α-Holatda galogenlash reaksiyalari 1. Butanon-2 ni ishqoriy muhitda brom bilan reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.
2. Atsetondan yodoform hosil bo‘lish reaksiya tengamasi va mexanizmini yozing. Reaksiya qanday sharoitda amalga oshadi.
3. Siklogeksanonga litiydiizopropilamid ta’siri ettirib olingan birikma brom bilan reaksiyaga kirishtirilsa qanday mahsulot hosil bo‘ladi. Reaksiya mexanizmini keltiring.
4. p-Bromatsetofenonga sirka kislota ishtirokida brom ta’sir etiririb olingan birikma ishqoriy muhitda gidrodiz qilinsa qanday mahsulot olinadi. Reaksiya mexanizmini keltiring.
5. Quyidagi reaksiya tenglamasini tugallang. Oxirgi mahsulotlarni nomlang. Reaksiya mexanizmini keltiring.
6. Moy kislotani qizil fosfor ishtirokida bromlash reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.
7. Quyidagi reaksiyalar ketma-ketligini tugallang. Olingan mahsultlarni nomlang. Reaksiyaning ikkinchi bosqichi uchun mexanizm keltiring.
8. Quyidagi keltirilgan birikmalarning qaysi biri yodning ishqordagi eritmasi bilan ta’sirlasha oladi. Tegishli reaksiya tenglamalarini va mexanizmini yozing.
9. Propion kislotani qizil fosfor ishtirokida bromlash reaksiya mahsulotiga natriy fenolyatning atsetondagi eritmasi ta’sir ettirilsa qanday mahsulot hosil bo‘ladi. Reaksiya tengdamalari va mexanizmini keltiring.
10. Keltirilgan reaksiya sxemalarini tugallang. Reaksiyalarning borishida farq bormi? Reaksiyalarning mexanizmlarini yozing.
Qaytarilish reaksiyalari 1. Metoksibenzolni Byorch bo‘yicha qaytarish reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.
2. 3-Metoksitoluolni Byorch bo‘yicha qaytarish reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.
3. Benzoy kislotasini Byorch bo‘yicha qaytarish reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.
4. Benzoy kislotasiga dastlab Litiy metalining suyuq ammiakdagi eritmasi ishtirokida uchlamchi butil spirti bilan reaksiyasidan hosil bo‘lgan oraliq birikmaga butil bromid ta’sir ettirilsa qanday modda hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.
5. Anizoldan 1-metoksi-6-propilsiklogeksadiyen-1,4 olish reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing.
6. 5,6-dimetilgeptadiyen - 1,5 ni Uilson katalizatori yordamida qaytarilsa qanday mahsulot hosil bo‘ladi? Uilson katalizatorining formulasini yozing. Reaksiya mexanizmini keltiring.
7. Geksin-3ni suyuq ammiak ishtirokida natriy metali bilan qaytarish reaksiya tenglamasi va mexanizmini yozing. Hosil bo‘lgan mahsulot qanday konfiguratsiyaga ega bo‘ladi?
8. Quyidagi reaksiya tenglamasini tugallang. Reaksiya mexanizmini yozing.