Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 34-son, 456-modda) «Raqobat to'g'risida»


II. Shaxslar guruhi deb e'tirof etish



Download 183 Kb.
bet4/4
Sana26.06.2017
Hajmi183 Kb.
#16083
1   2   3   4

II. Shaxslar guruhi deb e'tirof etish

5. Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo'lgan hamda «Raqobat to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob beradigan shaxslar yig'indisi shaxslar guruhi deb e'tirof etiladi.

Bunda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning muayyan bozorida xo'jalik yurituvchi sub'ekt va investor shaxslar guruhining jami ulushi ularning individual ulushlari, shuningdek ularning aktsiyalari (ulushlari) yoki mulkiy huquqlariga investor yoki xo'jalik yurituvchi sub'ekt egalik qiladigan boshqa yuridik shaxslarning ulushlari yig'indisi sifatida hisoblanadi.

6. Monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslarni shaxslar guruhi deb e'tirof etish uchun zarur bo'lgan quyidagi axborotlarni so'rab olishga haqlidir:

investorlarning ta'sis shartnomalari yoki ustavlarida xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) hammuassislarning ulushlari to'g'risida;

investorlarning, shuningdek ular muassislarining xo'jalik yurituvchi sub'ektning ta'sis hujjatlarida ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari to'g'risida;

investorning, shuningdek uning muassislarining boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) aktsiyalar yoki ulushlarga egalik qilish qismiga doir investitsiyaviy faoliyati to'g'risida;

xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning va (yoki) investorning xizmatlar ko'rsatishga doir asosiy faoliyat turlari hamda ularning muayyan tovar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi ulushlari to'g'risida.

Ushbu bandda sanab o'tilgan ma'lumotlar investor tomonidan taqdim etiladi. Agar investorda ushbu axborotlar mavjud bo'lmasa, monopoliyaga qarshi organ tomonidan ular bunday axborotga bevosita ega bo'lgan boshqa shaxslardan so'rab olinishi mumkin.

III. Aktsiyalar (ulushlar) va boshqa mulkiy huquqlarni olishni nazorat qilish tartibi

7. Aktsiyadorlik jamiyatining aktsiyalarini olish bo'yicha bitimlarni tuzish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish investor quyidagilarni tasarruf etish huquqini oladigan hollarda zarur bo'ladi:

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning o'ttiz besh va undan ortiq foizini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha investor mazkur aktsiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni tasarruf etmagan yoki o'ttiz besh foizdan kamini tasarruf etgan bo'lsa;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning ellik foizidan ortig'ini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha investor mazkur aktsiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning kamida o'ttiz besh foizini va ko'pi bilan ellik foizini tasarruf etgan bo'lsa;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning etmish besh foizidan ortig'ini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha investor mazkur aktsiyadorlik jamiyati ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning kamida ellik foizini va ko'pi bilan etmish besh foizini tasarruf etgan bo'lsa.

8. Mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olish bo'yicha bitimlarni tuzish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish investor quyidagilarni tasarruf etish huquqini oladigan hollarda zarur bo'ladi:

ushbu jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarning ellik foizidan ortig'ini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha u mazkur jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning ellik foizidan kamini tasarruf etgan bo'lsa;

ulushlarning uchdan ikki qismidan ortig'ini tasarruf etish huquqini olganda, agar bungacha u mazkur jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarning kamida ellik foizini va uchdan ikki qismidan ortiq ulushlarni tasarruf etgan bo'lsa.

9. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini investor tomonidan olish bo'yicha bitimni tuzishga oldindan rozilik berish to'g'risidagi ariza quyidagilar tomonidan ko'rib chiqiladi:

a) O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan:

respublikaning barcha hududida yoki bir nechta mintaqalarida o'z faoliyatini amalga oshiruvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishda;

agar xo'jalik yurituvchi sub'ekt va investor yoki shaxslar guruhi hisoblanadigan investorlar respublikaning turli mintaqalarida joylashgan bo'lsa — ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olishda;

xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini xorijiy investorlar tomonidan olishda;

b) respublikaning tegishli hududida o'z faoliyatini amalga oshiruvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishda O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasining hududiy organlari tomonidan ko'rib chiqiladi.

10. Qimmatli qog'ozlar savdolarining tashkilotchilari qimmatli qog'ozlar savdolarini tashkillashtirish qoidalariga ko'ra investorni ushbu Nizomda nazarda tutilgan xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi aktsiyalarni olish tartibiga rioya qilishning zarurligi to'g'risida xabardor qilishlari shart, qimmatli qog'ozlar mulkdori yoki qimmatli qog'ozlar savdolarini tashkil etish qoidalarida belgilangan tartibda qimmatli qog'ozlarga mulkiy huquq egalari bundan mustasno.

11. Aktsiyalar bo'yicha bitimlarni ro'yxatga oluvchi depozitariylar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga majbur:

bitimni (bitimlarni) ro'yxatdan o'tkazish, ushbu investorning aktsiyalarga bo'lgan huquqlarini hisobga olish va tasdiqlash depozitariy tomonidan amalga oshiriladigan hollarda, uning (ularning) natijasida investor xo'jalik yurituvchi sub'ekt ustav fondidagi aktsiyalarning o'ttiz besh va undan ko'p foizini investor oladigan aktsiyalar bilan bir yoki bir nechta bitimlarni ro'yxatdan o'tkazishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi investorda mavjudligini tekshirish;

investor tomonidan monopoliyaga qarshi organning oldindan olinadigan roziligi taqdim qilinmagan taqdirda, mazkur bandning ikkinchi xatboshida ko'rsatilgan bitimni ro'yxatdan o'tkazishni rad etish.

Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi investor tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda aktsiyalarni olish tartibi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida har yili 15 martdan kechikmay monopoliyaga qarshi organga aktsiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi aktsiyalarning o'ttiz besh va undan ortiq foiziga ega bo'lgan shaxslar ro'yxatini elektron shaklda taqdim etadi.

12. Depozitariylar raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilishi faktlari yoki belgilari ko'rib chiqilayotgan hollarda monopoliyaga qarshi organning yozma so'roviga asosan mijozlarning hisob raqamlari bo'yicha ma'lumotnoma taqdim etadilar.



IV. Oldindan rozilik olish tartibi

13. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlarini) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlarni amalga oshirishda investor yoki uning ishonchli shaxsi ushbu bitimlar tuzilgungacha aktsiyalarni (ulushlarni) olayotganda monopoliyaga qarshi organga:

bitim tuzishga oldindan rozilik berish to'g'risidagi arizani;

yuridik shaxs uchun — barcha o'zgartirishlar hisobga olingan ta'sis hujjatlarining nusxalarini yoki jismoniy shaxs uchun — pasporti nusxasini (hujjatning seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ ko'rsatiladi);

ariza berilgan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki yildan kamroq muddatni tashkil etsa, ariza beruvchi tomonidan faoliyat amalga oshirilgan muddat mobaynida olib borilgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to'g'risidagi ma'lumotlarni;

oldingi ikki kalendarь yilga doir moliya (1 va 2-shakl) va statistika hisobotini;

shaxslar guruhining tarkibi to'g'risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirishning asoslari ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olish bo'yicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish to'g'risida qaror qabul qilish uchun monopoliyaga qarshi organ bitimlarni tuzishda investor tomonidan qabul qilingan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi to'g'risidagi axborotni, shuningdek xo'jalik yurituvchi sub'ektni kelgusida rivojlantirishning biznes-rejasini so'rab olishi mumkin.

14. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish to'g'risidagi arizada quyidagilar ko'rsatilishi zarur:

xo'jalik yurituvchi sub'ektning nomi, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari) miqdori yoki investor oladigan boshqa mulkiy huquqlarning miqdori;

xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondi (ustav kapitali)ga kiritiladigan mol-mulkning qiymati;

amalga oshiriladigan bitimning maqsadi;

investorni va xo'jalik yurituvchi sub'ektni boshqarishning saylanadigan va ijro etuvchi organlari tarkibiga kiradigan shaxslar ro'yxati;

investor va uning muassislarining boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondlarida (ustav kapitallarida) qatnashishi to'g'risidagi, shuningdek ularning boshqa mulkiy huquqlarga egaligi to'g'risidagi ma'lumotlar.

15. Investor ushbu Nizomning 13-bandida ko'rsatilgan biror-bir ma'lumotlarni taqdim etish imkoniyati bo'lmaganda uning sabablarini ko'rsatishi shart.

Agar xorijiy investor ob'ektiv sabablarga ko'ra moliya hisobotini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lmasa, ushbu hujjat mavjud bo'lmagan taqdirda ham ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulashlar)ni olish bo'yicha istalgan bitimni tuzishga oldindan rozilik olishi zarur.

16. Axborot tarkibida tijorat sirining mavjudligi uni monopoliyaga qarshi organga taqdim qilishni rad etish uchun asos bo'lolmaydi, bunda xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlarning qatnashchilari monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etishda tijorat siridan iborat bo'lgan ma'lumotlarning mufassal ro'yxatini ko'rsatishi kerak.

17. Ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar investor yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan monopoliyaga qarshi organga bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, ularning olingani to'g'risidagi bildirishnoma bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar investor yoki uning ishonchli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

18. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxat bo'yicha qabul qilinadi, ro'yxat oldindan rozilik olish uchun murojaat qilgan investorga yoki uning ishonchli shaxsiga, hujjatlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilingan sanasi ko'rsatilgan holda, darhol beriladi (yuboriladi).

19. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha tuziladigan bitimning raqobatni cheklashga ta'sir ko'rsatish faktlarini o'rganish maqsadida monopoliyaga qarshi organ ko'rib chiqilayotgan bitimga bevosita taalluqli qo'shimcha axborotni unga ega bo'lgan shaxslardan so'rab olishi mumkin.

20. Tegishli ariza hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar va axborotlar monopoliyaga qarshi organdan olingan kun ariza olingan kun hisoblanadi.

Ushbu Nizomning 13-bandida ko'rsatilgan axborot yoki hujjatlarsiz va ularning taqdim etishning imkoniyati bo'lmaganligini izohlovchi sabablar ko'rsatilmagan holda monopoliyaga qarshi organga berilgan ariza ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ arizani ko'rib chiqmasdan uch kun mobaynida qaytaradi.

21. Arizada va unga ilova qilingan hujjatlarda (axborotlarda) mavjud bo'lgan faktlar o'zgargan taqdirda bitim qatnashchilari bu to'g'rida monopoliyaga qarshi organni ular qaror qabul qilgungacha yozma shaklda xabardor qiladilar. Bunday hollarda monopoliyaga qarshi organ o'zgarishlar to'g'risida axborot olgan kun ariza olingan kun hisoblanadi.

Monopoliyaga qarshi organga arizaga ilova qilingan hujjatlardagi faktlar o'zgarganligi haqida axborot taqdim etmaslik raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo'ladi.

22. Monopoliyaga qarshi organ, agar:

bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish to'g'risidagi arizaning qondirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli ustun mavqei yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo'lsa;

taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning ishonchsizligi aniqlansa, investorga xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarini (ulushlarini) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishiga oldindan rozilik berishni rad etishga haqli.

23. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish to'g'risidagi ariza monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug'i bilan tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi.

24. Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha maxsus komissiya hujjatlarning to'liq paketi ilova qilingan holdagi ariza olingan vaqtdan boshlab o'n ish kunidan kechikmay xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish yoxud uni rad etish to'g'risida qaror chiqaradi.

Zarur bo'lganda, monopoliyaga qarshi organda bitim raqobatni, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni paydo qilish yoxud kuchaytirish vositasida cheklashga olib kelishiga yoki olib kelishi mumkinligiga asoslar paydo bo'lgan taqdirda arizani ko'rib chiqish muddati uzaytirilishi, lekin ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu to'g'rida investorga yoki uning ishonchli shaxsiga xabar qilinadi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimni tuzishga oldindan rozilik olish uchun bir nechta shaxs yoki shaxslar guruhlari ayni bir vaqtda murojaat qilishgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori ariza berganlarga aynan bir kunning o'zida yuboriladi.

Qaror maxsus komissiya raisi va uning a'zolari tomonidan ikki nusxada imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.

Ko'rib chiqish natijalari bo'yicha maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror investorga qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay yuboriladi.

Yozma shaklda so'ralgan taqdirda manfaatdor tomonlarga qarorning nusxasi taqdim etiladi.

25. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitim ushbu bitimni tuzishga rozilik berish to'g'risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil mobaynida tuzilishi kerak. Bitim ko'rsatib o'tilgan muddatda tuzilmagan taqdirda qaror o'z kuchini yo'qotadi.

26. Monopoliyaga qarshi organ tomonidan investorning arizasini ko'rib chiqish muddati mobaynida xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimni tuzishga oldindan rozilik berish yoki uni rad etish to'g'risida qaror qabul qilinmagan taqdirda ushbu Nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshida ko'rsatilgan muddat o'tgach investor, bu to'g'rida monopoliyaga qarshi organni yozma shaklda xabardor qilgan holda, xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari) yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimni tuzish huquqiga ega.

27. Ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatda, monopoliyaga qarshi organ investor yoki uning ishonchli shaxsining yozma xabari olingandan keyin besh ish kuni mobaynida xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimni tuzish yuzasidan investorga rozilik berish to'g'risida qaror qabul qilishi shart. Monopoliyaga qarshi organning qarori olingungacha ularning qabul qilingan va investor yoki uning ishonchli shaxsi tomonidan monopoliyaga qarshi organga yuborilgan yozma xabar sanasi ko'rsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar ro'yxati xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimni tuzishga oldindan rozilik olingani to'g'risidagi qarorga tenglashtiriladi va ushbu bitimni tuzish uchun asos hisoblanadi.

28. Zarurat bo'lganda, maxsus komissiya majlisiga xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olishga oldindan rozilik olish uchun monopoliyaga qarshi organga murojaat qilgan shaxslar (ishonchnoma bo'yicha ularning vakillari), moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha vakolatli davlat organlari vakillari, shuningdek ushbu bitimni amalga oshirishdan manfaatdor bo'lgan shaxslar taklif etilishi mumkin.

29. Monopoliyaga qarshi organ xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berishga va uni raqobatni ta'minlashga yo'naltirilgan talablarning belgilangan muddatlarda bajarilishiga bog'liq qilib qo'yishga haqlidir. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarni olish bo'yicha bitimlarni tuzishga oldindan rozilik berish to'g'risidagi monopoliyaga qarshi organning qarorida mavjud bo'lishi kerak.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlarni tuzish tegishli investorning tovar yoki moliya bozoridagi ustunlik mavqeining paydo bo'lishiga yoki kuchayishiga va/yoki raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin bo'lsa ushbu bitimni tuzish to'g'risida qaror qabul qilishgan yuridik va/yoki jismoniy shaxslar, monopoliyaga qarshi organning talabiga ko'ra, raqobatning zarur shartlarini tiklash bo'yicha choralar ko'rishlari shart.

30. Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo'jalik yurituvchi sub'ektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi mumkin bo'lgan taqdirda ham, agar xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarini (ulushlarini) boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitimlar tuzish to'g'risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar xatti-harakatlari (bitimlari) iste'molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarini (ulushlarini) va boshqa mulkiy huquqlarini olish bo'yicha bitim tuzish uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.

31. Investor xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarini (ulushlarini) boshqa mulkiy huquqlarini mazkur Nizomning 7 va 8-bandlarida nazarda tutilgan miqdorlarda olish uchun bir tomonlama bitimlarni (meros, huquqiy vorislik) tuzishda, meros bo'yicha huquqqa ega bo'lgan kunidan boshlab bu to'g'rida o'n besh kalendarь kun mobaynida monopoliyaga qarshi organni xabardor qilishi kerak.

Bildirishnomada:

xo'jalik yurituvchi sub'ektning nomi va mulk qilib olingan aktsiyalar (ulushlar)ning miqdori;

boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining aktsiyalariga (ulushlariga) egalik qilishi to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi.

Monopoliyaga qarshi organ ushbu Nizomda nazarda tutilgan qo'shimcha axborotni so'rab olishi mumkin.

32. Moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha vakolatli davlat organlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olish bo'yicha bitimlarni moliya tashkilotlari tomonidan tuzish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishda monopoliyaga qarshi organning ko'rsatib o'tilgan bitimlarni tuzishga oldindan rozilik to'g'risidagi qarorini hisobga oladilar.

V. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning aktsiyalari (ulushlari)ni va boshqa mulkiy huquqlarini olish tartibini buzish

33. Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligisiz xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalari (ulushlari)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarini investor tomonidan olish holati aniqlangan taqdirda investorga nisbatan raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishi bo'yicha belgilangan tartibda ish qo'zg'atiladi.

34. Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarining buzilishi haqidagi ish monopoliyaga qarshi organning maxsus komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi.

Investorning moliya tashkiloti aktsiyalarini olish tartibi buzilganligi haqidagi masala Maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqilayotganda moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha vakolatli davlat organlarining tegishli mutaxassislari ekspertlar sifatida jalb etilishi mumkin.

Maxsus komissiya ishni mazmunan ko'rib chiqish natijalari bo'yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

dastlabki mavqeini tiklash va raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini to'xtatish muddati ko'rsatilgan holda, aktsiyalar (ulushlar) va boshqa mulkiy huquqlarga ega bo'lishni rad etish to'g'risida;

aktsiyalar (ulushlar) va boshqa mulkiy huquqlarga egalik qilishga rozilik berish to'g'risida.

35. Maxsus komissiya, qabul qilingan qarordan qat'i nazar, xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarini (ulushlarini) monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan olganligi uchun investorga qonun hujjatlariga muvofiq jarima soladi.

Bunda maxsus komissiyaning qarori asosida investorga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko'rsatma beriladi.

36. Monopoliyaga qarshi organning qo'zg'atilgan ishni ko'rish natijalari bo'yicha qabul qilgan qarori investorga, moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha tegishli vakolatli davlat organlariga, shuningdek qimmatli qog'ozlar bo'yicha bitimlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi organlarga qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yuboriladi.

37. Maxsus komissiya qarori asosida berilgan ko'rsatma unda belgilangan muddatda bajarilishi kerak.

Ko'rsatmalar investor tomonidan belgilangan muddatida bajarilmagan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uning oldindan berilgan roziligisiz, ustun mavqening paydo bo'lishiga yoki kuchayishiga yoxud raqobatni cheklashga olib keladigan bitimni haqiqiy emas deb e'tirof etish to'g'risidagi da'vo bilan sudga murojaat qiladi.

38. Investor monopoliyaga qarshi organning qarori (ko'rsatmasi)dan norozi bo'lgan taqdirda, qarorni to'liq yoki qisman nohaqiqiy deb e'tirof etish to'g'risidagi ariza bilan sudga yoxud qarorni (ko'rsatmani) bekor qilish yoki o'zgartirish to'g'risidagi ariza bilan O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni ko'rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi to'g'risidagi Nizomga


ILOVA

Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlarni olishga bitimlarni tuzish nazorat qilinadigan moliya tashkilotlarining moliya bozoridagi aktivlarining jami balans qiymatlari

MIQDORLARI



450 mln AQSh dollari‎

—‎

banklarga nisbatan;‎

25 mln AQSh dollari‎

—‎‎

sug'urta kompaniyalariga nisbatan;‎

3 mln AQSh dollari‎

—‎‎

lizing kompaniyalariga nisbatan;‎

400 ming AQSh dollari‎

—‎‎

nobank kredit tashkilotlariga va qimmatli
‎qog'ozlar bozorining professional qatnashchilariga
‎nisbatan.‎

Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish