Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2013 y., 34-son, 456-modda) «Raqobat to'g'risida»


III. Kelishib olingan harakatlar va bitimlar mavjudligining dalili



Download 183 Kb.
bet3/4
Sana26.06.2017
Hajmi183 Kb.
#16083
1   2   3   4

III. Kelishib olingan harakatlar va bitimlar mavjudligining dalili

10. Quyidagilar xo'jalik sub'ektlari o'rtasida yoxud xo'jalik yurituvchi sub'ektlar bilan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki yuridik shaxslarning birlashmalari o'rtasida raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlarni va bitimlarni amalga oshirish holatlarining dalillari hisoblanadi:

tovar etkazib berish hajmlarini kelishish;

narxlarni sun'iy tarzda oshirish yoki pasaytirish to'g'risida ahdlashuv;

bir xil preyskurantni yoki narxni tasdiqlaydigan buyruq (protokol, farmoyishni)ni qo'llash;

tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish hajmlariga cheklashlar (kvotalar) belgilash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Raqobatni cheklaydigan bitimlar tuzish holatlarining dalillari bevosita va bilvosita bo'lishi mumkin.

11. Shartnomalar shartlarini, schyotlar, yuk xatlari, preyskurantlar, to'lov topshiriqnomalari, qarorlar (shu jumladan protokollar), xatlar va shu kabilarni o'rganish davomida aniqlanadigan kelishib olingan harakatlar va bitimlarning hujjatli tasdig'i raqobatni cheklaydigan bitimlar tuzish bevosita dalillar hisoblanadi.

12. Kelishib olingan harakatlar va bitimlarni tasdiqlovchi bilvosita dalillar muayyan davrda bozorda yoki savdolar jarayonida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning xatti-harakatini qiyosiy tahlil qilish davomida aniqlanadi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, yuridik shaxslarning birlashmalari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari o'rtasida axborotlarni og'zaki yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ayirboshlash, narxlarni oshkora e'lon qilish, shuningdek ular tomonidan, bunga asosli sabablar bo'lmagani holda, bir xil va sinxron harakatlarni amalga oshirish raqobatni cheklovchi bitimlar tuzishning bilvosita dalillari hisoblanadi.



IV. Aniqlangan kelishib olingan harakatlar va bitimlarni ko'rib chiqish

13. Ushbu Nizomning 9-bandida ko'rsatib o'tilgan kelishib olingan harakatlar yoki bitimlar belgilari aniqlangan taqdirda monopoliyaga qarshi organ tomonidan raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to'g'risida, belgilangan tartibda ish qo'zg'atiladi.

14. Xo'jalik yurituvi sub'ektlar, davlat boshqaruvi organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki yuridik shaxslarning birlashmalari o'zlari sodir etgan harakatlar va bitimlarning kelishib olinmaganligi va raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga zid emasligi to'g'risidagi dalillarni taqdim etishga haqli.

V. Yakunlovchi qoida

15. Monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o'z vaqtida taqdim etmaganlik, ishonchsiz yoki soxta ma'lumotlar taqdim etganlik uchun xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, davlat boshqaruvi organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslarning birlashmalari va ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 avgustdagi 230-son qaroriga
4-ILOVA

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish masalalarini ko'rib chiqish tartibi to'g'risida

Nizom


I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom «Raqobat to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni (keyingi o'rinlarda xo'jalik yurituvchi sub'ektlar deb ataladi) majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom tabiiy monopoliyalar sub'ektlariga tatbiq etilmaydi.

3. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi o'rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.



II. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishning asosiy shartlari

4. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish deyilganda bo'linayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt negizida, uning faoliyatini to'xtatgan hamda uning huquqlari va vazifalarini yangidan tashkil etilayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga bergan holda, bir nechta xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tashkil etish tushuniladi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektni ajratib chiqarish deyilganda, uning faoliyatini to'xtatmagan holda, uning huquqlari va majburiyatlarining bir qismini ularga berish bilan bir yoki bir nechta xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tashkil etish tushuniladi.

5. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish uning ustun mavqeni suiiste'mol qilishini bartaraf etish, shuningdek xo'jalik yurituvchi sub'ekt negizida tovar va moliya bozorlarini to'yintirishga, tovarlar, ishlar va xizmatlarning iste'mol xususiyatlarini yaxshilashga, ularning raqobatbardoshliligini oshirishga ko'maklashuvchi ikki yoxud bir nechta alohida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tashkil etish yo'li bilan tovar yoki moliya bozorida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.

6. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish ilgari unga nisbatan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste'mol qilishini bartaraf etish bo'yicha qo'llangan chora-tadbirlar samara bermagan taqdirda amalga oshiriladi.

7. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish to'g'risidagi qaror, har bir aniq holatda, tarmoqning, ishlab chiqarish jarayonining xususiyatini, ishlab chiqarilayotgan tovarlar, amalga oshirilayotgan ishlar va xizmatlar, boshqaruvni tashkil etish turini hisobga olgan holda, uni bo'lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi ko'p tomonlama baholangandan keyin qabul qilinishi mumkin.

8. Monopoliyaga qarshi organ xo'jalik yurituvchi sub'ektni quyidagi shakllarda majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi to'g'risida qaror qabul qilishga haqlidir:

a) xo'jalik yurituvchi sub'ektni bir nechta xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tashkil etgan holda bo'lish;

b) xo'jalik yurituvchi sub'ekt tarkibidan alohida tarkibiy bo'linmalarni (birliklarni) ajratib chiqarish va ularning negizida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tashkil etish;

v) raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxslar guruhini tashkil etuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning aktsiyalari yoki ulushlarini sotish.

9. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishga, agar bu boshqa teng sharoitlarda:

bir-biri bilan bog'liq bo'lgan xom ashyo, chiqindilar va qo'shimcha mahsulotlarni qayta ishlashning izchil bosqichlari mavjud bo'lgan yoki ulardan kompleks foydalanilgan taqdirda ishlab chiqarishning texnologik darajasi pasayishiga;

ishlab chiqarish(sotish) hajmlarining qisqarishiga;

texnologik jihatdan uzluksiz ishlab chiqarish jarayoni tufayli ishlab chiqarish ko'lamlarida jiddiy iqtisodiy yo'qotishlarga;

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablariga muvofiq banklar va boshqa kredit tashkilotlari bo'lingan yoki ajratilgan taqdirda litsenziyalar olinishini ta'minlash mumkin bo'lmasligiga olib kelgan taqdirda yo'l qo'yilmaydi.

III. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini o'rganishni amalga oshirish

10. Ustun mavqeni suiiste'mol qilish holatiga yo'l qo'yayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektga nisbatan ko'rilayotgan choralar samara bermagan taqdirda monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlariga muvofiq ish qo'zg'atadi.

11. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan ustun mavqeni suiiste'mol qilish holati bo'yicha qo'zg'atilgan ish doirasida monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrug'i bilan tuziladigan Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini ko'rib chiqish bo'yicha maxsus komissiya (keyingi o'rinlarda Maxsus komissiya deb ataladi) tomonidan, o'rganish uchun zarur muddatni belgilagan holda uni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati yuzasidan tahlil o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilinadi.

12. Tahlilni o'tkazish davomida quyidagi axborot ko'rib chiqiladi:

a) xo'jalik yurituvchi sub'ektning qisqacha tavsifi:

nomi;


faoliyatining asosiy turlari ro'yxati;

joylashgan joyi (pochta manzili);

bozordagi xatti-harakatlarining tavsifi;

b) xo'jalik yurituvchi sub'ektning tashkiliy tuzilmasining sxemasi:

xo'jalik yurituvchi sub'ektning tashkiliy tuzilmasi va uning tarkibiga kiruvchi tarkibiy bo'linmalar o'rtasidagi aloqa shakllari va ularning huquqiy maqomi;

guruh tashkil etuvchi shaxslarning xo'jalik yurituvchi sub'ektlar aktsiyalari (ulushlari)ga teskari egalik qilishi yoki boshqa huquqlarining mavjudligi;

xo'jalik yurituvchi sub'ektning, uning tarkibiy tuzilmalari va filiallarining joylashishi va hududiy tavsifi;

xo'jalik yurituvchi sub'ekt balansidagi ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarining ro'yxati va joylashgan joyi;

v) xo'jalik yurituvchi sub'ekt va uning tarkibiy bo'linmalari faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari;

tovarlar, ishlar va xizmatlar turlari bo'yicha ishlab chiqarish, sotish va eksport hajmlari;

monopol tovarlar, ishlar va xizmatlarning ularni ishlab chiqarish (sotish) umumiy hajmidagi salmog'i;

xo'jalik yurituvchi sub'ekt va tarkibiy bo'linmalarning ish bilan band xodimlari soni;

asosiy fondlarning balans qiymati;

rentabellik;

g) ishlab chiqarish jarayoni, tovarlar, ishlar va xizmatlarning tavsifi:

tarkibiy bo'linmalarning texnologik aloqalari;

xom ashyo va materiallarning tashqi etkazib beruvchilari;

xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, tayyor buyumlarni ichki etkazib berish sxemasi;

liniyalar, uchastkalar va ishlab chiqarishlarning texnologik ixtisoslashuvi, standartlashtirish xizmatlari ishlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni texnik tayyorlash darajasi;

tegishli tovar, ishlar va xizmatlarni (uzluksiz yoki davriy) tayyorlashda qo'llanadigan ishlab chiqarish jarayonining tavsifi;

ishlab chiqarishni (yirik seriyali, kichik seriyali) tashkil etish turi;

hududlar, moliyaviy ko'rsatkichlar, boshqaruv, etkazib berishlar bo'yicha tarkibiy bo'linmalar (filiallar)ning avtonomlilik darajasi, umumiy xizmatlar va kommunikatsiyalarning (transport, energetika, ta'mirlash bazasi, ombor xo'jaligi, moddiy-texnika ta'minoti va boshqalarning) mavjudligi;

tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi (standartlashtirilgan, yalpi, bir xil yoki noyob, yagonaligi) va ularning raqobatbardoshliligi;

tovarlar, ishlar va xizmatlarning respublika hududidagi asosiy iste'molchilari;

d) boshqa ko'rsatkichlar: tarkibiy bo'linmalar, mehnat jamoasi, xo'jalik yurituvchi sub'ekt yoki uning vakolatli organi mol-mulki mulkdorining xo'jalik mustaqilligiga munosabati.

13. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarini majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish masalalarini ko'rib chiqishda ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan axborotlarga qo'shimcha ravishda, banklar va boshqa kredit tashkilotlariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlar, normalar va cheklashlar ko'rib chiqiladi.

14. Tahlilni o'tkazish davomida ko'rib chiqiladigan axborotni o'rganishda xo'jalik yurituvchi sub'ektning o'rganishni o'tkazishdan oldingi uch yil mobaynidagi yoxud, agar u uch yildan kamni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynidagi faoliyat ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.

15. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt o'z faoliyatini amalga oshiradigan tegishli bozordagi raqobat muhitni baholash uchun quyidagi masalalar ko'rib chiqiladi:

bozordagi o'xshash va bir-birining o'rnini bosadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilish bo'yicha asosiy raqobatchilar;

bozor qatnashchilarining bozor ulushlarining taqsimlanishi;

bozor qatnashchilarining geografik jihatdan mansubligi.

16. O'rganish natijalari bo'yicha, olingan ma'lumotlar asosida, quyidagi barcha sharoitlar mavjud bo'lganda xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi:

bo'linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo'linmalarning tashkiliy va hududiy alohida bo'lish imkoniyatining mavjudligi;

uning tarkibiy bo'linmalari o'rtasida o'zaro uzviy texnologik bog'liqlikning yo'qligi;

bo'lish yoki ajratib chiqarish natijasida tarkibiy bo'linmalar uchun tovar yoki moliya bozorida faoliyatni mustaqil amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni bo'lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyatini aniqlashda quyidagilar e'tiborga olinadi:

xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish natijasida paydo bo'ladigan yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining samaradorligini oshirish yoki saqla b qolish (mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlarning material va fond sig'imini kamaytirish va boshqalar);

tovarlar, ishlar va xizmatlar etkazib berishning fizik hajmi o'zgarishi natijasida tovar yoki moliya bozoridagi raqobat sharoitlarini yaxshilash;

tovar bozorlaridagi raqobatlashuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar sonini ko'paytirish;

xo'jalik yurituvchi sub'ekt tarkibidan ajratib chiqariladigan yangi tarkibiy birliklarning eksport imkoniyatlarini o'zgartirish.

Umuman bo'lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati ushbu tovar yoki moliya bozoridagi umumiy raqobat sharoitlarining nazarda tutilayotgan yaxshilanish darajasi, shuningdek ajratib chiqarilayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektning tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlarni mustaqil ravishda ishlab chiqarish va bozorga etkazib berish imkoniyati bilan aniqlanadi.

17. Zarurat bo'lganda, xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun monopoliyaga qarshi organ mustaqil ekspertlarni jalb etishi mumkin.

18. Moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni bo'lish yoki ajratib chiqarish imkoniyati masalalari ushbu sohadagi tegishli vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ko'rib chiqiladi.

IV. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish to'g'risida qarorlar qabul qilish

19. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish yoki ajratib chiqarish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini o'rganish natijalariga ko'ra, majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish to'g'risida qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi:

xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishning ijobiy va salbiy oqibatlarini qiyosiy baholash;

xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish yoki ajratib chiqarishning uni bo'lish yoki ajratib chiqarish shaklini belgilovchi loyihani ishlab chiqish. Bunda uning negizida, buning uchun zarur sharoitlar mavjud bo'lgan taqdirda, mustaqil yuridik shaxslar sifatida tashkil etiladigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning kelgusida faoliyat ko'rsatishi hisobga olinadi;

tashkil etiladigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning tashkiliy tuzilmasi sxemasini ishlab chiqish;

majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash.

Majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligi to'g'risida qaror tayyorlash davomida majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish natijasida yangidan tashkil etiladigan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhi tarkibiga kirishiga yo'l qo'yilmaydi.

20. O'rganishlar natijalari bo'yicha tayyorlangan materiallar Raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini ko'rib chiqish bo'yicha maxsus komissiyaga kiritiladi.

21. Xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarishning imkoniyati va zarurligi to'g'risidagi qaror Maxsus komissiya tomonidan, manfaatdor tomonlar ishtirokida, xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish yoki ajratib chiqarish loyihasini muhokama qilgan holda qabul qilinadi.

22. Maxsus komissiyaning qabul qilgan qarori asosida monopoliyaga qarshi organ tomonidan o'n kun muddatda xo'jalik sudiga xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish to'g'risida da'vo arizasi kiritiladi.

23. Xo'jalik sudi tomonidan ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni bo'lish yoki ajratib chiqarish tartiboti qarorda nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda va unda belgilangan muddatda mulkdor yoki u vakil qilgan organ tomonidan bajarilishi kerak.

24. Xo'jalik sudining xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy tarzda bo'lish yoki ajratib chiqarish to'g'risidagi qarori sud belgilagan muddatlarda bajarilmagan taqdirda xo'jalik sudi monopoliyaga qarshi organ da'vosi bo'yicha, qonunda belgilangan tartibda xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish yoki ajratib chiqarishni amalga oshirish bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'ekt boshqaruvchisini tayinlaydi.

25. Sud qarori bilan tayinlangan xo'jalik yurituvchi sub'ektni boshqaruvchi sud qarorida va monopoliyaga qarshi organ qarorida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi.

26. Boshqaruvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida xo'jalik yurituvchi sub'ektni boshqarish organlari unga ro'yxat bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyati bilan bog'liq bo'lgan barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhri, shtampi va boshqa mol-mulkini taqdim etishlari shart.

Xo'jalik yurituvchi sub'ekt boshqaruvchisi tayinlangan vaqtdan boshlab sud qarori bilan belgilangan muddatgacha xo'jalik yurituvchi sub'ektning barcha boshqaruv organlari vakolatlari to'xtatib qo'yiladi va sud qarori bilan tayinlangan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning boshqaruvchisiga o'tadi.

27. Boshqaruvchi:

xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lishni yoki ajratib chiqarishni amalga oshiradi hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) va boshqa manfaatdor shaxslarning manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi;

xo'jalik yurituvchi sub'ekt nomidan ishonchnomasiz ish ko'radi, xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy, to'lov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;

xo'jalik yurituvchi sub'ektning barcha mansabdor shaxslari va xodimlarining bajarishi majburiy bo'lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;

xo'jalik yurituvchi sub'ektni bo'lish yoki ajratib chiqarish bilan bog'liq bo'lgan boshqa masalalarni hal etadi.

28. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni bo'lish yoki ajratib chiqarish natijasidagi bo'lish balansining sud tomonidan tasdiqlanishi yangidan paydo bo'layotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun asos hisoblanadi.

29. Bo'lish va ajratib chiqarish tartibotlarini o'tkazish xarajatlari bo'linayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan qoplanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 avgustdagi 230-son qaroriga
5-ILOVA

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni ko'rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi to'g'risida

NIZOM


Ushbu Nizom «Raqobat to'g'risida» va «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq qatnashchilari yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadigan shaxs (shaxslar guruhi) tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarni olishga doir bitimlarni ko'rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:



investor — xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini o'z nomidan va o'z hisobidan oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek shaxslar guruhi;

xo'jalik yurituvchi sub'ekt — ustav fondi (ustav kapitali) aktsiyalarga (ulushlarga) bo'lingan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs;

moliya tashkilotlari — moliya bozorida xizmatlar ko'rsatuvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar;

aktsiyalar (ulushlar)ni olish bo'yicha bitim — xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar), bo'yicha oldi-sotdi, ularni meros qilib qoldirish, ularni ustav fondiga kiritish va aktsiyalar (ulushlar), garovlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa bitimlar va investorga xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar)ning tegishli foizlaridan foydalanish va ularni tasarruf etish imkonini beradigan bitimlar, shuningdek xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondi (ustav kapitali) miqdori ko'payganda olinadigan aktsiyalar (ulushlar) uchun to'lov sifatida mol-mulkni kiritish;

bitimlarning qatnashchilari — xo'jalik yurituvchi sub'ektning aktsiyalari (ulushlari)ni oladigan investor va aktsiyalari (ulushlari) investor tomonidan olinadigan xo'jalik yurituvchi sub'ekt;

boshqa mulkiy huquqlarni olish — investor tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektning mulkiy kompleksi yoki tarkibiy bo'linmasi tarzidagi aktivlarni olish;

moliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha vakolatli davlat organlari — qonun hujjatlari bilan ularga qonun hujjatlariga muvofiq bank, sug'urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish zimmasiga yuklangan davlat organlari.

2. Ushbu Nizom:

bir yoki bir nechta bitimlar natijasida investor tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar)ni yoki boshqa mulkiy huquqlarni olishga;

ustav fondi (ustav kapitali) ko'paytirilgan taqdirda ustav fondiga (ustav kapitaliga) xo'jalik yurituvchi sub'ektning aktsiyalari (ulushlari) yoki mol-mulkini olinayotgan aktsiyalar (ulushlar) paketi uchun to'lov hisobiga kiritishga;

qo'shimcha aktsiyalarni chiqarish yo'li bilan aktsiyadorlik jamiyati yoki ulushlar ko'paytirilgan taqdirda — mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) birlamchi miqdori o'zgartirilganda — muassis aktsiyalari (ulushlari) paketining ko'payishiga;

xo'jalik yurituvchi sub'ektning aktsiyalarini (ulushlarini) sovg'a, qarzni to'lash tarzida berishga;

unga oldindan rozilik so'raladigan bitim tuzilgungacha jismoniy shaxs boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektning aktsiyalari (ulushlari)ga ega bo'lgan taqdirda jismoniy shaxs tomonidan (aktsiyalar (ulushlar)ni olishga tatbiq etiladi.

3. Ushbu Nizom:

xo'jalik yurituvchi sub'ekt tashkil etilganda uning muassislariga;

xo'jalik yurituvchi sub'ekt tomonidan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) o'z aktsiyalari (ulushlari) sotib olinganda;

xo'jalik yurituvchi sub'ekt — aktsiyadorlik jamiyati, uning ustav fondi (ustav kapitali) hajmi saqlangan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilganda;

xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek (ulushlar) keyinchalik ularni qayta sotish maqsadida ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalar (ulushlar) yoki boshqa mulkiy huquqlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq olinganda;

jismoniy shaxs tomonidan birinchi marta tuzilayotgan bitimlarga tatbiq etilmaydi.

4. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni tuzish jarayonida raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi yoki uning hududiy organining (keyingi o'rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) oldindan roziligini olish yo'li bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

agar bitimlarni tuzish paytida tovar bozorida faoliyatni amalga oshiruvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlardagi tegishli aktivlarning jami balans qiymati yoki oxirgi kalendarь yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo'lsa yoxud bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi shaxs hisoblansa;

agar moliya bozorida o'z faoliyatini amalga oshiruvchi xo'jalik yurituvchi sub'ektlardagi aktivlarning jami balans qiymati ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan miqdordan oshsa yoxud bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida ustun mavqega ega bo'lsa.


Download 183 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish