Товушларнинг тўғри талаффузи юзасидан олиб бориладиган ишлар мазмуни


- rasm. Nutq apparatining tuzilishi



Download 401,5 Kb.
bet4/5
Sana24.02.2022
Hajmi401,5 Kb.
#236075
1   2   3   4   5
1 - rasm. Nutq apparatining tuzilishi.
1-bosh miya; 2-burun bo‘shlig‘i; 3-qattiq tanglay; 4-og‘iz bo‘shlig‘i; 5-lablar; 6-tishlar; 7-til uchi; 8-til orqasi; 9-til ildizi; 10-kichik tilcha; 11-halqum; 12- hiqildoq; 13-traheya; 14-o‘ng bronh; 15-o‘ng o‘pka; 16-diafragma; 17- qizilo‘ngach; 18-umurtqa; 19-orqa miya; 20-yumshoq tanglay.

Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‘ining chap peshona qismida joylashgan bo‘lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism og‘zaki nutqning paydo bo‘lishida qatnashadi. Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‘ining chap chakka qismida joylashgan bo‘lib, Vernike markazi deb ataladi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro‘y beradi. Nutqni tushunishda bosh miya qobig‘ining orqa bo‘lagi katta rol o‘ynaydi. Bu bosh miyaning ko‘ruv markazi hisoblanib, yozma nutqni o‘zlashtirish uchun hizmat qiladi. Qobiq osti yadrolari nutqning sur’ati va ifodaliligini boshqaradi.O‘tkazuvchi yo‘llar bosh miya qobig‘i pereferik nutq a’zolari bilan o‘zaro bog‘liqdir. Bunda nerv yo‘llarining ikki markazdan qochuvchi va markazga intiluvchi turlari ishtirok etadi. Markazdan qochuvchi (harakatlanuvchi) nerv yo‘llari bosh miya qobig‘ining periferik nutq apparati faoliyatining boshqaruvchi muskullari bilan bog‘laydi. Markazdan qochuvchi yo‘l bosh miya qobig‘ining Broka markazidan boshlanadi. Pereferiyadan markazga, ya’ni nutq a’zolari qismidan bosh miya qobig‘iga, markazga intiluvchi yo‘llar o‘tadi. Markazga intiluvchi yo‘l proprioretseptorlarda va baroretseptorlarda boshlanadi. Proprioretseptorlar muskullar harakat a’zolarining bo‘g‘inli qatlamlarida joylashgan bo‘ladi. Proprioretseptorlar muskullarning qisqarishi ta’sirida harakatga keladi. Proprioretseptorlarning vazifasi muskullarimiz faoliyatini nazorat qilishdir. Baroretseptorlar o‘zlariga nisbatan bo‘lgan bosimning o‘zgarishi natijasida harakatga keladi va ular halqumda joylashgan bo‘ladi. Biz gapirgan vaqtimizda markazga intiluvchi yo‘l orqali bosh miya qobig‘iga kelayotgan proprio va baroretseptorlar harakati ro‘y beradi. Markazga intiluvchi yo‘l butun nutq organlari faoliyatida umumiy regulyator (boshqaruvchi) lik rolini bajaradi.


Stvol yadrosidan bosh miya nervlari boshlanadi. Pereferik nutq apparatining hamma a’zolari bosh miya nervlari bilan ta’minlanadi. Ulardan asosiylari: uch tarmoqli, yuz, til-halqum, sayyor, qo‘shimcha va til osti nervlaridir.
Uch tarmoqli nerv pastki jag‘ni harakatga keltiruvchi muskullarni innervatsiyalaydi, yuz nervi mimik muskulaturani, shu bilan birga lablarni harakatga keltiruvchi, lunjlarni shishiruvchi va ichki tomonga tortuvchi muskullarni, til-halqum va sayyor nervlar - hiqildoq va ovoz boylamlarini, halqum va yumshoq tanglay muskullarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari til-halqum nervi tilning sezuvchi nervi bo‘lib hisoblanadi. Sayyor nerv esa nafas va yurak a’zolarining muskullarini innervatsiyalaydi. Qo‘shimcha nerv bo‘yin muskullarini innervatsiyalaydi, til osti nervi til muskullarini harakat nervlari bilan ta’minlaydi.
Bu sistema bo‘yicha bosh miya nervlari orqali nerv impulslari markaziy nutq apparatidan periferik nutq apparatiga yuboriladi. Nerv impulslari nutq a’zolarini harakatga keltiradi.
Markaziy nutq apparatidan nutq apparatiga boruvchi bu yo‘l nutq mehanizmining faqat bir qismini tashkilqiladi. Uning boshqa qismi orqaga, ya’ni pereferiyadan markazga qaytuvchi aloqadan iborat.
Endi periferik nutq apparatining tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Periferik nutq apparata uch bo‘limdan iborat:
1) nafas bo‘limi;
2) ovoz bo‘limi;
3) artikulyatsion bo‘lim.
Nafas bo‘limiga ko‘krak qafasi, bronhlar va traheya kiradi.
Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq nafas chiqarish fazasida hosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida havo oqimi bir vaqtning o‘zida tovush hosilqiluvchi va artikulyatsion funksiyani bajardi. (SHu bilan birga, asosiy funksiyasi - havo almashinuvini ham bajaradi). Nafas olish nutq jarayonida, odam jim turgan odatdagi vaqtdan jiddiy farqqiladi. Nafas chiqarish nafas olishdan bir oz uzoqroq bo‘ladi (Nutqdan tashqari vaqtda nafas olish va nafas chiqarishning davomiyligi deyarli bir hil bo‘ladi). Bundan tashqari nutq talaffuzqilinayotgan vaqtda nafas olish harakatlari soni odatdagi nafas olish va nafas chiqarish (nutqsiz) vaqtidagidan ikki marotaba kamdir.
Uzoq nafas chiqarish uchun ko‘p havo zapasi kerak bo‘lishi tushunarlidir. SHuning uchun nutq jarayonida havo olish va chiqarishning hajmi ko‘payadi (tahminan 3 marta). Nutq vaqtida nafas olish nisbatan qisqa va chuqur bo‘ladi. Nutq vaqtidagi nafas olishning yana bir hususiyati shundaki, nutq jarayonidagi havo chiqarish havo chiqarish muskullarining aktiv harakati ostida sodir bo‘ladi. Bu esa uzoq va chuqur nafas chiqarishga imkon yaratadi va bundan tashqari, havo oqimi bosimini ko‘paytiradi (busiz jarangdor nutqning bo‘lishi mumkin emas).
Ovoz bo‘limi hiqildoq va u bilan birga joylashgan ovoz paychalaridan tashkil topgan. Hiqildoq nafas yo‘lining burun bo‘shlig‘idan keyingi qismi. Hiqildoq havoning traheyaga o‘tishini ta’minlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga to‘sqinlik qiladi. Hiqildoq bo‘yinning oldingi qismida joylashgandan hiqildoq do‘ngi ayniqsa ozg‘in kishilarda ko‘zga yaqqol ko‘rinib turadi. Ana shu do‘nglik kekirdak olmosi deb ataladi. Hiqildoq gapirganda, yo‘talganda, ashula aytganda oson harakatlanadi. Hiqildoq toq uzuksimon, shohsimon va juft cho‘michsimon, shohsimon tog‘aylardan iborat. Hiqildoq asosi bir-biri bilan bo‘g‘imlar orqali birikkan tog‘aylardan tashkil topgan bo‘lib, bo‘g‘imlarda harakat mahsus muskullar apparati yordamida ro‘y beradi.
Hiqildoqda ovoz paychalari joylashgan bo‘lib, ular nafas olganda, qattiq yoki sekin gapirganda muayyan holatni egallaydi.
Erkaqlarda hiqildoq ayollarga nisbatan kattaroq, ovoz paychalari esa uzunroq va qalinroqdir. Ayollarda ovoz paychalarining uzunligi o‘rtacha 18-20 mm, erkaklarda 20-24 mm gacha bo‘ladi.
O‘g‘il va qiz bolalarda balog‘atga etish davri boshlangunga qadar hiqildoqning kattaligi va tuzilishida farq bo‘lmaydi. Hiqildoqda o‘zgarish qizlarda 12-13, o‘g‘il bolalarda 13-15 yoshda sodir bo‘ladi. Bu vaqtda hiqildoqning kattaligi qizlarda 1G3, o‘g‘il bolalarda 2G3 qismga o‘sadi va ovoz paychalari cho‘ziladi.
Ilk yoshdagi bolalarda hiqildoqning shakli voronkasimon bo‘ladi. Bolaning o‘sishiga qarab hiqildoq asta-sekin silindrsimon shaklga yaqinlashadi.
Ovoz paychalari o‘zining massasi bilan hiqildoqning ko‘p qismini egallab oladi va tor ovoz tuynugini qoldiradi.
Odatdagi nafas olishda ovoz tuynugi keng ochiladi, tengyonli uchburchak shakliga keladi. Bunda nafas olayotgan va nafas chiqarayotgandagi havo keng ovoz tuynugidan bemalol o‘tib ketadi.
Ovoz (yoki fonatsiya) qanday sodir bo‘ladi? Ovozning hosil bo‘lishida ovoz paychalari qisqargan holatda bo‘ladi. CHiqarilayotgan havo oqimi qisqargan ovoz paychalari orasidan o‘tayotib, ularni bir oz chetga suradi. Keyin yana chiqarilayotgan havo oqimi bosimi ostida o‘zining pishiqligi hamda hiqildoq muskullarining harakati bilan o‘z holiga qaytadi. CHiqarilayotgan havo oqimining bosimi tamom bo‘lgunga qadar ovoz paychalarining qisqarishi va cho‘zilishi davom etaveradi.
Ovoz paychalarining tebranishi tufayli chiqarilayotgan havo oqimi ovoz paychalari ustida tebranish chastotasiga aylanadi. Bu tebranishlar tevarak-atrofga etkaziladi va biz uni ovoz tovushlari deb qabo‘lqilamiz.
SHivirlab gapirganda ovoz paychalari butunlay qisqarmaydi: orqa qismida ular orasida chiqarilayotgan havo oqimi o‘tadigan kichkina teng tomonli uchburchaksimon tuynuk qoladi. Ovoz paychalari bu vaqtda tebranmaydi, lekin kichkina uchburchak tuynuk chetlariga tegib o‘tadigan havo oqimi shovqin keltirib chiqaradi va u biz tomondan shivirlash tariqasida qabo‘lqilinadi.
Ovoz kuchga, balandlikka va tembrga ega.
Ovozning kuchi asosan havo bosimining kattaligi bilan, ya’ni chiqarilayotgan havo kuchi bilan ovoz paychalarining tebranish amplitudasiga bog‘liq.
Rezonator bo‘shlig‘ining kattaligi va shakli, shu bilan birga hiqildoq tuzilishining hususiyatlari ovozning individual sifatiga yoki tembriga ta’sir etadi.
Faqat tembrga ko‘ra biz odamlarni ovozidan farqqilishimiz mumkin. Ovozning balandligi ovoz paychalarining tebranish chastotasiga bog‘liq, u esa o‘z navbatida ularning uzunligiga, qalinligiga va qisqarish darajasiga bog‘liq. Ovoz paychalari qanchalik uzun, qalin va kam qisqargan bo‘lsa, ovoz shunchalik sekin chiqadi.
Bundan tashqari, ovozning balandligi havo oqimining ovoz paychalariga beradigan bosimiga va ularning cho‘zilish darajasiga bog‘liqdir. Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har xil nomlaydilar va har binning yosh chegaralarini turlicha ifodalavdilar.
G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:

  1. tayyorlov davri (2 yoshgacha);

  2. nutqning mustaqil shakllanish davri.

A. N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi;

    1. tayvorgarlik davri — 1 yoshgacha;

    2. bog‘chagacha bo‘lgan davr — 3 yoshgacha;

    3. maktabgacha bo‘lgan davr —7 yoshgacha;

    4. maktab davri.

Bu davrlaming to‘liq tavsill ustida to‘xtalib o‘tamiz. SHunday qilib, birinchi davr-tayyorgarlik davri (bola tug‘ilgandan bir yoshgacha). Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va vig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz hosil bo‘lish, artikulatsion) rivojianishida katta rol o‘ynaydi.
Ikki hafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi, mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yig‘laydi.
2 oylik atrofida gugulash, 3-oyning boshida bo‘g‘inlarning talaffuzi paydo bo‘ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulatsiya qilinmaydi.
Bolalarning chug‘urlashi haqida biz ko‘pgina lug‘atlardan va bolalar nutqining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar yoritilgan istalgan adabiyotdan umumiy ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Aniq ma’lumotlarga kelsaq bizning bu masalada nochorligimiz seziladi.
CHug‘urlash bosqichining rivojlanishi haqidagi aniq va sistemali kuzatilgan ma’lumotlardan tuzilgan yagona maqola yaqin vaqtlargacha G. Goer (Deryagina) va A.E. Goer (1927) tegishli edi. Bunda ham faqat bitta bola kuzatilgan edi. SHuning uchun namoyon bo‘lgan faktlarning barchasi chug‘urlash bosqichining rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarga qanchalik ko‘p yoki kamroq taalluqligini aniqlash mumkin emas va bu faktlarda shu bolaning individual xususiyatlari ham mujassamlashganini unutmaslik kerak. A.D. Salaxovaning tadqiqotlari tufayli biz ayni vaqtda 5 nafar bolada chug‘urlash bosqichining rivojlanishini sistemali kuzatishlar natijasida olingan materiallarga egamiz.
CHug‘urlash bosqichining namoyon bo‘lish muddatiga kelsaq bu erda turliliklar mavjud, bir guruh mualliflar bu bosqich bola hayotining 2-oyi oxirlarida va 3-oyning boshlarida namoyon bo‘ladi deb hisoblaydilar.
CHug‘urlash bosqichining namoyon bo‘lish muddatini aniqlashda bunday katta farq haqiqiy chegaralarni topishda qiyinchilik tug‘diryapti. Bu esa o‘z navbatida ilgari keluvchi gu-gulash davri bilan chug‘urlash bosqichini chegaralashni mushkullashtiradi. Garchi bir qarashda A. A. Leontev (1965) tomonidan gu-gulash va chug‘urlash bosqichlari orasidagi ma’lum farqlar to‘g‘ri ifodalangan bo‘lsada, bu 2 nutqgacha bo‘lgan davrlar o‘tish stadiyasida shunday qo‘shilib ketadiki, ular orasidagi chegara sayqallanib qoladi. Darvoqe, chegaralarning bunday noaniq ko‘rinishini chug‘urlashdan haqiqiy nutqga o‘tishda ham kuzatish mumkin, bolada hosil bo‘lgan so‘zlar bilan bir qatorda ma’lum vaqt mobaynida atrof olamdagi predmet va hodisalarga aloqasi bo‘lgan chug‘urlovchi tovushlar uyg‘unligi ham aniqlanadi. Bunday tashqari gu-gulash va chug‘urlash bosqichlari orasidagi chegara singari, chug‘urlash bilan nutq orasidagi chegara ham individualdir. Bir vaqtda har bir bolada chegara o‘ziga qarab u yoki bu tomonda bo‘lishi mumkin.
A.D. Salaxovaning kuzatishlari bo‘yicha chug‘urlash bosqichi namoyon bo‘lishining haqiqiy muddati taxminan 4 - va 5- oylar o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Aynan shunday fikrni A.A. Leontevning yuqorida keltirilgan ishida ham ko‘rishimiz mumkin. SHundan kelib chiqib, bola hayotining 4-oyi chug‘urlash davrining boshlanishi bo‘lib sanaladi.
Bizda bir savol tug‘iladi: bola chug‘urlashi aniq nutqiy muhit bilan qanday munosabatda bo‘ladi, ya’ni boshqacha aytganda, chug‘urlash bevosita nutqiy muhit ta’siri ostida yoki unga bog‘liq bo‘lmagan holda riv’ojlanadimi? Bu savol behudnga berilgan emas. CHunki maxsus adabiyotlarda bu masala ko‘p ma’noda tushuntiriladi. Bir xil mualliflar, shu jumladan, V.A. Bogoroditskiy (1915) chug‘urlashni tovushlar hosil bo‘lishi jarayonidagi bolaning "ermagi" sifatida izohlaydi. Bunda u chug‘urlashni nutq organlari bilan o‘ynaladigan oyoq-qo‘lini bemaqsad harakatlantirishiga o‘xshash deb tushuntiradi. Boshqa
mualliflar, masalan, M. A. Sikorskiy (1899) va A. Aleksandrov chug‘urlashni atrofdagilar nutqiga taqlid "meva"si sifatida baholaydi. Berilgan savolni echish usullaridan biri bo‘lib, chug‘urlash bosqichining tovush tarkibini aynan o‘sha nutqiy tovushlar (lonemalar) sistemasi bilan solishtirish va taqqoslanishi hisoblanadi.
Agar chug‘urlash bosqichining tovush tarkibi atrofdagilar nutqiga bog‘liqligini taxmin qilsaq uning berilgan nutqiy tovushlar sistemasi bilan mosligi, eng avvalo, unii tovushlarda namoyon bo‘lishi kerak. CHunki unli tovushlar akustik munosabatda birmuncha "yorqinroq" va undoshlarga qaraganda bir-biriga birmuncha zidroq.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chug‘urlash bosqichida o‘zining artikulatsiyasi jihatidan odamlar tilidagi tovushlarga aynan o‘xshaydigan faqat unli tovushlar aniqlanavermaydi, balki muayyan tilga xos bo‘lmagan tovushlar ham aniqlandi. Masalan: unli (i), artikulatsiyasi jihatidan ingliz tiliga yaqin (S); tovushlar orasida o‘rtacha (i), ingliz tili uchun ham xarakterli (i); burunlashgan, ya’ni nazalizatsiyalangan tovushlar (a), (o) - fransuz tiliga xos. SHuni ta’kidlash joizki, atrofidagi tilga aynan o‘xshamaydigan, chug‘urlash bosqichidagi unli tovushlar miqdori, aynan o‘xshash tovushlarga nisbatan ko‘proq. Til oldi tovushlari xuddi portlovliilar va shovqinlilar singari ingliz tiliga xos chiqadi. CHug‘urlash bosqichining oxirlariga kelib bolada tishlar paydo bo‘lgani bilan, til oldi tovushlar chug‘urlash bosqichida umuman ko‘rinmaydi. Ayrim bolalarda bu vaqtga klib lab-tishli undoshlari paydo bo‘ladi. Demaq chug‘urlash bosqichida portlovchi va shovqinlilar pavdo bo‘lmaydi. CHug‘urlash bosqichi rivojlanishining umumiy sxemasini taxmian shunday tarzda berish mumkin. Insonda nutqiy reaksiyalarning tarixiy taraqqiyoti natijasida bolaga ma’lum miqdorda artikulatsion rivojlanish dasturi o‘tadi. Gu-gulash davrida va chug‘urlash bosqichining dastlabki bosqichlarida bu dastur bolalarning eshitishi holatiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshadi, biz bu haqda yuqorida aytib o‘tgan ediq ya’ni gu-gulash va chug‘urlash bosqichi kar bolalarda ham bo‘ladi. CHug‘urlash bosqichi rivojlanishining keyingi bosqichlarida autoexolaliya mexanizmi qo‘shiladi. Bu rivojlanishda autoexolaliya mexanizmi faqat umumiy stimullovchi rol o‘ynaydi. CHug‘urlash bosqichida jarangli va jarangsiz undoshlar ham bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladi. Bu yrda esa jarangli undoshlar ayrim ustunliklaiga egadir. Biroq bu erda ham individual xususiyatlar mavjud: turli bolalarda alohida jarangsiz undoshlar juft jaranglilarga nisbatan ilgariroq paydo bo‘ladi. YUqorida bayon qilinganlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin: chug‘urlashning tovush tarkibi ma’lum miqdordn atrofdagilar nutqining tovush sistemasidan farq qiladi. CHug‘urlash bosqichida ona tiliga adekvat tovushlardan ko‘ra noadekvat tovushlar ko‘proq. Iteratsiyani o‘z ichiga olgan bo‘g‘in strukturasi ruscha so‘zlarning bo‘g‘in strukturasidan juda farq qiladi va bu holat, chug‘urlash atrofdagilar nutqining bevosita taqlid mevasi emasligiga asos bo‘ladi. Atrofdagilar nutqiga taqlid qilish uchun bolada bu davrda sensor va motor markazlar hali to‘la etilmagan bo‘ladi. Autoexolaliya, chug‘urlash bosqichini tovushlar zaxirasi bilan boyitmaydi, chunki o‘z-o‘ziga taqlid jarayonida bola faqat talaffuz qilganini o‘zinigina eshitadi. CHug‘urlash bosqichining keyingi rivojida, ayniqsa bu bosqichning tugashi bosqichida exolaliya mexanizmi qo‘yiladi. Bu mexanizm, chug‘urlash bosqichi rivojlanishini umumiy rag‘batlantirish bilan birga, ma’lum miqdorda bu bosqichni tovushlar zaxirasi bilan boyitadi.
Artikulyasion bo‘lim. Artikulyasion bo‘limning asosiy a’zolari: til, lablar, jag‘ (yuqori va pastki), qattiq va yumshoq tanglay, alveolalardir. Ulardan til, lab, yumshoq tanglay va pastki jag‘ aktiv, qolganlari passiv organlar bo‘lib hisoblanadi. Artikulyasion bo‘limning asosiy a’zosi tildir. Til - salmoqli muskul a’zosidir. Yig‘ilgan jag‘da (jag‘lar bir-biriga tegib turganda) u deyarli butun og‘iz bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Tilning oldingi qismi harakatchan, orqa qismi harakatsiz bo‘lib, til ildizi nomini olgan. Tilning harakatchan qismining uchi, old, yon va orqa tomonlari farq kilinadi. Tilning murakkab muskullar sistemasi, ularning katta kenglikda shaklini o‘zgartirish imkoniyatini yaratadi. Bu juda katta ahamiyatga ega, chunki u hamma unli va deyarli hamma undosh tovushlarni (lab tovushlaridan tashqari) hosil bo‘lishida qatnashadi. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishida pastki jag‘, lablar, tish, yumshoq va qattiq tanglay, alveolalar ham ishtirok etadi.
Nutq tovushlarining balandligi va aniqligi rezonatorlar tufayli hosilqilinadi. Rezonatorlar nadstav nayida joylashgan. Nadstav nayi - bu hiqildoqdan yuqorida joylashgan: halqum, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i hisoblanadi. Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi shakllari paydo bo‘ladi. «Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida,- deb yozgan edi I.P.Pavlov,- odam fazasiga kelib nerv faoliyati mehanizmlariga nihoyatda katta qo‘shimcha qo‘shildi». Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo‘ldi. Organik dunyo taraqqiyotining shu bosqichida muhit bilan aloqa bog‘lashning yangi, faqat odamga hos bo‘lgan ikkinchi signal sistemasi qaror topdi. «Bo‘lg‘usi odamda,- deb yozadi I.P.Pavlov, - ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signallari - talaffuz etiladigan, eshitiladigan va ko‘riladigan so‘zlar ko‘rinishida paydo bo‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi».
Bolaning nutqi rivojlanayotgan ikkinchi signal sistemasining birinchi signal sistemasi tomonidan doimo aniq impulslar bilan qo‘llab-quvvatlangandagina to‘g‘ri shakllanadi. Birinchi signal sistemasi sezgi hosilqiluvchi signallarga ega. Nutqning to‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bo‘lishi muhimdir. Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi, hayotining ikkinchi haftasiga kelib, bolaning ovoziga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, bu eshituv analizatorining funksional jihatdan etarlicha etukligi hamda markaziy nerv sistemasida eshituv dominantasi paydo bo‘la olishini ko‘rsatadi. Hayotining 2- oyiga kelib bola sifat jihatdan har hil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bo‘ladi. Bola 3-4 oylik bo‘lib qolganda tovushlarning tonini ajrata boshlaydi.
Bolalarda nutqning eshitish bo‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi, 6,5-9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda yuqori bo‘ladi. Nutqning rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab, suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab kolish qobiliyati va lug‘at boyligini boyib borishiga yordam beradi. SHundayqilib, bola o‘zining artikulyatsion apparat faoliyatini eshituv analizatoridan kelayotgan signallarga bo‘ysundirish malakasini egallab boradi. Eshituv yordamida bola atrofdaqilarning Nutqini idrok etadi, unga taqlidqiladi va o‘z talaffuzini nazoratqiladi.
L.V.Neyman va V.I.Beltyukovlarning olib borgan tekshirishlarining ko‘rsatishicha, eshituvning oz pasayishida ham (20-25 db dan ko‘p bo‘lmagan) ayrim tovushlarni idrok qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Eshitishning bunday pasayishi nutq rivojlangunga qadar yoki eng ilk rivojlanish davrida yuzaga kelsa, odatda nutqning umumiy rivojlanmaganligiga olib keladi. Tovushlar talaffuzida buzilishlar bo‘lar ekan, lug‘at boyligi va grammatik tuzim ham etarli darajada rivojlanmaydi.
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. Gugulash ularda normal eshitishga ega bo‘lgan tengdoshlaridagidek paydo bo‘ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin so‘nib boradi. Bu holatlarda mahsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi.
Ilk yoshlik paytida bola tovush, bo‘g‘in va atrofdaqilarning so‘zlarini noaniq buzilgan holda idrok etadi. SHu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, Nutqni yomon tushunadilar. Juda ko‘p hollarda bolalar o‘zlarining noto‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un bo‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.

Download 401,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish