqiqiy tezlikni tajriba yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bunda Si - yo‘l masofasi va bu masofani tI o‘tish vaqti o‘lchanadi. Bunda tezlik
Uh = Ush = Asosiy qishloq xo‘jaligi mashinalari bilan ishlaganda ruxsat etilgan harakat tezliklari jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarganda MTAning ruxsat etilgan harakat tezligi chegaralari
§. Energetika vositalarining foydalanish xossalarini yaxshilash yo‘llari
Tortish xususiyatlarini oshirish uchun g‘ildirakli traktorlarda past bosimli, naqshlari ikki tomonga yo‘naltirilgan shinalar ishlatiladi. YAngi konstruksiyadagi traktorlarda etakchi g‘ildiraklarga qo‘shimcha og‘irlik beruvchi maxsus qurilmalar - mexanik va gidravlik vazminlashtirgichlar qo‘llaniladi. Traktorning tortish kuchini etakchi g‘ildiraklar sonini ko‘paytirib, sirpantirmaydigan zanjirlar kiygizib, olinma o‘rmalovchi zanjirli g‘ildiraklar va yarimzanjirli olinma qurilmalarni, maxsus shakldagi naqshli shinalarni, maxsus tuproq ilgichlarni, keng to‘g‘inli g‘ildiraklarni va keng o‘rmalovchi zanjirlarni qo‘llanib ham oshirish mumkin. Bundan tashqari traktor koleyasini o‘zgartirish, tirkamalar (pritsep) g‘ildiraklariga qo‘shimcha Harakat berish, qurama (aralash) agregatlar qo‘llash, traktor old qismiga qo‘shimcha yuklar o‘rnatish kabi usullardan ham foydalanish mumkin. Nazorat savollari: Harakatlanuvchi energetik vositalarga qo‘yiladigan agrotexnik talablarni nimalardan iborat?
Traktorni shataksirashi deganda nimani tushunasiz? Uning qiymatlarining ayting.
Traktor yurish qismini tuproqqa bosimi qanday aniqlanadi? Qaysi turdagi traktorlarda bu ko‘rsatgich eng past bo‘ladi?
Traktorning yo‘l va agrotexnik tirqishlarining farqini ayting.
O‘simliklarni himoya zonasini mohiyatiri tushuntiring.
Traktorning agrotexnik tezligi chegarasining mohiyatini ayting.
Traktorning tortish xususiyatlarini yaxshilash uchun qanday chora- tadbirlarni qo‘llash mumkin?
6-§. Agregatlarni tuzish (komplektlash)
X
Tayanch iboralar: agregatlarni tuzish shartlari, tartibi, talablari, tuzish va baholash usullari, traktorning tortish kuchidan foydalanish hamda agregatning foydalanish koeffitsientlari. ✓
6.1-§. Agregatlarni tuzish shartlari va tartibi
Agregatlarni tuzish - bu aniq sharoitda agrotexnika talablariga muvofiq ishlarning yuqori sifatda bajarilishini, mashinalardan unumli foydalanishni, eng yuqori ish unumi va tejamkorlikni ta’minlaydigan agregatlarni tanlashdan iborat. Dvigatel quvvatidan to‘liq foydalanmaslik agregatning foydalanish ko‘rsatgichlarini pasayishiga, binobarin, berilgan hajmdagi ishlarni belgilangan agrotexnika muddatlarida bajarish uchun bo‘lgan ehtiyojning (talab etiladigan agregatlar sonini) oshishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida xo‘jalikning agregatlardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jalik agregati quyidagi tartibda tuziladi:
texnologik ishning sharoitlari va agrotexnika talablari aniqlanadi;
qishloq xo‘jaligi mashinasi va traktorning rusumi tanlanadi;
texnologik ishni bajarish uchun yo‘l qo‘yiladigan tezliklar chegarasiga mos holda agregat tezligi tanlanadi va unga ko‘ra traktorning ish uzatmasi aniqlanadi;
agregat amalda tuziladi, ya’ni qishloq xo‘jaligi mashinasi traktorga tirkaladi yoki o‘rnatiladi, so‘ngra texnologik sozlanadi (agrotexnika talablariga muvofiq ishchi qismlar o‘rnatiladi va rostlanadi) hamda yo‘naltiruvchi qurilmalar o‘rnatiladi.
Tuzilgan mashina-traktor agregati maxsus maydochada yoki dala sharoitida ishlatib ko‘riladi hamda uning ko‘rsatgichlari baholanadi. To‘g‘ri tuzilgan agregat quyidagi:
texnologik ishlarning agrotexnika talablariga muvofiq yuqori sifatda bajarilishini;
aniq ish sharoitlariga, ya’ni ishlov beriladigan maydonning kattaligiga, ishlov beriladigan materiallarning holatiga mos kelishini;
dvigatel quvvatidan to‘liq foydalanishni, qabul qilingan uzatmada traktorning tortish kuchidan yo‘l qo‘yilgan chegaralarda foydalanishni;
ishlov beriladigan maydon va yig‘ishtirib olingan mahsulot birligiga eng kam mehnat, energiya va yoqilg‘i sarflanishini;
chaqqonlik (manevr) xususiyatlarini va xizmat ko‘rsatish qulayligini;
agregatda ishlaydigan mexanizator va yordamchi ishchilarga oid mehnat muhofazasi va tehnika havfsizligi talablariga javob berishini ta’minlash kerak.
§. Agregatlar tuzish usullari
Agregatlar tuzishning ikki turi - sinash va hisoblash turlari mavjud. Birinchi turi bo‘yicha agregatlar traktor va mashinalarni ishlab chiqargan zavodlar ko‘rsamalariga muvofiq amalda tuziladi, so‘ngra dalada ishlatib ko‘riladi va undan foydalanish ko‘rsatgichlari aniqlanadi. Agregatni tuzishning asosiy turi hisoblashdir. Bu turga quyidagi hisoblash usullari kiradi:
analitik usul - bunda hisoblar formulalar orqali bajariladi.
grafik yoki grafik-analitik usul - bunda traktor va mashinaning grafik kurinishidagi ko‘rsatgichlaridan foydalaniladiyu
elektron hisoblash mashinalari bilan hisoblash usuli - maxsus dasturlar asosida agregatning ko‘rsatgichlari aniqlanadi.
Hisoblash quyidagi tartibda bajariladi: Traktor va QXM, shuningdek agregatning tezlik ish rejimi va texnologik jarayonni bajarishga agrotexnik talablarga muvofiq tanlanadi.
Traktor va QXM ning texnik tafsiloti, shuningdek ma’lumotnoma materiallar bo‘yicha tanlangan tezlik rejimiga muvofiq ko‘rsatgichlari belgilanadi:
pn ll- traktorning ilmoqdagi nominal tortish kuchi, kN; Km - mashina - qurollarning solishtirma qarshiligi, kN/m; Kpl - er xaydashda plugning solishtirma qarshiligi, kN/m2; Gtr va Gqxm - traktor va QXM ning og‘irlik kuchi, N; Vm - bir mashinaning qamrash kengligi, m; Vk - plug korpusining qamrash kengligi, m; a - shudgorlash chuqurligi, m; Gtir - shataklagichning og‘irlik kuchi, N; f va ftir - traktor va shataklagichning tortishga qarshiligi koeffitsienti; a va i - joyning qiyalik burchagi va qiyaligi; Л- etakchi g‘ildirakning tuproq bilan ilashish koeffitsienti; Rtir = Gtir ■ fur - shataklagichning g‘ildirashga qarshiligi, N. Etakchi g‘ildiraklarning tuproq bilan ilashish kuchining etarli yoki etarli emasligi tekshiriladi:
Fn = Gu Л> Rur yoki Fn = Gu Л < Rur aniqlanadi. Agar Fn > Rur bo‘lsa, Rn = Rur - Rf - Ra; Fn > Rur da Ru = Fn — Rf — Ra . G‘ildirakli traktor uchun Gil ilashish vazni taxminan 2/(Z ■ Gtr) ga teng. Oddiy tirkama agregatning mumkin bo‘lgan eng katta qamrash kengligi (m) aniqlanadi:
Bagr= (Pil ~ Rqov)l Км Agregatdagi mashina-qurollar soni aniqlanadi:
n = В / В м agr м bunda Bm - bir mashina-qurolning qamrash kengligi. Butun son olinadi. Agregatning ishchi tortish qarshiligi aniqlanadi, kN:
Ra - Kм ■ ВмПм+ Rf + Ra + Rqov Xaydov agregati uchun avval bir korpusning qarshiligi aniqlanadi
Rkor Kpl aЪ. so‘ngra korpuslar (butun) soni belgilanadi. Ъ- korpusning qamrash kengligi, m. Pkorp - (Pil ~ Rqov)l Rkor Osma agregatlarda traktor bir mashina yoki aniq sonli mashina bilan ishlaydi. Bu holda agregat tarkibini hisoblash talab etilmaydi.
Kompleks agregat uchun agregatdagi asosiy mashinalar soni umumiy solishtirma qarshilik bo‘yicha aniqlanadi, qo‘shimcha mashinalar soni esa, bularning va asosiy mashinalarning qamrash kengliklari o‘rtasidagi nisbat bo‘yicha belgilanadi. Natija katta songa yiriklashtiriladi.
Quvvat olish validan yuritiladigan agregat uchun hisob quyidagi tartibda bajariladi:
Mashinaning umumiy qarshiligi (kN) aniqlanadi: Ra - Rf+ Ra + Rqo sh bunda Rf va Ra - mashinaning g‘ildirashga va qiyalikka ko‘tarilishga qarshiligi, N; Rqo‘sh - ishchi organlarni QOV dan yuritish uchun quvvat uzatganda paydo bo‘ladigan qo‘shimcha qarshilik, N. 3600NyurVtr R — qo} sh qov bunda vt - agregatning ishchi tezligi, km/soat; Nyur - ishchi organlarni QOV dan yuritish uchun zarur bo‘lgan quvvat, kVt; Vtr va Vqov - transmissiyaning va QOV dan ishchi organlarga harakat uzatish yuritmasining foydali ish koeffitsienti. §. Agregatning to‘g‘ri tuzilganligini baholash
Agregatning to‘g‘ri hisoblanganligi va ish tezligini to‘g‘ri tanlanganligi traktorning nominal tortish kuchidan va agregatning foydalanish koeffitsientlari bo‘yicha aniqlanadi. Traktorning tortish kuchidan foydalanish koeffitsienti belgilanadi: Vt - Ra / P, bunda Km - ishchi mashinaning solishtirma qarshiligi, kN/m; Gtr va Gqxm - traktor va QXM ning og‘irlik kuchi, N; Bm- mashinaning qamrash kengligi, m. Bu koeffitsient qiymati 0,78...0,95 chegaralarda bo‘lishi kerak: (er haydashda - 0,78...0,94, kultivatsiyada - 0,83...0,94, boronalashda - 0,85...0,95, don ekishda - 0,80...0,90). Agregatning foydalanish koeffitsienti: Vf -Vt bunda в- agregatning qamrash kengligidan foydalanish koeffitsienti: т- smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti (0,70...0,89). Agregatni amalda tuzishda qishloq xo‘jaligi mashinasi va traktorni to‘g‘ri tanlash hamda uning tezligini to‘g‘ri belgilash bilan birgalikda mashinani traktorga ulashning shunday usulini tanlash kerakki, bunda agregatning yuqori sifatli va turg‘un ishlashi, mashinaning eng kam tortish qarshiligi taminlanashi lozim. Qishloq xo‘jalik agregatlarini ishga tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: traktor va ish mashinalari mavsumga sifatli qilib tayyorlanadi, ular birlashtirilib, agregat tuziladi; ishchi qismlari texnologiq o‘lchamlarga mos holda rostlanadi; agregatni yo‘naltiruvchi qurilmalar (iz tortgichlar) va qo‘shimcha moslamalar bilan jihozlanadi; agregat ishlatib ko‘riladi. Agregatlarni rostlash ishlari xo‘jalikning mashina saroyidagi maxsus tayyorlangan rostlash maydonchasida o‘tkazish tavsiya etiladi. Nazorat savollari Maqbul agregatni tuzishdan maqsad nimalardan iborat?
To‘g‘ri tuzilgan agregat qanday talabga javob berishi kerak?
Traktorning tezlik rejimlari qanday aniqlanadi?
Agregatlar tuzishning qanday turi va usullarini bilasiz?
Agregatni komplektlash hisobi qanday tartibda bajariladi?
Agregatning eng katta qamrash kengligi qanday aniqlanadi?
Agregatning umumiy qarshiligi qanday aniqlanadi? Agregatining maqbul tuzilganligi qanday ko‘rsatkichlar bilan baholanadi?§. Agregatlar kinematikasi