Tovar harakatlanishi va sotuvni tadqiq qilish



Download 438,5 Kb.
bet34/52
Sana04.02.2022
Hajmi438,5 Kb.
#430355
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
121-140 With Answers

14.1- jadval.
Korxonaning to‘lovga qobilligi va amaliy faolligi asosiy ko‘rsatkichlari.



Ko‘rsatkichlar

Hisobot ma’lumotlari

Tavsiya etiladigan
mezon

200_y.

200_y.

200­_y.

1. Likvidlik ko‘rsatkichlari (to‘lov qobillik)

1.1. Joriy likvidlik yoki umumiy qoplash koeffitsenti










2 - 4

1.2. Muddatli likvidlik koeffitsenti










> 1

1.3. Asolyut likvidlik koeffitsenti










> 0.2

1.4. Sof aylanma kapitali













2. Amaliy faolligi ko‘rsatkichlari

2.1. Aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsenti













2.2. O‘z mablag‘larining aylanuvchanligi koeffitsenti













2.3. Asosiy vositalar aylanuvchanligi (fond qaytimi)













2.4. Zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsenti













2.5. Zaxiralarning o‘rtacha saqlash muddati













2.6. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti













2.7. Debitorlik qarzlarining o‘rtacha aylanish davomiyligi













2.8. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti













2.9. Kreditorlik qarzlarining aylanish davomiyligi













2.10. Operatsion davrning (siklning) davomiyligi













2.11. Moliyaviy davrning (siklning) davomiyligi.













3. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari




3.1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsenti










>0.5

3.2. Moliyaviy qaramlik koeffitsenti










<0.5

3.3.Moliyaviy tavakkalchilik koeffitsenti










<0.8

3.4. Moliyaviy barqarorlik koeffitsenti










<1.25

3.5. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi koeffitsenti










>0.3

3.6. Zaxiralarni o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi koeffitsenti










>0.6

4. Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari

4.1. Bitta aksiyaning daromadliligi













4.2. Aksiyaning bozor bahosi va bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda o‘rtasidagi munosabat













4.3. Bitta aksiyaga dividend me’yori













4.4. To‘langan dividendlar ulushi













Yuqorida jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarni korxona yillik hisobotidagi «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl) va xokazolar yordamida quyidagicha hisoblanadi.



  • Likvidlik ko‘rsatkichlari

    1. Joriy likvidlik yoki umumiy qoplash koeffitsenti = (pul mablag‘lari = qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar = sof debitorlik qarzlari = moddiy ishlab chiqarish zaxiralari) / korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari.

    2. Muddatli likvidlik koeffitsenti q (pul mablag‘lari = qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar = sof debitorlik qarzi) / korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari.

    3. Absolyut likvidlik koeffitsenti q pul mablag‘lari / qisqa muddatli majburiyatlar.

    4. Sof aylanma kapitali q joriy aktivlar - qisqa muddatli majburiyatlar.

  • Korxonaning amaliy faolligi ko‘rsatkichlari

2.1. Aktivlarning aylanuvchanlik koeffitsenti = sotishdan kelgan sof tushum / o‘rtacha yillik aktivlar.
2.2. O‘z mablag‘larning aylanuvchanlik koeffitsenti q sotishdan kelgan sof tushum / o‘z mablag‘larining o‘rtacha yillik qiymati.
2.3. Asosiy vositalar aylanuvchanligi yoki fond qaytimi = sotishdan kelgan tushum / asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymati.
2.4. Zaxiralarning aylanuvchanlik koeffitsenti = sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari / o‘rtacha yillik zaxiralar va xarajatlar.
2.5. Zaxiralarning o‘rtacha saqlash muddati = 365 kun / zaxiralarning aylanuvchanligi koeffitsenti.
2.6. Debitorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti = sotishdan kelgan sof tushum /sof debitorlik qarzlarining o‘rtacha yillik qiymati.
2.7. Debitorlik qarzlarining o‘rtacha aylanish davomiyligi = 365 kun / debitor qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti.
2.8. Kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti = sotilgan mahsulot tannarxi / kreditorlik qarzlarining o‘rtacha yillik qiymati.
2.9. Kreditorlik qarzlarining o‘rtacha aylanish davomiyligi = 365 kun / kreditorlik qarzlarining aylanuvchanlik koeffitsenti.
2.10. Operatsion davrning (siklining) davomiyligi = zaxiralarning o‘rtacha saqlash muddati / debitorlik qarzlarining o‘rtacha aylanish davomiyligi.
2.11. Moliyaviy davrning (siklning) davomiyligi = operatsion davr davomiyligi - kreditorlik qarzlarining o‘rtacha aylanish davomiyligi.

  • Moliyaviy barqarorlik koeffitsentlari.

3.1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsenti = korxona o‘z mablag‘lari (xususiy kapital) / aktivlar summasi (umumiy kapital)
3.2. Moliyaviy qaramlik koeffitsenti = qarzga olingan mablag‘lar / aktivlar summasi.
3.3. Moliyaviy tavakkalchilik koeffitsenti = qarzga olingan mablag‘lar / o‘z mablag‘lari.
3.4. Moliyaviy barqarorlik koeffitsenti = o‘z mablag‘lari / qarzga olingan mablag‘lar.
3.5. O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi koeffitsenti = o‘z aylanma mablag‘lari / joriy aktivlar.
3.6. Zaxiralarni o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi koeffitsenti =o‘z aylanma mablag‘lari / zaxiralar.
IZOH: O‘z aylanma mablag‘lari = o‘z mablag‘lari – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar va qo‘yilmalar)

  • Korxonaning bozor faolligi koeffitsentlari.

    1. Bitta aksiyaning daromadliligi = sof foyda / muomaladagi oddiy aksiyalar soni.

    2. Aksiyaning bozor bahosi va bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi foyda o‘rtasidagi munosabat = bitta aksiyaning bozor qiymati / bitta aksiyaga to‘g‘ri keluvchi sof foyda.

    3. Bitta aksiyaga dividend me’yori = bir aksiyaga to‘g‘ri keluvchi dividend bir / aksiyaning bozor qiymati.

    4. To‘langan dividendlar ulushi =to‘langan dividendlar summasi / sof foyda.

Yuqorida eng ko‘p foydalaniladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar keltirildi. Aniq bir biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida korxona faoliyatni o‘tgan davrlarda to‘la ko‘rsatib bera oladigan ko‘rsatkichlarni tanlab olish mumkin, chunki ularning ko‘pchiligi bir biriga o‘xshash yoki bir xil ma’lumotni berishi mumkin.
Moliyaviy rejaning keyingi muhim bo‘limi tushum va xarajatlar balansi bo‘lib, u biznes-loyihaning (yangi ish, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo) foyda keltirishi yoki keltirmasligi, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qancha mablag‘ kiritish lozimligini baholashga imkon beradi. Odatda u korxonaning daromad va xarajatlari balansi deb ataladi.
Mazkur bo‘limning asosiy vazifasi pul mablag‘lari kelib tushishi va sarflanishining sinxronligini, ya’ni har bir lahza uchun ushbu mablag‘larning etarli ekanligini aniqlashi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxona aktivlarini tezda pul mablag‘lariga aylantirish yoki loyihani amalga oshirishda uning likvidligini anglatadi. SHuni e’tiborga olish kerakki, likvidlik bilan bog‘liq muammo bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablaridan biri hisoblanadi.
Umuman daromad va xarajatlar balansi korxonaning qanchalik samarali ishlashini tavsiflaydi. U shuningdek, soliq deklaratsiyalarini to‘ldirish, kredit so‘rab murojaat qilishda ham katta ahamiyatga ega.
Moliyaviy rejaning ushbu bo‘limida aks ettiriluvchi asosiy ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. mazkur tovarni sotishdan kelib tushgan pul tushumi;

  2. mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq ishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo‘yicha);

  3. umumishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo‘yicha);

  4. soliq va boshqa to‘lovlar;

  5. sof foyda;

  6. korxona tasarrufida qoluvchi foyda.

YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarni hisoblash mexanizmi ularga xos bo‘lgan ishlab chiqarishning moliyaviy jihatlarini aks ettirib, xuddi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mahsulotni sotish hajmini bashorat qilish va biznes-rejaning boshqa bo‘limlaridagi kabi alohida jadvalda umumlashtiriladi. Yillik daromad va xarajatlar balansi choraklar bo‘yicha, choraklik balans esa oylar bo‘yicha taqsimlagan holda ishlab chiqiladi. Keyingi holatda ushbu hujjat tezkor xarakterga ega bo‘lib, korxonaning moliyaviy faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi.
Daromad va xarajatlar balansi bilan birga korxona yil boshi va oxirida aktiv va passivlar yig‘ma balansini turadi. Bu hujjatning ahamiyati daromad va xarajatlar balansi kabi yuqori bo‘lmasada, biznes-rejani usiz tuzish mumkin emas. Ushbu balans tijorat banki mutaxassislari tomonidan turli shaklda kiritish mo‘ljallanayotgan aktivlarning maqsadga muvofiqligi va ularningn summasini baholash, shuningdek, ushbu aktivlarni qaysi passivlar hisobiga moliyalashtirishga harakat qilinayotganligini aniqlash nuqtai nazaridan sinchiklab o‘rganiladi. Korxonaning o‘zi uchun bu hujjat moliyalashtirish manbalarining ishonchliligi va sifatliligini baholash uchun kerak bo‘ladi.

134.Bozorni baholash va iste’molchilik talabini o‘rganish


Javob Marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining barcha jabhalari bo‘yicha qaror qabul qilish bilan bog‘liq. Bozorni baholash va iste’molchilik talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlarini tavsiflaymiz.

Download 438,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish