B
Paxtachilik mintaqasida qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mashina- qurollarining solishtirma tortish qarshiliklarining qiymatlari tajribalar
asosida aniqlanadi.
§. Qishloq xo‘jaligi mashinalarining tortish qarshiliklarini tashkil etuvchi omillar va ularni kamaytirish tadbirlari
Mashinalarning qarshiligiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
tabiiy iqlim sharoitlari: tuproqning turi va holati, meteorologik sharoitlar, ishlov beriladigan material xossalari;
konstruktiv omillar: ishchi organlar turi, shakli va soni, ularning materiali: mashina massasi, yurish qismining turi va tuzilishi. Bu omillardan eng asosiysi - ishchi organlarning shakli bo‘ladi;
ekspluatatsion omillar: mashinaning texnik holati: eyilganlik darajasi, to‘g‘ri sozlanganligi, moylash sifati va b.; ishlash ekspluatatsion tartibotlari: harakat tezligi, ishlov berish chuqurligi, mashinaning o‘tkazish imkoniyatidan foydalanish darajasi.
Asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
Konstruktiv: - osma mashinalarni qo‘llanish, past bosimli pnevmatik shinalardan foydalanish, elastik osmalarni o‘rnatish;
ishchi organlar sifatini ularning sirtlarini maxsus qoplash hisobiga yaxshilash.
shaklini o‘zgartirish, sirpanma ishqalanishni dumalanish ishqalanishiga almashtirish, mashina massasini kamaytirish.
Ekspluatatsion tadbirlar: texnik servisni o‘z vaqtida va puxta o‘tkazish; ishchi mashinalarning mexanizmlarini to‘g‘ri yig‘ish va rostlash; mashinalarni to‘g‘ri tirkash yoki osish; harakatning eng maqbul yo‘nalishini tanlash; tuproq yaxshi etilganda (namligi, qattiqligi jihatdan qoniqarli bo‘lganda) ishlash.
Tabiiy-iqlim sharoitlarini yaxshilash: dalalarni tekislash, toshlarni, butalarni, begona o‘tlarni yo‘qotish, tuproqni donador qilish va boshqalar.
Texnologik tadbirlar: ishchi organlarni takomillashtirish, kombaynli agregatlarni qo‘llanish, jarayonlarni qo‘shib bajarish.
Nazorat savollari
Mashina-traktor agregatlari qanday belgilariga qarab tasniflanadi?
Agregatlar va ishchi mashinalarning asosiy ekspluatatsion xususiyatlari qanday bo‘ladi?
Mashinaning solishtirma qarshiligi deb nimaga aytiladi? Solishtirma qarshilik qanday aniqlanadi? Agregat ishchi qismining to‘liq qarshiligi qanday aniqlanadi?
Mashinalarning qarshiligiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Mashinalarning solishtirma qarshiligini kamaytirishning qanday yo‘llari bor?
§. Harakatlanuvchi (mobil) energiya vositalarining foydalanish
xossalari
|
m
|
J
|
Tayanch iboralar: agrotexnik talablar, shataksirash, yo ’l tirqishi, agrotexnik tirqich, himoya zonasi, koleya kengligi, tezlik chegarasi
|
|
|
§. Mobil energetik vositalarga qo‘yiladigan agrotexnik talablar
Harakatlanuvchi energetik vositalariga (traktor, o‘ziyurar mashinalar) qo‘yiladigan agrotexnik talablarga quyidagilar: mashinaning tekis va notekis joylardan, qiyaliklardan, o‘simliklar qator orasidan o‘tuvchanligi; kerakli tortish- ilashish xossasi, manevrchanligi (chaqqonligi), tekis harakati, harakatlanish tezligi chegaralari, yurish qismi bilan tuproqqa ziyon etkazishi (zichlashi, tuproq strukturasi va kapelyarligini buzmasligi), texnologik jarayonni yuqori sifatda bajarishi kiradi [10, 11, 12, 13].
Bu talablarni bajarilishi me’yoriy ko‘rsatgichlarni haqiqiy ko‘rsatgichlarga qiyosiy solishtirish orqali tekshiriladi.
Olib borilgan ko‘p yillik ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida agratexnik talablarning quyidagi me’yoriy ko‘rsatgichlari ruxsat etiladi:
Energetik vositalar shataksirashini agrotexnik talablari.
Ma’lumki, traktor g‘ildiraklarini shataksirashi (10-rasm) harakat tezligini kamayishi hisobiga agregat ish unumini pasaytiradi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |