SHIPILLOVCHI SIGMATIZM
Shipillovchi sigmatizmda s, s va z tovushlarni shipillovchi tovushlar (j, sh, ch)ga o‘xshab talaffuz qilinadi. Shipillovchi sigmatizmning eng og‘ir shakllarida parasigmatizmlar kuzatiladi. Masalan, sirk-chirk, zina-jina, soat-shoat, sovun-shovun. Bu turdagi sigmatizm milkning tishdan uzoq joylashganligi tufayli hosil bo‘ladi. Uning asosiy salbiy tomoni shundaki, bu kamchilik keyinchalik yozuvda ham aks etib, disgrafiya kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
YON SIGMATIZMI
Bunda “s” tovushining talaffuzi tishlar jipslashgan holda hosil qilinadi – sh tovushi talaffuziga o‘xshaydi, chunki til uchi va o‘rtasi (oldingi qismi) yuqori tish va alveolalarga taqalib turadi. Havo oqimi til o‘rtasidagi ariqchadan chiqish o‘rniga yon tomonlardan chiqadi. Ba’zilarda bir yondan, ba’zilarda esa ikki yondan ham havo chiqishi mumkin.
BURUN SIGMATIZMI
Bu kamchilikka xos artikulatsiya quyidagichadir: tilning orqa qismi baland ko‘tarilib, yumshoq tanglayga tegib turadi. Natijada havo oqimi burun bo‘shlig‘idan chiqadi. Sirg‘aluvchi tovushlar burunli h tovushi sifatida hosil bo‘ladi. Masalan, soat-hoat, sigir-higir, zina-hina.
Burun sigmatizmini bartaraf etish uchun bolaga havo oqimini og‘izdan chiqarishni o‘rgatish kerak (til uchiga puflash mashqi qo‘llaniladi). Shu bilan bir vaqtda tilni kerakli shakllarga keltirish lozim. Buning uchun tilning orqa qismini ko‘tarmaslikka o‘rgatish kerak. Burun sigmatizmini tuzatish uchun s, z tovushlarini tishlararo s, z tovushlaridan o‘rgata borish tavsiya etiladi.Shuni ham aytish kerakki, burun sigmatizmi unli tovushlarning burun ishtirokida talaffuz etilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun logoped burun sigmatizmini bartaraf etish ustida ish olib borganida unli tovushlar talaffuziga ham e’tibor bermog‘i lozim.
AFFRIKAT S-TS (QORISHIQ UNDOSH)
S – til oldi tovushi bo‘lib, sirg‘aluvchi tovushlar toifasiga kiradi Lotin grafikasida u S harfi bilan belgilanadi.
Qorishiq S tovushining hosil bo‘lishi quyidagichadir: tilning oldingi qismi yuqori milkka taqaladi, lekin odatdagicha portlash yuz bermay, og‘iz bo‘shlig‘iga kelgan havo asosan sirg‘alib chiqadi.S tovushini to‘g‘ri talaffuz ettirish uchun eng avval bolani t, s tovushlarini to‘g‘ri talaffuz ettirishga o‘rgatish lozim. Chunki s tovushi ts tovushlarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Normada t tovushi talaffuzida til uchi yuqori tishlarga tegib tursa, sigmatizmda t tovushi bilan yaxshiroq qo‘shilib ketishi uchun tilning pastki tishlarga taqaladigan bo‘lishiga erishish lozim.
«S» tovushining avtomatizatsiyasini yopiq bo‘g‘inlardan boshlash kerak, chunki ochiq bo‘g‘inlarda uning t-s tovushlariga bo‘linishi oson..
Do'stlaringiz bilan baham: |