Tovush tushishi.
So’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush tushishi
Fe’l yasalishi
|
Sifat yasalishi
|
Ot yasalishi
|
Yig’i+la=yig’la
O’yin+a=o’yna
Qiyin+a=qiyna
Ulug’+ay=ulg’ay
Sariq+ay=sarg’ay
Sust+ay=susay
O’rin+a=o’rna
Qizil+ar=qizar
Chaqin+a=chaqna
Ingir+a=Ingra
Ho’ngir+a=ho’ngra
|
O’tir+oq=o’troq
Og’iz+aki=og’zaki
Ayir+im=ayrim
|
Buyur+uq=buyruq
Qayir+oq=qayroq
|
Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush tushishi
Egalik qo’shimchalari ta’sirida
|
Kelishikm qo’shimchalari ta’sirida
|
O’g’il=o’g’lim, o’g’ling, o’g’li
O’rin=o’rnim, o’rning, o’rni
Egin=egnim, egning, egni
Og’iz=og’zim, og’zing, og’zi
Bo’yin=bo’ynim, bo’yning, bo’yni
Bag’ir=bag’rim, bag’ring, bag’ri
Qo’yin=qo’yin, qo’yning, qo’yni
Singil=singlim, singling, qingli
Ko’ngil=ko’nglim, ko’ngling, ko’ngli
Qorin=qornim, qorning, qorni
Bo’g’iz=bo’g’zim, bo’g’zing, bo’g’zi
Mag’iz=mag’zim, mag’zing, mag’zi
Yarim=yarmim, yarming, yarmi
Burun=burnim, burning, burni
Shahar=shahrim, shahring, shahri
Zahar=zahrim, zahring, zahri
|
Mening=men+ning
Meni=men+ni
Meniki=men+niki
Sening=sen+ning
Seni=sen+ni
Seniki=sen+niki
<-niki qo’shimchasi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi>
|
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush tushishi
Fe’l nisbati hosil qiluvchi qo’shimchalar ta’sirida i tovushi tushadi
|
Jamlovchi son hosil qiluvchi qo’shimchalar ta’sirida i tovushi tushadi
|
Ayril=ayir+il
Qayril=qayir+il
|
Ikki=ikkala, ikkov, ikkovlon
Olti=oltala, oltov, oltovlon
Yetti=yettala, yettov, yettovlon
|
Yetakchi va ko’makchi fe’llar hamda to’liqsiz fe’llarda tovush tushishi
Edi, ekan, emish, emas to’liqsiz fe’llari bilan birga qo’llanganda to’liqsiz fe’lning 1-bo’g’inidagi o’rta keng unli tushib qoladi
Kelgan emas – kelganmas, borgan emish – borganmish, borar edi – borardi, borar ekan – borarkan kabi.
Yetakchi fe’l a bilan tugagan bo’lsa, ko’makchi fe’l o bilan boshlansa, yetakchi fe’l asosidagi a unlisi tushib qoladi
Ayta oladi – aytoladi, yeta olmadim – yetolmadim kabi.
Talaffuzda tovush tushishi
Qator undosh bilan tugagan so’zlarda talaffuzda qator undoshlardan biri tushib qoladi, lekin yozuvda, albatta, yoziladi
Go’sht>go’sh, xursand>xursan, Toshkent>Toshken, dastyor>dasyor kabi
Tovush ortishi
So’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush ortishi
Ayrim so’zlardan sifat yasalganda so’z asosida tovush ikkilanishi, ya’ni tovush ortishi kuzatiladi
Sifat yasalishi
|
Ot yasalishi
|
Fe’l yasalishi
|
Achi+q=achchiq
Isi+q=issiq
Sasi+q=sassiq
Fan+iy=fanniy
His+iy=hissiy
Tib+iy=tibbiy
|
Jiz+a=jizza
Shar+os=sharros
Chuv+os=chuvvos
Var+ak=varrak
G’ur+ak=g’urrak
|
Ega+la=egalla
|
Sintaktim shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush ortishi
Egalik qoshimchalari ta’sirida
|
Kelishik qo’shimchalari ta’sirida
|
Рarvo+im=рarvoyim
Obro’+ing=obro’ying
Mavqe+imiz=mavqeyimiz
Mavzu+ingiz=mavzuyingiz
Avzo+im=avzoyim
|
U+ga=unga
Shu+dan=shundan
Bu+day=bunday
O’sha+aqa=o’shanaqa
U+im=unim
Bu+im=bunim
|
Рarvo, obro’, mavqe, avzo so’zlariga I va II, III shaxs egalik qo’shimchasi; mavzu so’ziga I va II shaxs egalik qo’shimchasi qo’shilganda so’z asosida til o’rta, jarangli, sirg’aluvchi undosh ortadi va shunday yoziladi.
U, bu, shu, o’sha olmoshlariga –ga, -da, -dan, -day, -cha, -aqa qo’shimchalari va egalik qo’shimchalaro qo’shilsa, so’z asosida til oldi, jarangli, рortlovchi undoshi ortadi va shunday yoziladi.
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush ortishi
Yemoq, demoq fe’llariga majhul nisbat va birgalik nisbat shakllari hamda harakat nomi shakli qo’shilganda so’z asosida til o’rta, jarangli, sirg’aluvchi ortadi va shunday yoziladi
Yemoq+il=yeyilmoq
Demoq+il=deyilmoq
Yemoq+ish=yeyishmoq
Demoq+ish=deyishmoq
Talaffuzda tovush ortishi
So’zlarda unlilar yonma-yon kelganda ular orasida talaffuzda y ortgan holda aytiladi, lekin shunday yozilmaydi
Keng unlidan keyin tovush ortishi
Said>Sayid, shoiy>shoyir, doim>doyim
Tor unlidan keyin tovush ortishi
Tabiat>tabiyat, shariat>shariyat, shior>shiyor
Tovush almashishi
So’z yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush almashishi
Fe’l yasalishi
|
Ot yasalishi
|
Sifat yasalishi
|
Ong+la=angla
Son+a=sana
Yosh+a=yasha
Ot+a=ata
Yosh+ar=yashar
|
Yor+a=yara
Ishqa+r=ishqor
Tala+n=talon
Qara+l=qarol
Tara+q=taroq
So’ra+q=so’roq
Bo’ya+q=bo’yoq
O’ta+q=o’toq
Qayra+q=qayroq
Yama+q=yamoq
Qiyna+q=qiynoq
Sana+q=sanoq
Suva+q=suvoq
|
Chuchi+k=chuchuk
Ilg’a+r=ilg’or
Sovi+q=sovuq
Quri<>fe’l+q=quruq
Tarqa+q=tarqoq
Sayra+qi=sayroqi
Quvna+q=quvnoq
Mudra+q=mudroq
Yumsha+q=yumshoq
Qayna+q=qaynoq
O’yna+qi=o’ynoqi
Yig’la+qi=yig’loqi
|
a bilan tugagan fe’llardan –q qo’shimchasi yordamida ot yasalganda, so’z asosidagi a tovushi o tovushiga almashadi.
a bilan tugagan fe’llardan –q va –qi qo’shimchasi yordamida sifat yasalsa, a tovushi o tovushiga almashadi.
i bilan tugagan fe’llardan –q qo’shimchasi bilan sifat yasalganda i unlisi u unlisiga almashadi.
Ayrim so’zlarga –q qo’shimchasi qo’shilsa ham, tovush almashmaydi qavi – qaviq, og’ri – og’riq, ili – iliq kabi.
Quyidagi so’zlarda bir necha tovush o’zgarishlari kuzatiladi
O’ynoqi
|
O’yin+a
|
O’yna+qi
|
2ta tovush o’zgarishi: 1ta tovush tushishi, 1ta tovush almashishi
|
Yig’loqi
|
Yig’i+la
|
Yig’la+qi
|
2ta tovush o’zgarishi: 1ta tovush tushishi, 1ta tovush almashishi
|
Buyrug’ingiz
|
Buyur+uq
|
Buyruq+ingiz
|
2ta tovush o’zgarishi: 1ta tovush tushishi, 1ta tovush almashishi
|
Qiynog’i
|
Qiyin+a
|
Qiyna+q
|
Qiynoq+i
|
3ta tovush o’zgarishi: 1ta tovush tushishi, 2ta tovush almashishi
|
Sanog’im
|
Son+a
|
Sana+q
|
Sanoq+im
|
3ta tovush almashishi
|
Sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush almashishi
va bilan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilsa, tovushi tovushiga, tovushi tovushiga almashadi:
Tilak+im=tilagim
Qishloq+im=qishlog’im
Ba’zi so’zlar bundan mustasno: nok, chok, erk, ishtirok, huquq, ravnaq, ko’rk, idrok, nutq, zavq kabi, nok+im=nokim
va bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi –ga qo’shimchasi qo’shilsa, qo’shimchada tovush almashishi kuzatiladi:
Tilak+ga=tilakka
Yaрroq+ga=yaрroqqa
Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar qo’shilishi natijasida tovush almashishi
va bilan tugagan fe’llarga -gan sifatdosh yasovchi qo’shimcha va -gach, -guncha, -gudek, -gancha, -gani ravishdosh yasovchi qo’shimchalar, erkalash va achinish qo’shimchasi -gina, chegaralash qo’shimchasi -gacha qo’shilsa, qo’shimchada tovush moslashishi kuzatiladi:
Ek+gan=ekkan
Yoq+gach=yoqqach
Tuzuk+gina=tuzukkina
Qishloq+gacha=qishloqqacha
va bilan tugagan fe’llardan <-v> qo’shimchasi yordamida harakat nomi yasalganda tovushi tovushiga, tovushi tovushiga almashadi:
Sayla+v=saylov
O’qi+v=o’quv
Do'stlaringiz bilan baham: |