- REJA
- 1. Radikal-zanjirli xlorlash. Suyuq fazada xlorlash texnologiyasi.
- 2. Gaz fazada xlorlash texnologiyasi.
- 3. Ion-katalitik galogenlash kimyosi va texnologiyasi.
- 4. Asetilendan vinil xlorid, xlor hosilalari olish texnologiyasi
Asosiy organik sintez texnologik jarayonlarida sodir bo'ladigan muhim kimyoviy reaksiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: - Asosiy organik sintez texnologik jarayonlarida sodir bo'ladigan muhim kimyoviy reaksiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- 1. Galogenlash reaksiyalari; 2. Gidrolizlanish reaksiyalari; 3. Gidratatsiya; 4. Degidratatsiya; 5. Eterifikatsiya; 6. Alkillash; 7. Sulfatlash; 8. Sulfirlash; 9. Oksidlash; 10. Gidrirlash; 11. Degidrirlash va h.k.
- Organik birikmalarga galogen atomlarini kiritish jarayonlarini galogenlash deyiladi. Galogenlash reaksiyalariga: ftorlash, xlorlash, bromlash va yodlash kiradi.
Galogenlash organik moddalar sintezida muhim o'rin tutadi. Bu usul bilan quyidagi mahsulotlar olinadi: - Galogenlash organik moddalar sintezida muhim o'rin tutadi. Bu usul bilan quyidagi mahsulotlar olinadi:
- xlororganik oraliq mahsulotlar (1,2-dixloretan, xlorgidrinlar, alkilxloridlar) molekula tarkibiga harakatchan xlor atomini kiritish bilan bir qator muhim moddalar olish mumkin;
- xlor va ftororganik monomerlar (vinil xlorid, vinilidenxlorid, tetraftoretilen); 3) xlororganik erituvchilar (metilen xlorid, uglerod to'rtxlorid, uch va to'rtxloretilen); 4) xlor va bromorganik pestitsidlar (geksaxlorsiklogeksan, kislota va fenollarni xlorli hosilalari) Undun tashqari, galogenli hosilalarni sovutish vositalari (xlorftor hosilalar, freonlar deyiladi), meditsinada (xloral, xloretan), plastifikatorlar, moylovchilar va h.k. sifatida qo'llaniladi.
Galogenlash reaksiyalari 3 turga bo'linadi: o'rin almashish; biriktirish; parchalanish. - Galogenlash reaksiyalari 3 turga bo'linadi: o'rin almashish; biriktirish; parchalanish.
- O'rin almashinish galogenlash reaksiyasida uglevodorod molekulasidagi vodorod atomi yoki reaksiya guruhi galogen bilan o'rin almashadi.
- RH + Cl2 → RCl + HCl
- Galogen tutgan uglevodorodlardagi bir galogen atomini boshqa galogen atomiga almashinishdan brom, ftor va yodli hosilalarni olish mumkin:
- CCl4 + 2HF → CCl2F2 + 2HCl
- RCl + NaBr → RBr + NaCl
- Organik birikmadagi OH-guruhni galogenga almashinishi natijasida kislotalarning xlor angidridlari olinadi:
- RCOOH + COCl2 → RCOCl + CO2 + HCl
- ROH + HCl → RCl + H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |