Тovar moddiy zahiralar hisobi



Download 90,89 Kb.
bet3/16
Sana22.06.2022
Hajmi90,89 Kb.
#690714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
islom jamiyati va ijtimoiy diniy harakatlar

Asosiy materiallar deb, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga buyum sifatida kiradigan va shu mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyum-lariga aytiladi. Masalan: mashinasozlik sanoatida asosiy materiallarga metall, prokat, tikuv fabrikalarida – gazlama kiradi.
Yordamchi materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibiga kirib, ularda sifat o’zgarishlar hosil kiladi, ya’ni mahsulotga chiroy beradi, mazasini o’zgartiradi, lekin uning asosini tashkil qilmaydi yoki ishlab chiqarish jara-yonida mehnat vositalarini ta’mirlash, sozlash uchun ishlatiladi yoki mehnat ja-rayoni uchun kerakli sharoit yaratib berish uchun xizmat qiladi.
O’rni kelganda shuni eslatib qo’yish lozimki, materiallarni guruhlarga bo’lganda, aniq sharoitni hisobga olish lozim. Bir turdagi materiallar mahsu-lotni yaratishdagi roliga qarab birinchi sanoat korxonasida asosiy material bo’l-sa, ikkinchisida yordamchi material bo’lishi mumkin.
Yarim tayyor mahsulotlar deb, ishlab chiqaruvchi bir tsexda to’la tugallanib boshqa tsexlarda qayta ishlash davom ettiriladigan mehnat buyumlariga aytiladi. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olinishi yoki korxonaning o’zida ishlab chiqa-rilishi mumkin. Shuning uchun sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar shu korxo-naning o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlardan ajratilgan holda hi-sobga olinadi.
Chiqindilar – korxonaning o’zida asosiy yoki yordamchi materiallar sifatida ishlatilishi mumkin, ayrim paytlarda esa boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqin-dilar esa asosan boshqa korxonalarga sotiladi. Chiqindilar asosan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash, mahsulot ishlab chiqarish natijasida paydo bo’ladi. Chiqindilarni to’g’ri hisobga olish va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foy-dalanishni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
Yoqilg’i ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra yordamchi materiallarga o’xshab ketadi. Yoqilgilar korxonalarda texnologik maqsadlarga yoqilg’i sifatida va isi-tish yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Idish va idish materiallari sotilayotgan mahsulotlarni o’rash, joylashtirish uchun xizmat qilib, mahsulot bilan birgalikda sotiladi.
Ehtiyot qismlar mashina, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini ta’mirlash maqsadida ishlatiladi.
Korxonaning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga quyidagilar kiri-tilmaydi:
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar;
Konsignatsiyada bo’lgan tovarlar.
Darhaqiqat, inventarizatsiya (yo’qlama) o’tkazish davrida korxonada uning egalik qilish huquqi bo’lmagan tovarlar aniqlanishi mumkin. Bu mijozning buyurtmasiga asosan tayyorlangan (ya’ni oldi-sotdi bitimi bajarilgan) unga qarashli va jo’natishni kutayotgan tovardir. Aniqlangan bunday tovarlar korxo-naning tovar-moddiy zahiralari tarkibiga kiritilmaydi. Ular sotish jarayonida qayd qilinishi lozim.
Тovar-moddiy zahiralari tarkibiga kirmaydigan tovarlarning yana bir turi - bu konsignatsiyadagi tovarlardir. Konsignatsiya komitent yoki konsignant deb ataladigan mulkdorni o’z tovarlarini boshqa kompaniya omborlarida sotish uchun joylashtirishdir.
Konsignator bunday tovarlarni o’zining moddiy zahiralari tarkibiga kiritmasligi kerak, chunki realizatsiya davrigacha bu tovarlar jo’natuvchi – kon-signantning mulki hisoblanadi.
Omborda turgan tovarlarning bir kismini konsignatsiyaga berilishi muo-malasini buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bilan rasmiylashtirish mumkin
Dt Konsignatsiyaga berilgan tovarlar
Kt Ombordagi tovarlar

Download 90,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish