Товушларнинг тўғри талаффузи юзасидан олиб бориладиган ишлар мазмуни



Download 401,5 Kb.
bet3/5
Sana24.02.2022
Hajmi401,5 Kb.
#236075
1   2   3   4   5

Bo’g’in ustida ishlash


  • Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.

  • I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek, o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi.

murakkab mehanizmini normada tasavvur qilish, ikkinchidan, nutq patalogiyasi (buzilishi) tahliliga differensial yondoshish, uchinchidan, tuzatuvchi ta’sir yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga imkon beradi. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biridir. Nutq harakatlari murakkab a’zolar sistemasi orqkali amalga oshiriladiki, bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o‘ynaydi.


XX asrning boshlaridayoq nutq funksiyasini miyadagi mahsus «alohida nutq markazlari»ning mavjudligi bilan bog‘lagan nuqtai nazar keng yoyilgan edi. I.P.Pavlov bu qarashga yangi yo‘nalish berdi. U bosh miya qobig‘ining nutq funksiyalari lokalizatsiyasi murakkab bo‘libgina qolmay, balki o‘zgaruvchan hususiyatga ega ekanligini ham isbotlab berdi va uni «dinamik lokalizatsiya» deb atadi.
Hozirgi vaqtda P.K.Anoxin, A.N.Leonteva, A.R.Luriya va boshqa olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, har qanday psixik funksiyalarning asosi alohida «markazlar» bo‘lmay, balki markaziy asab sistemasining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tuzumi hisoblanadi.
Nutq faqat inson uchun hos bo‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir etadilar.
Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til - bu fonetiq leksik va grammatik vositalar sistemasidir. Gapiruvchi o‘z fikrini bayon etish uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a’zolari artikulyasiyasi orqali talaffuz etadi.
Odam nutqi tushunarli va ma’noli bo‘lishi uchun nutq a’zolarining harakatlari aniq va to‘g‘ri bo‘lishi kerak. SHu bilan birga bu harakatlarni mahsus ihtiyoriy kuch ishlatmasdan ro‘yobga chiqarish mumkin bo‘lgan avtomatik bo‘lishi lozim. Aslida ham huddi shunday bo‘ladi.
Odatda, gapiruvchi faqat o‘z fikrini nazorat qiladi, nafas olganda uning tili og‘zida qanday holatda bo‘lishi va hokazolar haqida o‘ylab ham o‘tirmaydi. Bu nutqni talaffuz etish mehanizmi faoliyati oqibatida sodir bo‘ladi. Nutq talaffuzi mehanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yahshi bilishi zarur.
Nutq apparati o‘zaro chambarchas bog‘langan ikki qismdan: markaziy (yoki boshqaruvchi) nutq apparati va periferik (yoki bajaruvchi) qismdan tashkil topgan (1-rasm).
Markaziy nutq apparati bosh miyada joylashgan. U bosh miya qobig‘idan, qobiq osti tugunlaridan, o‘tkazuvchi yo‘llar, o‘zakdan (avvalo uzunchoq miyada), yadrolar va ovoz, nafas, artikulyasiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil topadi.
Markaziy nutq apparati va uning bo‘limlari vazifasi nimalardan iborat?
Nutq boshqa oliy nerv faoliyatining ko‘rinishlari singari, reflekslar asosida shakllanadi. Nutq reflekslari miyaning turli qismlari faoliyati bilan bog‘liqdir.
Biroq bosh miya qobig‘ining ayrim bo‘limlari nutqning hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydi. Bolar chap (chapaqaylarda o‘ng) yarim sharning peshona, chakka va ensa qismlaridir. Bosh miya qobig‘ining bu qismlarida nutq faoliyatida faol ishtirok etuvchi:

      1. Nutq harakat analizatori.

      2. Nutq ko‘ruv analizatori.

      3. Nutq eshituv analizatori joylashgan.





Download 401,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish