To’yinmagan uglevodorodlar.
Molekulalarida bir-biri b.n qo’shbog’ yoki uchbog’ orqali bog’langan uglerod atomlari bor uglevodorodlar to’yinmagan uglevodorodlar deyiladi. Ularda H2 atomlari to’yingan uglevodorodlarnikiga nisbatan kam b.di. H2 atomlarining soniga qarab ular turli qatorlarga bo’linadi. Masalan: alken, alkin, diyen va b.qalar. Ular quyidagicha umumiy formulaga ega:
C nH2n+2 –2H CnH2n –2H CnH2n-2
Alkan alken alkin ( uchbog’ )
(1 ta qo’shbog’) Diyen ( 2 ta qo’shbog’)
CnH2n umumiy formulaga sikloalkanlar ham to’g’ri keladi lekin, ular yopiq zanjirga ega b.b, o’zida qo’shbog’ yoki uchbog’ tutmaydi va to’yingan uglevodorodlar qatoriga kiradi. Alkenlarga metamer izomer hisoblanadi.
Alkenlar.
To'yingan uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo’lgan, shuning hisobiga uglerod atomlari o’rtasida bitta π-bog' (qo'shbog') saqlaydigan, H2 va HCl ni biriktira oladigan uglevodorodlarga alkenlar yoki etilen qatori uglevodorodlari deyiladi. Ularning gomologik qatorining umumiy formulasi — СnН2n bо'lib, birinchi vakili etilen C2H4 dir. Etilen xlor b.n moysimon etilenxlorid C2H4Cl2 hosil qilgani u.n ular olefinlar (lot. olefiant – moy hosil qiluvchi gaz ) deb ham nomlanadi. Qo’shbog’ tutgan uglerod atomlari sp2 gibridlangan. C=C bog’ orasidagi masofa 0,133 nm yoki 1,33 A ( 0,134 nm yoki 1,34 A ). Qo’shbog’ soni ortishi bilan uglerod orasidagi masofa qisqarib boradi. Valent burchak 1200.
Izomeriyasi. Alkenlar uch xil: uglerod zanjiridagi qo'shbog'ning turlicha joylanishi hamda uglerod zanjirining tarmoqlanishiga ko’ra va sis-trans izomeriyaga ega.
– qo'shbog'ning turlicha joylanishiga ko’ra: buten-1 buten-2
– uglerod zanjirining tarmoqlanishiga ko’ra: 2-metil propen yoki izobutilen
– sis-trans (fazoviy yoki geometrik stereoizomeriya) izomeriya:
C=C da oraliq masofaning kam bo'lishi hisobiga, qo'shbog' atrofida atomlar gruppasi erkin aylanmaydi. Buning natijasida o’rinbosarlarning qo’shbog’ atrofida turlicha joylashuvi kuzatiladi va uchinchi xil fazoviy izomeriya vujudga keladi. Bu fazoviy izomeriyaning o'zi ikki xil izomerga ega bo'ladi. Agar uglerod atomlaridagi vodorod atomlari qo'shbog' orqali o'tgan tekislikning bir tomonida joylashgan bo'lsa, sis-izomer, qarama-qarshi tomonda joylashgan bo'lsa, trans-izomer deyiladi. lot. sis- bu tomonda, bir tomonda, trans- orqali, b.qa tomonda degan ma’noni bildiradi. Fazoviy izomeriya tarkibida turli atomlar yoki atomlar guruppasi tutgan alkenlarda bo’lishi mumkin. C2H4, C3H6 va buten-1 larda fazoviy izomeriya mavjud emas.
Alkenlarning bir xil stereoizomeri yuqori temperaturada ikkinchi xil izomeriga aylanihi mumkin. Alkenlarda tegishli alkanlarga nisbatan izomerlar soni ko’p b.di. Izomerlanish C4H8 butendan boshlanadi.
C2H4 – - C5H10 – 5 ta ( s-t 6 ta ) C8H16 – 66 ta
C3H6 – - C6H12 – 13 ta ( s-t 16 ta )
C4H8 – 3 ta ( s-t 4 ta ) C7H14 – 27 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |